2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124
5894176c8f652

1.21. HAKAMLIK QILISH
Har bir o‘yin oqilona hakamlik qilishni talab qiladi. Agar
o‘yin qoidalarining bajarilishini diqqat bilan jiddiy ravishda
kuzatilmasa, o‘yin o‘zining ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik
qiymati hamda ahamiyatini yo‘qotadi. Rahbar o‘yin qoida-
larining bajarilishini kuzatish bilan birgalikda, pedagogik
usullar yordami bilan ta’lim va tarbiyani boshqarib boradi.
Hakam esa o‘yinda usullarning to‘g‘ri bajarilishini kuzatadi,
bu o‘yin texnikasini yaxshilashga va unga bo‘lgan qiziqishni
to‘laqonli oshirishga yordam beradi.
Jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda va aniq
hakamlik qilish alohida ahamiyatga ega. Hakam jamoalar-
ning kuch va o‘yinchilarning soni jihatdan teng bo‘lishini
va bir xil sharoit yaratilishini (o‘yin o‘tkaziladigan, asbob-
anjomlar va boshqalar jihatdan) kuzatib borishi kerak.


58
Noto‘g‘ri hakamlik qilish ishonchni yo‘qotadi, uning
obro‘si tushib ketadi, o‘ynovchilar ular bilan hisoblashmay
qo‘yadilar.
Hakam barcha o‘ynovchilarni ko‘rishga va ularga xalaqit
bermaslikka, kuzatish uchun qulay joy topishi shart. Unga
ayrim o‘yinlarda o‘yinchilarning siljishlarini kuzatish uchun
maydon bo‘ylab harakat qilishga to‘g‘ri keladi.
Hakam o‘yin qoidasi buzulganligini sezgandan keyin,
o‘z vaqtida va aniq signal berishi shart. U o‘ynovchilar bilan
bahslashishga kirishmasdan, odob bilan tanbeh berishi kerak.
Shu bilan birga o‘yinning natijalarini to‘g‘ri yakunlash
hakamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin harakatli o‘yinlarda to‘g‘ri
hakamlik qilish bolalarda haqiqatgo‘ylikni, hakamga va uning
qoidalariga nisbatan hurmatda bo‘lishni tarbiyalashga
yordam beradi.
O‘yinchilarning hakamga tegishli tanbeh va norozilik
bildirishni tushuntirish berish o‘yin tamom bo‘lgandan keyin
amalga oshirishi kerak.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə