2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
5894176c8f652

«Boyqushcha» o‘yini 
(4-rasm). Maydonchadan boy-
qushcha yashaydigan «uya» ajratiladi. Qolgan o‘yinchilar
esa kapalak uchayotgandek harakat qiladilar, erkin yugurib
yuradilar. O‘qituvchi «tun» deganida hammalari taqqa
to‘xtab, kapalakning qanot qoqishi, chigirtkaning qo‘llariga
tayanib turishi va hokazo holatlarni egallagan holda qimir-
lamasdan turadilar. Xuddi shu jamoadan so‘ng boyqushcha
uyasidan chiqib, kim uxlamayotganini tekshirib chiqadi.
Kimda-kim qimirlab qolsa, «boyqushcha» uni qo‘lidan
ushlab o‘z «uya»siga olib ketadi. 15 sekunddan so‘ng o‘qituv-


79
chi «kun» deydi, shunda «boyqushcha» uchib ketadi, hamma
o‘yinchilar bemalol yugurib yuraveradilar. «Boyqushcha»
kimni o‘z «uya»siga olgan bo‘lsa, o‘sha o‘yinchiga jarima
ochko beriladi.
«Do‘ngdan-do‘ngga sakrash» o‘yini
(5-rasm). O‘yinchilar
bir necha jamoaga bo‘linib, bir kishilik qatorga saflangan
holda start chizig‘i oldida turadilar. Startdan finishgacha
bo‘lgan to‘g‘ri yo‘nalishda bir-biridan 60–80 sm oraliqda,
diametri 25–30 sm 10–12 ta aylana (do‘ng) chiziladi.
O‘qituvchining signali bilan jamoalarning dastlabki o‘yinchi-
lari startdan finishgacha do‘ngdan-do‘ngga sakrab boradilar
va orqaga yugurib kelib, o‘zlarining qatori orqasiga o‘tib
turadilar. Birinchi yugurib kelgan o‘yinchiga 5 ochko, ikkin-
chi o‘yinchiga 4 ochko, uchinchisiga 3 ochko beriladi.
Shundan so‘ng poygachilar yugurishni davom ettiradilar.
O‘yin oxirida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib chiqadi.
5-rasm.
«Do‘ngdan-do‘ngga sakrash» o‘yini.
«Bo‘sh o‘rin» o‘yini
(6-rasm). Boshqaruvchi o‘yinchidan
boshqa hamma o‘yinchilar bir-biridan bir qadam oraliqda
aylana hosil qilib turadilar. Boshqaruvchi aylana atrofida
yura turib o‘yinchilardan birini asta turtadi va bu tomonga
qarab yuguradi. Qo‘l tekkan o‘yinchi esa qarama-qarshi
tomonga yugurib tezroq o‘z o‘rnini, ya’ni bo‘sh turgan joyni
egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofiga yugurib kelib,
bo‘sh joyni birinchi egallab olgan o‘yinchi o‘sha yerda turib
qoladi. Yetib kela olmagan o‘yinchi boshqaruvchi bo‘lib
qoladi. O‘yin yana davom ettiriladi. Yugurish musobaqasini


80
8-rasm.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə