2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124
5894176c8f652

1.24. O‘YIN NAÒIJALARIGA YAKUN
YASASH
O‘yin natijalarini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga
egadir. Rahbar o‘yin tamom bo‘lgandan keyin uning
natijasini e’lon qilishi shart. Buning uchun tinch sharoit
yaratishi kerak, agar kerak bo‘lsa, yordamchilardan, ochkoni
hisobga olib boruvchilardan ma’lumotni yig‘ib oladi va
natijani baland ovozda e’lon qiladi. Hech qachon hakam
bilan tortishishga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki hakamning
qarori barcha uchun majburiydir.
O‘yin natijalarini aniqlashda nafaqat tezlikni balki u
yoki bu topshiriqni sifatli bajarishni hisobga olishni, bundan
o‘yin qatnashchisini oldindan ogohlantirish kerak. Rahbar
o‘yin tugagandan keyin ayrim o‘yinchilarning harakatlariga
va umuman, o‘tkazilgan o‘yinga baho berish o‘yin natijalariga
yakun yasaydi.
1.25. O‘YINNI ÒAHLIL QILISH
O‘yinning natijalarini e’lon qilishda o‘yinni tushunib
yetish, o‘yin qatnashchilari tomonidan texnik usullar va
texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur. Kichik


62
maktab yoshidagi bolalarga o‘yinning syujetini tahlil qilishda
o‘yin syujetini rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni,
alohida rollarni yaxshi bajargan o‘yin qatnashchilarini aytib
o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va
o‘yin qoidalariga rioya qilgan o‘quvchilarni o‘rnak uchun
alohida ko‘rsatib o‘tish kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘yinni o‘tkazi-
lishining o‘zi juda murakkab jarayon: u nafaqat bolalarning
yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki bolalarning
jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularning kayfiyatiga,
o‘yin rahbarining mahoratiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni
o‘tkazish pedagogik jarayon bo‘lib, uni har doim ham
oldindan aytib bo‘lmaydi.
Bolalar bilan shug‘ullanishning amaliy tajribasi shuni ko‘r-
satadiki, o‘yin jarayonida o‘ynovchilarning harakatini tahlil
qilish va tuzatishni bilish, to‘g‘ri tahlil qilishni va o‘yinning
rahbari sifatida o‘zining xulqini baholashni bilish o‘yinga
rahbarlik qilish mahoratini takomillashtirishga yordam
beradi.


63

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə