2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
5894176c8f652

«Mergan ovchi» o‘yini.
 
O‘quvchilar to‘rt qator bo‘lib saf-
lanadilar. Har bir qator qarshisida 6–8 m narida sher,
ayiq bo‘ri, tulki yoki boshqa yovvoyi hayvon rasmi solingan
yoki shunga o‘xshash suratlar yopishtirilgan 1x1m baner
qo‘yilgan bo‘ladi. Har bir qatordagilar navbatma-navbat shu
banerga to‘p otadi. Har bir o‘yinchi uchtadan to‘p otishi
zarur. Qaysi qatordagi o‘quvchilar yovvoyi hayvonga to‘pni
ko‘p marta tekkizsa, shu qator o‘yinda g‘olib chiqqan hisob-
lanadi.
O‘yinni boshlashdan oldin yovvoyi hayvonlar haqida,
ularni nima uchun ovlashlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab
berish lozim. O‘yinni obrazli qilib so‘zlab berish, shuningdek,
o‘quvchilarni aniq mo‘ljalga otishga, jamoa a’zolari orasida
uyushqoqlikni saqlashga o‘rgatish ham juda zarur.
«Òo‘pni ilib ol» o‘yini.
O‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linib,
qo‘llarida katta to‘pni ushlab doira hosil qiladilar. O‘qituv-
chining signalidan keyin ular to‘pni yuqoriga otib, ilib
olishga harakat qiladilar. Havoda ushlab olingan to‘p uchun


94
jamoaga 5 ochko, yerga urilgandan keyin ilib olingan to‘p
uchun 2 ochko beriladi. O‘yin bir necha marta takrorlanadi.
«Òulki bilan na’matak» o‘yini. 
O‘quvchilar ikki jamoaga
bo‘linadilar. Birinchi jamoa o‘yinchilari – «na’mataklar»
ko‘zlarini yumib, qo‘llarini yon tomonga uzatgan holda
ikkinchi jamoaga orqalarini o‘girib zalning o‘rtasidagi chiziq-
qa turadilar. Ikkinchi jamoa o‘yinchilari – «tulkilar» esa
chiziqning tashqarisida, zalning bir tomonida turadilar.
«Òulkilar» zalning narigi tomoniga «na’matak» tikanlariga
tegib ketmaslik uchun ovoz chiqarmasdan sekingina o‘tish-
lari kerak. «Na’matak»ka tegib o‘tgan «tulki» zalning bir
chekkasiga chizilgan doiraga – g‘orga kirib ketadi. So‘ngra
o‘yinchilar o‘z o‘rinlarini almashtiradilar. Qaysi jamoa o‘yin-
chilari zalning narigi tomoniga tinch va ehtiyotkorlik bilan
o‘tsa, shu jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə