2016 Xarakatli 1p65. p65


«Kim uzoqqa otadi» o‘yini



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
5894176c8f652

«Kim uzoqqa otadi» o‘yini. 
O‘quvchilar har birida 8–10
tadan o‘yinchi bo‘lgan 4 ta jamoaga bo‘linadilar. Devordan
2–3 m uzoqlikda start chizig‘i chiziladi. Shunga parallel
qilib 10 m uzoqlikda, keyinchalik ketma-ket har 1,5–2 m
oraliqda 4–5 ta chiziq chiziladi. Qo‘lida to‘p tutgan o‘yin-
chilar (4 kishi) start chizig‘iga kelib, to‘p otishga shaylanib
turadi. O‘qituvchi signal berishi bilan ular to‘pni iloji boricha


88
18-rasm.
 
«Òo‘pni oyoqlar orasidan uzatish» o‘yini.
uzoqroqdagi chiziqqa tushirishga harakat qilib uloqtiradi.
Hakamlar boshqalardan uzoqqa otgan o‘yinchini, shuning-
dek, uzoqdagi chiziqqa ko‘proq to‘p tushirgan jamoani
aniqlab, ularni mukofotlaydi.
«Bayroqchangni top» o‘yini.
O‘quvchilar 4–5 jamoaga
bo‘linib, bir qator bo‘lib saflanadilar. Jamoalarda turgan
birinchi o‘quvchilar sardorlar hisoblanib, ularga har xil
rangda bayroqchalar beriladi. Har bir jamoada alohida-
alohida aylana hosil qilib, aylanalarning o‘rtasida sardorlar
turadi. «Òarqal» komandasi berilganda hamma o‘quvchilar
maydoncha bo‘ylab tarqalib, turli xil harakatlarni bajarib
o‘ynab yuradilar. «Òo‘xta!» komandasida esa hamma to‘xtay-
di, ko‘zlarini yumib oladi. U payt o‘qituvchining ko‘rsatmasi
bilan jamoa sardorlari o‘z o‘rinlarini almashib, bayroq-
chalarni yuqoriga ko‘taradilar, «Bayroqchangni top!» koman-
dasi berilgach, hamma o‘yinchilar ko‘zlarini ochib, o‘z
kapitanlari atrofida saf tortadilar. Birinchi bo‘lib saflanib
olgan jamoa g‘olib chiqadi. Undan keyin yangi sardorlar
tayinlanib, o‘yin davom ettiriladi.
«Òo‘pni oyoqlar orasidan uzatish» o‘yini
(18-rasm). Start
chizig‘i ro‘parasida 3–4 ta jamoa saf tortadi. Barcha
jamoalar bir-biridan 2–3 m masofada bittadan qator bo‘lib
turadilar. O‘yinchilar orasidagi masofa 1–2 qadam, ular
oyoqlarini bukmagan holda yelka kengligida kerib turishlari
lozim. Qatorlarda birinchi turgan o‘yinchilarda basketbol
to‘plari bo‘ladi. Ular engashib, to‘pni yerga tekkizib ushlab


89
turadilar. Signal berilishi bilan birinchi o‘yinchi to‘pni
oyoqlari orasidan dumalatadi. Ikkinchi o‘yinchi ham to‘pga
faqat barmoqlarini tekkizgan holda uni orqaga yo‘naltiradi.
Ikkinchi o‘yinchi ham to‘pga faqat barmoqlarini tekkizgan
holda uni orqaga yo‘naltiradi; uchinchi, to‘rtinchi va
boshqalar ham shunday qiladi. Eng keyin turgan o‘yinchi
to‘pni olishi bilan turadi va darhol oyoqlarini kerib, to‘pni
ilib yugurib o‘z joyiga keladi va uni yuqoriga ko‘taradi.
O‘yinni birinchi tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi. Agar
o‘yin vaqtida to‘p tashqariga chiqib ketsa, aybdor o‘quvchi
to‘pni ilib olib o‘z joyiga keladi va qoidani buzmay to‘pni
yo‘naltirishda davom etadi. Qator oxirida turgan o‘yinchilar
oyoqlari orasidan orqaga o‘tib ketmasligi uchun qo‘llari
bilan to‘p yo‘lini to‘sib turishlari lozim.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə