2016 Xarakatli 1p65. p65


«Chavandoz sportchilar» o‘yini



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
5894176c8f652

«Chavandoz sportchilar» o‘yini. 
Yerda bir-biridan
1–2 m narida doira va to‘rtburchaklar chiziladi. Ular o‘quv-
chilarning soniga qaraganda 3–4 ta kam bo‘lishi lozim.
O‘yinchilar chap yonlari bilan markaz tomon turganlari
holda aylana bo‘ylab sportchi otlarining yurishiga o‘xshatib
yuradilar. O‘qituvchi komandalarni berib boradi.
«Otning qadami» 
– o‘yinchilar qo‘llarini tirsakdan bukib,
kaftlarini pastga qaratib, tizzalarini baland ko‘tarib yuradilar.
Òizzalar kaftlarga tekkizilishi lozim.
«Burilish» 
– o‘yinchilar orqaga burilib, shu harakatni
davom ettiradilar.
«Yeldirish» 
– o‘yinchilar oyoqlar uchida, bir-birlaridan
o‘zib ketmasdan yuguradilar.
«Otning qadami» 
– yuqoridagi harakat qayta takrorlanadi.
«O‘z joyiga» 
– hamma tezda tarqalib, doira yoki
to‘rtburchak ichiga turib olishga harakat qiladi. Joysiz
qolganlar yutqazgan hisoblanadilar, ularga jarima ochkosi
beriladi. O‘yin shu tariqa davom ettiriladi.
«Joyga tez qaytish» o‘yini.
O‘qituvchining «Òez tarqal!»
deb bergan komandasiga binoan hamma o‘yinchilar
maydoncha bo‘ylab tarqalib ketadilar. «Òez joy-joyingizga!»
komandasida esa har bir o‘yinchi imkoni boricha tezroq
qatordagi o‘z joyiga tez turib olgan o‘yinchilar g‘olib chiqa-
dilar. O‘yin 3–4 qatorda ham o‘tkazilishi mumkin. Bunda
musobaqa qatorlararo o‘tkaziladi.


90
19-rasm.
«Ikki ayoz» o‘yini.
Uy
«Quyonlar, qorovul va ovchi» o‘yini.
Maydonchaning bir
tomoniga to‘rtta kvadrat – quyon uyasi, qarama-qarshi
tomonda esa yarimaylana – qorovulxona chiziladi. Chiziq-
ning shu tomonida poliz ajratiladi. Maydonchaning o‘rtasi-
dan 25–30 sm balandlikda arqon-devor tortiladi. Òo‘rt
guruhga bo‘lingan quyonlar to‘rtta kvadrat uyalarda joylasha-
dilar, qorovulxonada esa boshqaruvchilar – qorovul va ovchi
turadi.
O‘qituvchi signal berishi bilan «quyonlar» o‘z uyalaridan
chiqib, devordan oshib, polizga yopiriladilar. O‘qituvchining
ishorasi bilan qorovul uch marta chapak chaladi – «o‘q
otadi». O‘q otilgandan so‘ng qorovul bilan ovchi birgalikda
«quyonlar»ni uyalarigacha quvlab boradilar. Qo‘lga tushgan-
lar sanab chiqilgach, «quyonlar» o‘z uyalariga, qorovul va
ovchi esa qorovulxonaga qaytadi. Shundan keyin boshqa-
ruvchilar almashtirilib, o‘yin davom ettiriladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə