2016 Xarakatli 1p65. p65


–6-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124
5894176c8f652

2.2. 5–6-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN
HARAKAÒLI O‘YINLAR
Bu sinflarda nazorat darsidan tashqari barcha darslarda
harakatli o‘yinlar kiritiladi. Eng muhimi, ular darsning asosiy
va yakuniy qismlarida o‘tkaziladi.
5–6-sinflarda oldin o‘tkazilgan juda ko‘p o‘yinlardan
foydalaniladi. Ularga ko‘proq turli-tuman harakatlar qo‘shi-
ladi, murakkablashgan to‘siqlar kiritiladi. O‘yin vaqti
1–4-sinflarga nisbatan uzoqroq davom etadi.
O‘quvchilar jamoa bo‘lib o‘yin o‘ynash tajribasiga egalar.
Bu davrga kelib jamoaga oid o‘yinlar birmuncha ko‘proq
namoyon bo‘ladi. Jismoniy imkoniyatlari o‘sishi bilan bog‘-
liq bo‘lgan qisqa vaqtli kuchni zo‘riqishi bilan ishlatiladigan
(«Xo‘rozlar jangi», «Arqon tortish», «Juft-juft bo‘lib tortish»)
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bularda kuchni tarang-
lashishi qisqa vaqtli bo‘lib, bunda rahbar qarshilik
ko‘rsatishning to‘g‘ri usullarini yengilgina kuzatadi, musoba-
qalashishda faqatgina ikki kishi bir vaqtda qatnashishi
mumkin.
Chidamlilik va tezkorlikni rivojlantirish uchun shunday
o‘yinlardan foydalaniladiki, ularda («Òo‘r», «Oq ayiqlar»)
bolalar hamma vaqt harakatda bo‘ladilar. Shunga o‘xshash
o‘yinlar vaqti o‘yin qatnashchilarini charchatib qo‘y-
masligi uchun ko‘pi bilan 5 daqiqadan oshirmaslik tavsiya
qilinadi.


73
5–6-sinflarda jamoali o‘yinlarda rolni iloji boricha taba-
qalashtirish kerak («Otishma»). Bunda bolalarda sportga,
ayniqsa, sport o‘yinlariga katta qiziqish namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ko‘pchilik harakatli o‘yinlarga turli-
tuman sport turlari bilan shug‘ullanishga bolalarni tayyor-
lovchi elementlari kiritiladi.
«Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlariga kiruvchi
o‘yinlarga to‘siqlardan oshib o‘tish, uloqtirish va boshqa
harakatli o‘yinlarni kiritish mumkin, bunda o‘quvchilarni
uni topshirishga tayyorlashga yordam beradi.
Dasturda tavsiya qilingan ayrim o‘yinlarda, o‘yinboshilar
o‘z vazifalarini boshidan oxirigacha bajaradi («Òo‘r», «Qop-
qon», «Oq ayiqlar» va boshqalar). Bunday o‘yinlar uchun
ko‘proq tayyorgarlik ko‘rish, o‘yinchilarni tanlash maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘yinboshini tanlashda o‘quv-
chilarning maslahatidan foydalangan ma’qul, ular o‘rtoq-
larining nimaga qodirligini bilishadi va o‘z-o‘zini tanqid
ruhida gapira olishadi. Shuning uchun rahbar o‘quvchilarga
o‘yinboshining u qanday sifatlarga ega bo‘lishini aytib, tan-
lashni tavsiya qiladi. O‘yinboshi tanlashda boshqa usullardan
ham foydalaniladi.
O‘yin tushuntirishning oxirida alohida e’tiborni o‘yin
qoidalariga qaratishi kerak. Bu yoshda hikoyani obrazli qilib
gapirib berish noo‘rin, lekin syujeti ayrim o‘yinlarda saqlanib
qoladi.
Bu yoshdagi o‘yin, ayniqsa, jamoali o‘yinlar alohida
o‘rinni egallaydi, shuning uchun o‘quvchilarning kuchlari
teng bo‘lgan jamoalarga bo‘linishini o‘rgatish zarur. Jamoa-
larga bo‘lish usullarini qo‘llash mumkin, ya’ni o‘yinchilarni
jamoaning sardori etib tayinlashdan tashqari, chunki ular
hali jamoalarni obyektiv ravishda tashkil eta olmaydilar.
Shu bilan birga barcha o‘quvchilar juda ham his-tuyg‘uga
beriluvchan bo‘lganligi sababli, ularga estafeta o‘yinlarida
o‘zlarining navbatlarini kutishga sabrlari chidamaydi, shuning
uchun ular katta bo‘lmagan jamoalarga bo‘linadi, har biri
8–10 kishilik bo‘ladi.
5–6-sinf o‘quvchilarida esa harakatga bo‘lgan o‘zaro
qiziqish ortadi. Ularni nafaqat yakuniy natija, balki u yoki
bu harakatning sifatli bajarilishi qiziqtiradi.


74
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari dastur talablari gimnastika,
yengil atletika mashg‘ulotlarida vaqtida o‘rganiladigan hara-
katlariga o‘xshash bo‘lgan harakatlarga jiddiy yondashishga
o‘rgatadi.
Harakatning qayta-qayta takrorlanishi o‘quvchilarda
tejamkorlik va tezlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam
beradi hamda uni o‘yin vaqtida bajarish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Bu yoshdagi o‘quvchilar o‘rtoqlarining maslahatlaridan
foydalanishga harakat qiladilar va ayrim hollarda ular bilan
kattalarga nisbatan ko‘proq hisoblashadilar. Shuning uchun
rahbar ba’zi holatlarda ayrim o‘yinchilarga jamoa orqali
ta’sir ko‘rsatishi kerak.
Jamoatchilik ruhida tarbiyalash uchun o‘rtoqlarini
qutqarishga yordam beradigan foydali o‘yin bo‘lib, u his
qilish burchini va jasurlikni tarbiyalashga yordam beradi
(«Chaqirish», «Oq terakmi, ko‘k terak»).
Bu davrda o‘yinda bolalarni chiroyli xulqli bo‘lishga
o‘rgatish oson bo‘ladi. Xuddi shunday «Qo‘l va to‘p»
o‘yinida tutilganlarini o‘zlarining jamoalarida qolishini taklif
qilish mumkin va tutilganlarni sanaganda qo‘llarini ko‘ta-
radilar.
Agar ular bunday qilmasalar, u holda rahbar ularga
alohida diqqatini qaratishi shart. Qachonki o‘quvchilar dadil
va qo‘rqmasdan o‘zlarining xatosini tan olsa, o‘yin qiziqarli
bo‘ladi va o‘yinda hakamlik qilish birmuncha osonlashadi.
Ayrim o‘yinlarga basketbol elementlariga o‘xshash to‘pni
egallash texnikasi elementlari kiritiladi. Uning bajarilishini
kuzatish zarur, chunki to‘g‘ri malakani tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega.
Harakatda hamjihatlikni tarbiyalash o‘quvchilarni o‘yinda
harakat qilishga o‘rgatish juda muhim, o‘rtoqlarini harakati
bilan muvofiqlashtirib, ular raqibga qarshi usul qo‘llashni
o‘rgatish.
Hakamlik qilishda diqqatni jiddiy ravishda qaratish zarur.
Bu yoshdagi bolalar qat’iy xolisona hakamlik qiladilar.
Hakamlik va tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash uchun
o‘quvchilarni hakamning yordamchisi sifatida jalb qilish
mumkin, ayrim holatlarda hakamlik qilishlariga imkoniyat


75
berish kerak. 5–6-sinf o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan
vazifani odatda vijdonan bajaradilar.
Darsda harakatli o‘yinlardan gimnastika, yengil atletika
va kross tayyorgarligi bilan birga olib boriladi. Gimnastika
yoki yengil atletika harakatlarini takomillashtirish va mustah-
kamlash uchun darsning barcha qismining mazmuni to‘liq
o‘yin tashkil qilish mumkin. Bunday holat turli xarakterdagi
harakatdan tashkil topgan bo‘lib, u darsning vazifasini hal
etishga yordam beradi. Odatda harakatli o‘yinlar darsning
asosiy qismining ikkinchi yarmida o‘tkaziladi, uning boshida
gimnastika va yengil atletika elementlari o‘rganiladi.
Ba’zi vaqtlarda tanish o‘yinlar darsning tayyorlov qismida
(qachonki o‘quvchilar charchaganda va diqqati yoyilganida
sinfda nazorat darslaridan va oxirgi darsdan keyin) o‘tka-
ziladi.
Kam harakatli o‘yinlar («Kim keldi», «Òaqiqlangan ha-
rakat») ayrim holatlarda o‘quvchilarning diqqatini bir joyga
to‘plash va tinch holatga keltirish uchun darsning yakuniy
qismida o‘tkaziladi.
5–6-sinf o‘quvchilari bilan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish-
da quyidagi vazifalar hal etiladi: o‘yin vaziyatida gimnastika,
yengil atletika harakatlarini mustahkamlash va takomil-
lashtirish; tezlikni rivojlantirishda; kichik va katta koptokni
uloqtirish hamda ilib olish malakalarini takomillashtirish;
epchillik va tezlikni kuch bilan bir-biriga qo‘shib rivojlan-
tirish, shuningdek, harakatlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi,
o‘rtoqlariga, bir-biriga yordam berish, ijodiy faollik vaqtini
va fazoda to‘g‘ri mo‘ljal ola bilishni tarbiyalaydi. «Kuchlilar
va chaqqonlar», «Òo‘siqli estafeta», «Kuchli otish», «Òo‘p
uchun kurash», «Òo‘p o‘rtaga», «Voleybolchilar laptasi»,
«Doiraga tortish», «Mergan va chaqqon», «Òo‘rtta ustun
yordamida o‘yin», «Òo‘p kapitanga».

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə