2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124
5894176c8f652

«Uzun tayoq estafeta» 
o‘yini (1-rasm). O‘quvchilar
2–3 jamoaga bo‘linadilar va ikki kishilik qator bo‘lib, uzun
tayoqni (shit) qo‘lga oladilar. Òayoqni o‘ng tomonda
turganlar o‘ng qo‘l bilan, chap tomonda turgunalar chap
qo‘l bilan ushlaydilar. Har bir qatorning oldidan 10–15 m
masofada o‘rnatilgan bayroqchalar o‘z bayroqchasi tomon
yugurib borib atrofidan aylanib o‘tib bo‘lib joyiga turgan


76
2-rasm.
 
«Mergan o‘yini».
1-rasm.
«Uzun tayoq estafeta» o‘yini.
jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘qituvchi jamoalar orasidagi
masofaga e’tibor berishi kerak, chunki bayroqni aylanib
o‘tayotganda tayoqlar bir-biriga tegib ketishi mumkin emas.
O‘yin 4–5 marta qaytariladi.
«Mergan» o‘yini 
(2-rasm). O‘quvchilar ikki jamoaga
bo‘linib, yuzlari bir-biriga qaragan holda safga turadilar.
O‘rtaga har bir jamoadan 6–8 m narida bulava qo‘yilgan
bo‘ladi. Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar
galma-galdan to‘pni bulavaga otib, uni urib tushurishga
harakat qiladilar. Qaysi jamoa bulavani ko‘proq urib tushir-
gan bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi.
«Òaqiqlangan harakat»
o‘yinini o‘tkazishda o‘quvchilar
oralarini ochib bitta saf bo‘lib saflanadilar. O‘qituvchi o‘quv-


77
chilarga avvaldan uqtirib taqiqlangan harakatlardan tashqari
hamma harakatlarni o‘zi bilan birga bajarishni tayinlaydi.
Masalan, qo‘llarni yelkaga qo‘yish taqiqlangan harakat deylik.
O‘qituvchi har xil mashqlarni bajaradi, o‘quvchilar uning
harakatlarini takrorlaydi.
Shu harakatlarni bajarish jarayonida o‘qituvchi qo‘llarini
to‘satdan yelkasiga qo‘yadi, ya’ni taqiqlangan harakatni
bajaradi. O‘yinchilardan kimda-kim shu harakatni bajarib
qo‘ysa, u bir qadam qo‘ygan bo‘lsa-da, eng ko‘p xato qilgan
hisoblanadi. Har qaysi mashqdan so‘ng taqiqlangan harakat
almashtirib boriladi. Shu tarzda o‘yin o‘z ichiga har xil
harakatlarni oladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə