2016 Xarakatli 1p65. p65


«Kam ochko to‘plash» o‘yini



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
5894176c8f652

«Kam ochko to‘plash» o‘yini.
Navbatdagi o‘yinchilar olgan qopchiqlarini ko‘tarib «ekilgan»
kartoshkani kovlab oladi. Kartoshkani tez ekib, tez yig‘ib
olgan qator g‘olib hisoblanadi.
«Kam ochko to‘plash» o‘yini
(15-rasm). Uch jamoada
bir qatordan bo‘lib alohida-alohida qatorlarga saflanadilar.
Start chizig‘idan 15–20 m narida uchala jamoaning
ro‘parasiga doira chizilib, uning ichiga gimnastik tayoqacha
qo‘yiladi. O‘qituvchining signaliga ko‘ra har bir qatorning
birinchi chizig‘idan aylanagacha yugurib boradi va undagi
tayoqchani olib, bir uchinchi yerga uch marta uradi-da,
joyiga qo‘yadi, so‘ngra yugurib start chizig‘iga qaytarib kela-
di va qator oxiriga borib turadi.
Birinchi bo‘lib yetib kelgan o‘yinchi bir, ikkinchi bo‘lib
kelgani esa ikki ochko oladi. Keyin ikkinchi bo‘lib turganlar
yuguradi va hokazo. O‘yin oxirida eng kam ochko to‘plagan
jamoa g‘olib hisoblanadi.
«Arg‘amchi ustida sakrash» o‘yini.
Yo‘g‘on arqoncha
yoki arg‘amchining ikki uchidan ikki bola ushlab, navbat
kutib turgan bolalar tomoniga bir maromda ohista aylan-
tiradilar. Bolalar arqonchaga tegmasdan navbatma-navbat
sakraydilar. Arqonchaga kim tegib ketsa, o‘sha arqonchani
aylantirayotganlarning biri bilan o‘rin almashadi.
«Zovurdagi bo‘ri» o‘yini 
(16-rasm). Zal o‘rtasiga bir-
biridan 60–70 sm uzoqlikda ikkita parallel chiziq chiziladi,


86
17-rasm. 
«O‘rtaga to‘p uzat» o‘yini.
16-rasm.
«Zovurdagi bo‘ri» o‘yini.
u zovur vazifasini o‘taydi. Bitta yoki ikkita boshqaruvchi,
ya’ni «bo‘rilar» zovurda turadilar. Qolgan o‘quvchilar «echki»
hisoblanadi. «Echkilar» zalning bir tomonidagi chiziqlar –
o‘z uylarida bo‘ladilar. Zalning qarama-qarshi tomoniga
yaylovni tasvirlaydigan chiziqlar chiziladi. O‘qituvchining
signaliga binoan «echkilar» uylaridan chiqib, zovurdan
sakrab, yaylovga yugurib o‘tadilar. «Bo‘rilar» ularni tutishga
harakat qiladi. Har bir yugurishdan so‘ng qo‘lga tushganlar
sanab chiqiladi. So‘ng yangi «bo‘rilar» saylanadi. Eng
chaqqon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə