2016 Xarakatli 1p65. p65


–4-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
5894176c8f652

2.1. 1–4-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN
HARAKAÒLI O‘YINLAR
1–4-sinf darslarida harakatli o‘yinlar katta o‘rin egallaydi.
Bolalar o‘sadilar, ularda organizm vazifasini muhim siste-
malarini rivojlantiradi. Bunday harakatlardan yugurish,
emaklab tagidan o‘tish, muvozanat saqlash, emaklash, ritmik
yurish va sakrashlarni bolalar o‘yin paytida yaxshi o‘zlash-
tiradilar. Ular harakatni aniq tushunarli ko‘rinishda yengil
qabul qiladi.
Bu yoshdagi bolalarda harakat tajribasi juda kamligi
uchun dastlab tuzilishi oddiy va elementar o‘yin qoidalari
syujet xarakteriga oid murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni o‘tka-
zish tavsiya qilinadi. Oddiy o‘yinlardan ko‘proq murakkabiga
o‘tish o‘yin qatnashchilarini har birida tashabbuskorlik
namoyon qilish, o‘ynovchilarning xulqi, koordinatsiya
harakatlariga bo‘lgan talablari sekin-asta oshib boradi.
1-sinfda o‘quv yilining boshida jamoaga oid o‘yinlarni
o‘tkazish tavsiya qilinmaydi. Harakat tajribalarini egallash
va jamoa bo‘lib harakat qilish faoliyatida bolalarda qiziqish-
ning ortishi bilan darsga juft-juft bo‘lib musobaqa elementlari
bo‘lgan o‘yinlarni kiritish mumkin (yugurish, chambarak
orqasidan quvlash, arg‘amchida sakrash, koptokni duma-
latish). Keyinchalik bolalarni bir necha guruhlarga bo‘lish
mumkin va har xil oddiy topshiriqlar tipidagi, estafeta muso-
baqa o‘yinlari o‘tkaziladi.
1–4-sinflarda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazish uchun qo‘llanma
va asbob-anjomlar kerak. Bolalarda ko‘rish retseptori bo‘sh
rivojlangan va diqqati tarqoqligi uchun rang-barang bo‘yoqli
asbob-anjom kerak bo‘ladi.
Muhimi shundaki, asbob-anjomlar bolalarning jismoniy
imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Asbob-anjomlar hajmi
bo‘yicha qulay va yengil bo‘lishi shart. Ayniqsa 1 kg
og‘irlikdagi to‘ldirma to‘pdan faqat dumalatish va uzatish
uchun foydalaniladi, lekin otish uchun ishlatilmaydi, 7–8


69
yoshli bolalar voleybol to‘pi bilan o‘ynasalar, maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
1–4-sinflarda o‘yin o‘tkazish uchun iloji boricha quyida-
gi asbob-anjomlar bo‘lishi kerak: uncha katta bo‘lmagan 20
ta har xil rangdagi bayroqchalar, 40 ta kichik koptok, 4 ta
katta koptok (voleybol), 4–8 chambarak, 40 ta qisqa
arg‘amchilar, 2 ta uzun arg‘amchi, 6–8 ta qum solingan
qopchiq, 6–8 ta qog‘ozli qalpoq (silindr shaklida) va
6–8 ta ko‘zboylog‘ichlar kerak bo‘ladi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘yinni qisqa va
lo‘nda qilib tushuntirish kerak, chunki ular rahbar tomonidan
bayon qilingan barcha harakatlarni tezda xuddi o‘ziday qilib
qaytarishga harakat qiladilar. Bolalar tushuntirishni oxiri-
gacha eshitmasdan o‘yindagi u yoki bu rolni bajarishga
xohish bildiradilar.
O‘yinni ertak shaklida gapirib berilishini bolalar katta
qiziqish bilan qabul qiladilar va o‘yinda rolni ijodiy baja-
rishga harakat qiladilar, bular esa tasavvur etishni tarbiya-
lashga yordam beradi. Bolalar jismoniy yuklamani olgan-
laridan keyin ularga dam olish kerak bo‘lganda yoki diqqat-
e’tiborsizlikda o‘yinni yaxshi o‘zlashtirish uchun quyidagi
usullardan foydalanish tavsiya qilinadi.
1–4-sinf bolalari o‘yinlarda juda faol qatnashadilar.
Ularning barchasi o‘zlarining imkoniyatlarini hisobga olmas-
dan, o‘yinboshi bo‘lishni xohlaydilar. Shuning uchun bu
sinflarda o‘yinboshini shartli songacha sanash yo‘li bilan
yoki ularning qobiliyatlarini mos keltirishga qarab saylash
mumkin. O‘ynovchilar birorta sonni 30 gacha aytadilar va
boshliq, sanab uning oldida turgan bolalarni ko‘rsatadi;
ko‘rsatilgan son kimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘yinboshi bo‘ladi.
Oldingi o‘yinlarda g‘olib chiqqan o‘yinchi o‘yinboshi
qilib saylanadi, chunki u boshqalarga nisbatan vazifani yaxshi
bajarilganligi, chiroyli holatda turganligi va tutilmasdan
qolganligi sababli o‘yinchi shu yo‘l bilan rag‘bartlantiriladi
va hokazo. O‘yinboshini saylash bolalarda o‘zlari va o‘rtoq-
larining kuchlarini to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlan-
tirishga yordam beradi.
O‘yinboshini iloji boricha tez-tez almashtirib turish
maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bolalarning faollikka


70
bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularda topshirilgan vazifaga
javobgarlikni his qilishni va elementar notiqlik malakasini
rivojlantirishni tarbiyalaydi.
To‘xtash funksiyasini tarbiyalash uchun o‘yinda berila-
digan signallar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 1–4-sinf
o‘quvchilariga asosan og‘zaki signal berish tavsiya qilinadi,
ya’ni bu yoshda yana juda ham takomillashmagan ikkinchi
signal sistemalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar
o‘yinda ohang bilan aytiladigan so‘zlarni harakat qilish
uchun signal sifatida yaxshi ko‘radilar. Xor bo‘lib qofiyaga
solib aytiladigan so‘z nutqni rivojlantiradi va shu bilan birga
ularni oxirgi so‘zdagi ohangni harakatga tayyorlash imko-
niyatini beradi. O‘yinlarda 7–9 yoshli o‘quvchilar o‘yinda
bunday signallarni berishda qisqa signal hushtak chalish
birmuncha samarali bo‘ladi. Hushtak bilan tez signal berish
bolalarda ayrim hollarda tormozlanishni keltirib chiqaradi
va o‘yin davomida mos keladigan harakatlarning reaksiyasi
pasayadi. Hushtak, qisqa buyruq va qo‘lni siltash bilan
beriladigan signallar bolalarda reaksiya tezligini rivojlanishi
bilan sekin-asta ta’sir etadi.
Bolalarning ko‘proq harakatchanlik va chaqqonligini
ko‘tara olmasligini hisobga olib, bolalarni yo‘l qo‘ygan
xatolari uchun o‘yindan chiqarish tavsiya qilinmaydi. Agar
o‘yinning mazmuniga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan o‘yinchilarni
chiqishi talab qilinsa, ular uchun alohida joy ajratish kerak
va ularni uzoq muddatga o‘yindan tashqarida qolib ketishlari
man etiladi.
O‘yinda yurish-turish qoidalari buzilganda va o‘yin
qoidalariga rioya qilmasalar, unda rahbar yaxshi gap bilan
tushunrishi kerak, shuni esda saqlash kerakki, ya’ni
qoidalarning buzilishi asosan tajribasizligi, o‘yinda jamoa
bo‘lib o‘ynashni bilmasligi, bolalarning umumiy jismoniy
tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmasligidan kelib chiqadi.
Jismoniy yuklamani qat’iy ravishda tartibga solish va
chegaralash zarurdir. O‘yin uzoq davom etmasligi shart.
Yugurish va sakrash bilan o‘ynaladigan o‘yinlar qisqa-qisqa
tanaffus bilan o‘tkazilishi kerak. O‘yinda to‘siq qo‘yish
qo‘lidan kelishi shart. O‘yin natijasini aytishni orqaga
surmaslik kerak.


71
1–4-sinf jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar
jamoada o‘quvchilarni faol va ongli xulqini ongli tarbiyalash
uchun foydalaniladi: bir-biriga xalaqit bermasdan yugurish,
tez harakat qilish belgilangan signal bo‘yicha o‘yinga tezda
kirishib ketishi, o‘yinboshiga bo‘ysinish, maydonchani che-
garasini ko‘rishdir.
Muhimi, bolalarda o‘rnatilgan qonun-qoidani hurmat
qilish, uni aniq bilish va sidqidildan rioya qilishni tarbiyalash.
Bu vazifalarni o‘yinni ko‘p marta takrorlash bilan hal etish
mumkin.
Har bir darsning umumiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan
o‘yinlar kiritiladi. Darsning asosiy qismida tezlik va epchil-
likni rivojlantirish uchun hammadan ko‘ra tez-tez chopib
boshqa joyga o‘tib olish o‘yinidan («Kim chaqqon», «Ikki
sovuq», «Bo‘ri zovurda») so‘ng bolalar aldab o‘tish bilan tez
yugurib sakrash, irg‘ishlashdan keyin dam olish mumkin.
Ritmik yurish va qo‘shimcha gimnastik harakatlar bilan
o‘ynaladigan o‘yinlar o‘ynovchilardan uyushqoqlik, diqqat
va harakatning bir-biriga mosligini talab qiladigan umumiy
jismoniy rivojlanishiga yordam beradi. Uning eng yaxshisi
darsni tayyorlov va yakuniy qismiga kiritiladi («Kim keldi»,
«Òo‘p qo‘shniga», «O‘ylab top, kimning tovushi», «Òaqiq-
langan harakat»).
1–4-sinflardagi ayrim darslar turli-tuman harakatli o‘yin-
lardan tashkil topgan bo‘ladi. O‘yinlardan tashkil topgan
dars, o‘yin qatnashchilaridan ba’zi bir o‘yinning malakalarini
va hamjihatlik bilan yurish-turishni egallashni talab qiladi.
Bunday darslarda bolalarga tanish bo‘lgan 2–3 ta o‘yin
kiritiladi va 1–2 tasi yangi o‘yinlar bo‘lishi kerak.
Metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin darsi katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi, lekin uning ta’limiy
qimmati ko‘pincha yetarli emas, chunki o‘yinda har xil
o‘yin qatnashchisining malakalarini to‘g‘ri shakillantirishni
kuzatish qiyin bo‘ladi.
O‘yin darslarini har bir chorak oxirida ta’til oldidan
o‘tkazish tavsiya qilinadi (asosan 1-sinfda), chunki chorakda
o‘quvchilar asosiy harakatlarni qay darajada o‘zlashtirgan-
liklarini belgilaydi, ularni o‘yindagi uyushqoqligini va inti-
zomini tekshirish, ular o‘tgan o‘yinlarni qanday egal-


72
laganligini aniqlash, uni mustaqil o‘tkazishga maslahat
beradi.
1–4-sinflar uchun jismoniy tarbiya darslarida o‘tiladigan
taxminiy harakat o‘yinlari: «Uzun tayoq bilan estafeta»,
«Mergan», «Biz quvnoq bolalarmiz», «Kun va tun»,
«Do‘ngdan-do‘ngga sakrash», «Sakrabodom chumchuqlar»,
«Òo‘p qo‘shniga», «Uysiz quyon», «Quyonlar polizda», «Pet-
nachi», «Kartoshka ekish», «Kam ochko to‘plash», «Arg‘am-
chi ustida sakrash», «Zovurdagi bo‘ri», «O‘rtaga to‘p uzat»,
«Kim quvlab o‘tadi», «Onaboshiga to‘p berish», «Sinf, tik
tur!», «Oq ayiqlar», «Bo‘sh joy», «Ovchilar va o‘rdaklar»,
«Xo‘rozlar jangi» va boshqalar.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə