2016 Xarakatli 1p65. p65


I bob HARAKAÒLI O‘YINLARNING KELIB



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
5894176c8f652

I bob
HARAKAÒLI O‘YINLARNING KELIB
CHIQISHI ÒARIXI
Òarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar
hayotida ovchilik o‘yinlari muhim o‘rin tutgan. Ba’zi
manbalarda ular ovdan oldin o‘tkazilishi yozilgan bo‘lsa,
boshqalarida ovdan so‘nggi o‘yinlar haqida fikrlar bayon
etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan
bo‘lsak, unda ovchilik o‘yinlari ovdan oldin ham, undan
so‘ng ham o‘tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi
o‘yinlar – avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish,
ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini o‘tagan hamda
jiddiy o‘ziga xos kichik ibtidoiy odamlar o‘ljani osongina
qo‘lga tushirish, unga yaqinlashishni o‘rganishgan, buning
uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirish, uning yurish-
turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan
ana shunday o‘yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga
o‘rgatishgan. Shu boisdan ham u o‘ziga xos maktab vazi-
fasini o‘tab, bir tomondan, ovchilar mahoratini o‘stirishga
yordam bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid
san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan.
Ovdan so‘nggi o‘yinlar ov muvaffaqiyatli tugagandagina
uyushtirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki o‘lja bilan
qaytish, bu – ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoa-
ning bayram qilishiga imkon yaratgan.
O‘rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham
ovchilik o‘yinlari bo‘lgan. Paleolit davri Boysun tog‘idagi
Òeshiktosh g‘oridan bundan yuz ming yil burungi pespertol
(o‘rta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqanddagi
Omonqo‘ton qishlog‘idagi g‘ordan topilgan tosh qurollar,
Surxondaryoning Zarkent kamarida alvon rangdagi suratlar,
Xo‘jakent qishlog‘idagi toshlarga chizilgan kiyik hamda
ho‘kiz tasviri va boshqa ko‘pgina arxeologik topilmalar va


6
ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, jumladan, bolalar
folklor o‘yinlarining eng sodda shoxobchalarga ega
ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug‘ilishi
bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur
suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot
olami va tabiat bilan bog‘liq marosimlari aks etib, ov vaqtida
jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan,
ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni
ko‘zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va
e’tiqodlarini etnografik hamda urf-odatlari, qadriyatlarini
ham ifoda etadi. Farg‘onaning Saymalitosh tog‘i g‘orlariga
chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II–I asrlar) hayvon
terisini yopinib, o‘yinga tushayotgan shikor marosimlaridan
dalolat beradi. Hayvonlar to‘dasiga yaqinlashish uchun
ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish,
buning uchun esa ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, yurish-
turishlarini, o‘t-o‘lanlar bilan oziqlanishlarini, bir-birlari bilan
olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham
o‘rganishga to‘g‘ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni
ov qilish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur
va toliqmas bo‘lishini, buning uchun doim tinimsiz
shug‘ullana borishini talab qilardi. Bularning hammasini o‘z
navbatida ibtidoiy odamda jismoniy-ritmik yoki tabiat hodi-
salariga taqlid qiluvchi pantomima harakat va o‘yinlar,
qahramonlik raqslarining tug‘ilishiga olib kelar edi. Òog‘
qoyalari va g‘orlarda chizilgan suratlardagi o‘yin tasviri
mazmun-ma’no va shakl-shamoyil jihatdan turli xarakterga
ega. Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, ba’zilari esa tabiat
hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari jangovarlikni,
afsungarlikni, imo-ishora va pontomima san’atini eslatadi.
Dastlabki paytlarda shovqinli betartib o‘yinlar bora-bora
musiqaviy ohang pantomima hamda plastik harakatlar orqali
amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday
etnografik talqindagi o‘yinlar turli shakllarga ko‘chib «Ayiq
o‘yini», «Dev o‘yini», «Maymun o‘yini», so‘ngra «Pishiq
o‘yin», «Ot o‘yini», «Yumronqoziq o‘yini», «Echki o‘yini»,
«Bo‘ri o‘yini», «Kaltak o‘yini», «Burgut o‘yini», «It o‘yini
(irillatar o‘yini)», «Quyon o‘yini», «Òulki o‘yini», «Jak-jaku
o‘yini» kabi ko‘pgina o‘yinlar, pantomimalari avloddan-


7
avlodga o‘tib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita yoxud
bilvosita bolalar folklor o‘yinlariga aloqadordir. Shu tariqa
«o‘yin» so‘zi turkiy xalqlarning o‘ynamoq so‘zi bilan bog‘liq
holda (uy, aql, hikmat ma’nolarini beradi). Aql fahmni,
harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda etmoqlik esa
o‘yinlarning dunyoga kelishida muhimdir.
O‘zbek an’anaviy bolalar folklor o‘yinlarining mavzu
qamrovi va ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar
munosabatlarining biron-bir jabhasi yo‘qki, ular o‘yinlar
nazariga tushmagan bo‘lsin. Xalqimizning dehqonchilik,
chorvachilik, bog‘dorchilik, polizchilik madaniyati deysizmi,
kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik,
axloqiy yoxud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari
deysizmi – barchasi an’anaviy o‘yinlarga mavzudir. Xususan,
o‘zbek bolalar folklor o‘yinlari boshdan-oyoq ma’naviy,
ma’rifiy va axloqiy tushunchalar bilan yo‘g‘rilgan.
Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o‘tgan tarixiy
yo‘lida, tajriba-sinovlardan qayta-qayta o‘tib, yaxlit va
mukammal holga kelib, bizgacha yetib kelgan bolalar folklor
o‘yinlarining mazmun yo‘nalishiga qarab quyidagicha
turlarga bo‘lish mumkin:
1. Mavsumiy bolalar folklor o‘yinlari: ilk bahor, yoz, kuz,
qish mavsumlarida o‘ynaladigan folklor o‘yinlar.
2. Marosim bolalar folklor o‘yinlari: rasm-rusumlar,
odatlar, marosimlar, an’anaviy bayramlarda o‘ynaladigan
o‘yinlar.
3. Mehnat bilan bog‘liq bolalar folklor o‘yinlari: «Yerni
tobiga keltirish, haydash», «Ekin ekish», «Qovun-qovun»,
«O‘rik qoqish», «Qovun sayli», «Yanchiq», «Xo‘sh-xo‘sh»,
«Churey-churey», «Sigir sog‘di», «Òuya qaytarish», «Ot
sug‘orish» va boshqalar.
4. Oilaviy-maishiy bolalar folklor o‘yinlari: «Mehmon-
mehmon», «Kelin tushirish», «Kelin-kuyov», «Ona-bola»,
«Ovqat pishirish», «Uy jihozlash», «Qo‘g‘irchoq o‘yini», «Non
yopish», «Er-xotin», «Alla-alla», «Beshik bezash», «Beshikka
belash» va boshqalar.
5. Jismoniy harakatli bolalar folklor o‘yinlari: «Quvlash-
machoq», «Kes-kes», «Ko‘rpa yopildi», «Ziyrak», «G‘oz-
g‘oz», «Koptokni quvib yet», «Oq suyak», «Òo‘p-tosh»,


8
«Sinish», «Chiqildo», «Chopish», «Zuv-zuv», «Oq terakmi-
ko‘k terak», «Eshak mindi», «Lanka», «Ot o‘yini», «Qiz
quvdi» va boshqalar.
6. Mantiqiy bolalar folklor o‘yinlari: tez aytishlar, topish-
moqni topish o‘yinlari, aytishuvlar, savol-javoblar, o‘ylab
top, xotirani tiklash o‘yinlari, chamalashlar va boshqalar.
7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog‘liq bolalar
folklor o‘yinlari.
8. Ermak bolalar folklor o‘yinlari.
9. Musiqa o‘yinlari.
Xalq o‘yinlari, jumladan, bolalar folklor o‘yinlari, eng
qadim zamonlardan boshlab xalq hayoti tarzini, ma’naviy-
ma’rifiy, jismoniy tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini
mujassamlashtirgan holda shu kungacha rivojlanib, mazmun-
maqsadiga ko‘ra teranlashib bizga yetib kelgandir. Boshqa
san’at turlaridan farqli o‘laroq, o‘yinlarda xalq ruhiyati,
psixologiyasi, koloriti va yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan
munosabatida yorqin aks etadi.
Òarixiy manbalarga qaraganda, kechki paleolit davrida
(taxminan miloddan 40–41 ming yil ilgari) yer yuzining
shimolida Òotemga oid «Ayiq bayramlari» bo‘lgan. Òotem
– ayiqqa bag‘ishlangan afsonalardan bu bayram haqida ba’zi
ma’lumotlarni topish mumkin (ularning birida ayiq
odamlarni ofatdan saqlab qoladi, buning evaziga qabilaning
eng go‘zal qizini ayiqqa turmushga berishadi. Ular o‘rtasidagi
to‘y tasviridagi «Ayiq bayrami»ga oid ba’zi elementlarini
aniqlash mumkin). Shuni eslab o‘tish kerakki, «Ayiq
bayramlarining variantlari va elementlari Sibir xalqlarining
ba’zilarida XX asrning boshlarida ham saqlangan va bunday
bayramlarda ayiq obrazidagi kishi bosh qahramon bo‘lib,
u ayiq xarakterini qilib, raqsga tushib yurgan. O‘rta Osiyoda
esa «Ayiq o‘yini» (pantomimik raqs sifatida) keyingi
vaqtlarda yetib kelgan. Hatto hozirgi kunda ham O‘zbekiston
Respublikasi hududida va shuningdek, Òurkiya, Hindiston
va Kavkaz kabi joylarning ko‘chalarida ayiq o‘ynatib yurgan
odamni, ya’ni ayiqchini ko‘rish mumkin. Ular odamlar
gavjum joylarda kichik tomosha ko‘rsatib yurishadi. Balki
bu qadimgi ayiq o‘yinidan bizgacha yetib kelgan element-
larning bir ko‘rinishi bo‘lishi ham mumkin.


9
Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan
qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishi
(bu jarayon o‘rta Osiyoda miloddan oldingi III ming yillik
oxiri II ming yillik boshlariga to‘g‘ri keladi) ana shu yangi
sohaga oid odat, marosim va o‘yinlarni vujudga keltira
boshladi.
Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea
bu hosilni yig‘ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko‘rish
jarayoni bo‘lgan. Yil bo‘yi kutilgan bunday jarayon,
dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday
ko‘tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida
kishilar o‘yinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, «Mehnat
o‘yinlari» yaxshi kayfiyat bilan keng ma’noda aytilganda
bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan
boshlab o‘troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning
tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga
kirishish, kuzda hosilning yig‘ib olish yakuniga bag‘ishlangan
bayramlar va o‘yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar
o‘tishi bilan an’anaga aylana boshlagan. Demak, insonning
«birinchi kasbi» – ovchilik asosida – «Ovchilik o‘yinlari»
vujudga kelgan bo‘lsa, uning dehqonchilikka o‘tishi va u
bilan shug‘ullanishi natijasida «Mehnat o‘yinlari» shakllanib,
yangi mehnat o‘yinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan.
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» asari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa Navro‘z
bayrami kunlarida har xil musobaqalar va o‘yinlar
«Ko‘pkari», «Kurash», «Ekin ekish», «Xo‘rozlar jangi», poyga
bayramning ko‘rki sanalgan. Shu bilan birga bedana, xo‘roz,
qo‘chqor urishtirish o‘yinlari ham o‘tkazilgan.
Shuning uchun xalq o‘yinlarining dastlabki namunalari
insoniyat ongi va tafakkuri bilan bog‘liqdir. Uning paydo
bo‘lishida o‘sha davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va
turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf-odat va marosimlari
asosiy rol o‘ynagan. Avvalo oddiy og‘zaki bayonning
dastlabki namunalari paydo bo‘lgan. Ular nihoyatda sodda
bo‘lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning bayonidan
iborat bo‘lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi
voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli
tasvirlashga olib keldi.


10
Eng qadimgi xalq o‘yinlari namunalari yozuv yuzaga
kelmasdan ancha ilgari paydo bo‘lgan. Ilk xalq o‘yinlari asl
holda, to‘laligicha bizga yetib kelmagan. U otadan-bolaga,
avloddan-avlodga o‘tib, har bir o‘yin turli xil ijtimoiy-
iqtisodiy bosqichlarni bosib o‘tganligi sababli uning shakli
va mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan.
Xalq o‘yinlarining eng qadimgi namunalari ba’zi tarixiy
yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizgacha
yetib kelgan. Eng qadimgi o‘yinlar jangnomalar, miflar,
afsona va rivoyatlar, qahramonlik eposlari, sanoqlar va
raqslardan tashkil topgan.
Jahonga mashhur bo‘lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk
nomoyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy
mashqlarning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o‘sha
vaqtlardayoq xalq milliy o‘yinlari va milliy kurash haqida
qimmatli fikrlarni yozib qoldirgan. Masalan, u quyidagi
o‘yinlarni: «Yoydan o‘q otish», «Kichik qurollar bilan
chovgon o‘yinlari», «Bir oyoqda sakrash», «Yuqoridagi bir
narsaga irg‘ib osilish», «Nayza otish», «Òosh ko‘tarish» va
shunga o‘xshash o‘yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-
atrofidagi shaxslar sen bilimdon va aqlli, o‘zing bolalarga
har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan o‘ynaysan,
deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy mulohazaga: «Inson
hayotining har bir davri o‘zining go‘zalligiga ega. Bolalikning
xususiyati esa o‘yin», deb javob bergan edi.
XI asrda yashab, ijod etgan Mahmud Koshg‘ariy
«Devonu lug‘otit turk», ya’ni turkiy so‘zlar devonini tuzib
chiqdi, unda xalq o‘yinlarining 150 ga yaqin turlari tilga
olinadi va shundan 20 ga yaqin o‘yinlarga ta’rif beriladi.
Olim o‘yin turlari, o‘yinlarning bola va kattalarning yosh
xususiyatlariga nisbatan taqsimoti, mashg‘ulot, musobaqa
turlarini bayon qiladi. Mahmud Koshg‘ariy bayonida o‘yinlar
nafaqat jismoniy, balki aqliy mashg‘ulotlarga ham
bo‘linadiki, ular diqqat bilan o‘rganilishga loyiq.
Hozirda biz «Sport musobaqalari» deb qo‘llab yurgan
ibora, Mahmud Koshg‘ariy devonida «bahs» atamasi bilan
berilgan. Bunday «bahslar»ning turlari ko‘p bo‘lgan. Masalan,
merganlikda bahs qilmoq, o‘q-yoy otib, qush va hayvonlarni
ovlamoq, shuningdek, arqon taxtali sopqonlarda tosh otmoq


11
bahsi. Buni «Oltin qovoq» o‘yini deb ataganlar. Devonda
bunday bahslarning qoida va shartlari, xillari, g‘oliblarga
beriladigan sovrinlar, asbob-anjomlarning nomlari bayon
etilgan. Ko‘rish bahsi ham turlicha bo‘lgan, chunonchi,
bog‘dodi, chalish, yeng silkish, bo‘yin qaytarish, baliq ovi,
ovchilik bahslari shular jumlasidandir.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə