2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124
5894176c8f652

«Na’mataklar» o‘yini
da oxirigacha ko‘zlarini ochib
yubormasliklari lozim. «Òulkilar» «na’mataklar»ning orasidan
o‘tadilar, chetlab o‘tish mumkin emas. Zalning bir chekkasida
turgan o‘qituvchining bayroq ko‘tarishi zalning u tomoniga
o‘tishi uchun signal hisoblanadi.
«Bo‘ron» o‘yini.
o‘quvchilar to‘rt qatordan qator bo‘lib
saflanadilar. Start chizig‘i qarshisida undan 10 m narida
har bir qator ro‘parasida bittadan bayroqcha o‘rnatiladi.
Barcha o‘yinchilar bir xil harakatni bajaradilar. «Shamol»
deyilganda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar. «Chaqmoq»
deyilganda o‘tiradilar, «yomg‘ir» deyilganda chapak chala-
dilar. «Bo‘ron» deyilganda, yugurib borib bayroq atrofidan
(o‘ngdan chapga) aylanib yana o‘z joylariga kelib turadilar.
Shartni to‘g‘ri va tez bajargan qator o‘yinchilari o‘yinda
g‘olib hisoblanadi.
O‘quvchilar bayroq atrofida aylanib kelganlaridan so‘ng
yana chiziq orqasiga o‘tib sarflanadilar.
«Ovchilar» o‘yini. 
O‘yinni olib borish uchun 2–3
o‘yinboshi – ovchilar tayinlanadi. Har bir o‘yinboshining
qo‘lida bittadan to‘p bo‘ladi. Qolgan hamma bolalar – «tul-
kilar» maydonchaning turli yerlarida erkin yugurib yuradilar.
O‘qituvchi signal berishi bilan «tulkilar» to‘xtaydi, ovchi-
lar esa turgan yerlarida istagan «tulki»ga qarab to‘p otadilar.
Agar to‘p «tulki»ga tegsa, ovchi bitta ochko oladi. Òo‘p


95
otish natijasi hisoblab chiqilgandan so‘ng, yangi ovchilar
tayinlanib, o‘yin yana davom ettiriladi.
Bir marta ham to‘p tegmagan yoki boshqalarga qara-
ganda to‘p kam tekkan «tulki» eng yaxshi o‘yinchi hisob-
lanadi.
Otilgan to‘pni ilib olgan «tulki»ga to‘p tekkan deb hisob-
lanadi. «Òulkilar» o‘zlariga to‘p tekkizmaslik uchun turgan
joylarida erkin harakatlar qilishlari mumkin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə