2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124
5894176c8f652

1.23. O‘YINNI ÒAMOMLASH
O‘yinning davom etishi shug‘ullanuvchilarning tarkibi,
mashg‘ulotning sharti va o‘yinning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
O‘yinni o‘z vaqtida tamomlash juda muhimdir. O‘yinni
oldindan tugatib qo‘yish va uni cho‘zib yuborish ham
mumkin emas. O‘yinning davom etishi o‘yin qatnashchilari
soniga (o‘ynovchilarning soni qancha kam bo‘lsa, o‘yin
shuncha qisqa bo‘ladi), ularning yoshiga (kichik maktab
yoshidagi bolalar uzoq vaqt davomida zo‘riqishi mumkin
emas), o‘yinning mazmuniga (katta zo‘riqishni talab
qiladigan o‘yinlar qisqa bo‘lishi kerak) bog‘liq bo‘ladi.
Rahbar o‘yinning tamom bo‘lish vaqtini aniqlashi shart.
Agar o‘yinda charchashning birinchi alomatlari paydo
bo‘lishi bilan (e’tibor bermaydigan bo‘lsa, qoida buzilganda,
harakatni to‘g‘ri bajarish, maqsadga erishishda qat’iyatlilikni
yetarli darajada namoyon qilmaslik, qiziqishning pasayishi
ko‘pchillik o‘yin qatnashchilarida nafas olishni tez-tez
bo‘lishi) o‘yinni to‘xtatish kerak.
Rahbar o‘yin oldidan belgilangan vaqtda, ya’ni o‘yinni
ma’lum vaqt davom etgandan keyin to‘xtatishi mumkin.
Bularni hisobga olgan holda o‘yin qatnashchilari o‘zlarining
kuchlarini mos ravishda taqsimlaydilar, vaqtning tamom
bo‘lishiga 1–3 daqiqa qolganda o‘yin qatnashchilari ogoh-
lantiriladi.
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin oldidan iloji boricha
o‘yin qatnashchilariga uni necha marta qaytarishini aytib
qo‘yish kerak. Agar o‘yin ma’lum vaqtda tamom qilishni
bilmasalar, rahbar uni qachon tamom bo‘lishi to‘g‘risida


61
ogohlantiradi, masalan, «O‘yinboshi almashmaguncha o‘y-
naymiz», «Ya’ni 1–2 daqiqa o‘ynaymiz» va hokazo. O‘yin-
ning tamom bo‘lishi o‘yin qatnashchilari uchun kutilmagan
holat bo‘lmasligi kerak, chunki bular bolalar o‘rtasida salbiy
kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, o‘yinning davom etishi mashg‘ulotning
shakliga bog‘liq. Jismoniy tarbiya darsida o‘tkaziladigan o‘yin
vaqti chegaralangan bo‘ladi. Agar o‘yin sinfdan tashqari
vaqtda o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda uzoq davom etadi va
bolalarda ko‘proq chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi.
Bunday o‘yinlar o‘quvchilarni yana ham yuqori kuchla-
nishlarga o‘rgatadi. Shunday qilib, rahbar o‘yinni shu vaqtda,
ya’ni qachonki bolalar ham charchamasdan unga yanada
qiziqish ortganda ular tetik, to‘laqonli harakatda bo‘lgan
vaqtda tamom qilish mumkin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə