2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
5894176c8f652

O‘yinboshini saylash
O‘yinboshining vazifasini bajarish o‘ynovchilarga katta
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun iloji boricha, bu
rolda ko‘proq bolalar bo‘lgani ma’qul. O‘yinboshini har xil
uslublar bilan saylash mumkin.
Rahbar tayinlash.
Rahbar uni o‘yindagi rolini hisobga
olgan holda o‘yinboshi qilib tayinlaydi. Bu uslubning
afzalligi: ko‘proq munosib o‘yinboshi tezda saylanadi. Ana
shunday uslubda o‘ynovchilarning tashabbuskorligi ortadi.
Rahbar bolalar bir-birlari bilan hali tanishmasdan turib,
kam vaqt yoki belgilangan o‘yin qatnashchisini tarbiyalash
maqsadida o‘yinboshini saylash kerak. Rahbar o‘yin boshini
saylashda o‘yin qatnashchilarida shubha tug‘dirmasligini va
alohida o‘yinchilarga bo‘lgan munosabatda adolatsizlik
bo‘lmasligi uchun o‘zining fikrlarini qisqacha qilib tushun-
tirishi kerak.
Qur’a tashlash bo‘yicha o‘yinboshini saylash uslubi ham
mavjud. Qur’a tashlashni hisoblash, uloqtirish va boshqa
uslublar yo‘li bilan ham o‘tkazish mumkin. Bolalar sanash
uchun doirada turadilar va birorta «sanoq»ning har bir
so‘zini aytgandan keyin ular navbati bilan o‘yinchilarni
ko‘rsatadilar. Oxirgi sanoq so‘zi kimga to‘g‘ri kelsa, u o‘yin-
boshi bo‘ladi yoki doiradan chiqib ketadi. Oxirgi holatda
sanoq she’rlari oxirgi o‘yin qatnashchisi qolguncha aytiladi
va oxirgi qolgan o‘yinchi o‘yinboshi bo‘lib qoladi. «Sanoq»
usuli nisbatan ko‘p vaqtni talab qiladi; shuning uchun
undan, odatda, darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan
o‘yinlarda foydalaniladi. Ayrim holatlarda «sanoq»dan doi-
rada ham foydalaniladi, chunki kuchli qo‘zg‘alish bolalarni
birmuncha keyin tinchlantirish uchun qo‘llaniladi. «Sanoq»
matn bilan ongli ravishda qo‘shib aytiladi va bolalarning
nutqini rivojlantiradi.
Qur’a tashlash yo‘li bilan o‘yinboshini aniqlash uchun
«tayoq tortishish» mumkin. O‘yin qatnashchilari tayoq
pastidan birin-ketin ushlay boshlashadi. Kimda-kim tayoqni
4 – Xo‘jayev, P.


50
oxirida ushlasa yoki qopqoq qilib yopasan o‘sha o‘yin
boshi bo‘ladi. Bu usul 2–3 o‘yinchi bilan o‘ynalganda
qo‘llaniladi.
Qur’a tashlashdan uloqtirishda ham foydalanish mumkin.
Òayoqni tashlab, koptokni kim hammadan uzoqqa otsa o‘sha
o‘yinboshi bo‘ladi. Bunday usul ko‘p vaqtni talab qiladi.
Ulardan darsdan tashqari vaqtda o‘yinlarni o‘tkazishda
foydalanish mumkin.
Qur’a tashlash yo‘li bilan o‘yinboshini aniqlash har doim
ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Bolalar bu usulni mus-
taqil o‘ynaganlarida tez-tez qo‘llaydilar, chunki u ularda
tortishuvni keltirib chiqaradi.
O‘yinboshini tanlashning eng qulay usullaridan biri,
o‘ynovchilarni tanlashdir. Bu usul pedagogik jihatdan ham
qulay bo‘lib, u bolalarni jamoa bo‘lib kelishilgan xohishini
namoyon qilishga imkon beradi.
Ammo bolalar soni kam bo‘lgan jamoaviy o‘ynaladigan
o‘yinlarda bu usulni qo‘llash qiyin bo‘ladi, chunki bunda
o‘yinboshi xizmatiga ko‘ra saylanmasdan, balki ko‘proq
kuchli, tirishqoq bolalarning tazyiqi ostida saylanadi. Rah-
bar bolalarga o‘yinboshini tanlashda, yaxshi yuguradigan,
sakraydigan va aniq nishonga tekkizadigan bolalarni say-
lashni tavsiya qilishi mumkin.
Eng ma’quli, o‘yinboshi navbati bilan saylanadi yoki
tayinlanadi, chunki har bir o‘yin qatnashchisi ushbu rolni
bajaradi. Bu faollik va tashkilotchilik malakalarini tarbiya-
lashga yordam beradi.
O‘yinboshini oldingi o‘yin natijalariga ko‘ra saylash
mumkin. Oldingi o‘yinlarda ko‘proq epchil, tezkor, chaqqon
bo‘lgan o‘yinchilar o‘yinboshi bo‘ladi. Bu haqda o‘yin
qatnashchilariga oldindan e’lon qilinishi kerak, chunki ular
o‘yinlarda zarur bo‘lgan sifatlarni namoyon qilishga harakat
qiladilar. Bu usulning salbiy tomoni shundaki, ya’ni o‘yin-
boshi rolida bo‘sh va epchil bo‘lmagan bolalar o‘ynay
olmaydilar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yinboshini saylash usullarini
qo‘yilgan vazifalar va mashg‘ulotning shartiga, o‘yinning
xarakteriga, o‘ynovchilarning soniga va ularning kayfiyatiga
qarab almashtirib borish kerak.


51

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə