2016 Xarakatli 1p65. p65


KASB-HUNAR KOLLEJ O‘QUVCHILARI



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124
5894176c8f652

2.4. KASB-HUNAR KOLLEJ O‘QUVCHILARI
UCHUN HARAKAÒLI O‘YINLAR
Jismoniy tarbiya dasturi bo‘yicha kasb-hunar kollejlarda
harakatli o‘yinlar kiritilmagan, biroq darslarda, oldingi
sinflarda o‘tilgan harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin.


100
Uning vazifasi shundan iboratki, turli-tuman o‘yin
vaziyatlarida o‘quvchilarni harakat qilishga o‘rgatish ko‘proq
maqsadga muvofiq bo‘ladi va turli-tuman sport turlari bilan
shug‘ullanganda egallagan malakalarni mustahkamlaydi va
takomillashtiradi.
Kasb-hunar kollejlarida harakatli o‘yinlar yorqin ifoda
qilingan yordamchi xarakterdadir. O‘quvchilar kutilmaganda
o‘yin sharoitida ijod qilingan yoki egallagan malakasini
to‘g‘ri qo‘llashga odatlanadi.
O‘quvchilarning sport o‘yinlariga bo‘lgan katta qiziqishni
hisobga olingan holda, shug‘ullanuvchilar sonining ko‘pligi
sababli jismoniy tarbiya darsida o‘tkazish qiyin, shuning
uchun sport o‘yinlariga yaqin bo‘lgani sababli sinfning
barchasiga harakatli o‘yinlarni tavsiya qilish mumkin.
Muhimi, bu o‘yindagi texnika va taktikasi sport o‘yinlaridek
bir xil bo‘lishi kerak. Bundaylarga quyidagi o‘yinlarni kiritish
mumkin: «Òo‘p sardorga», «Òo‘p uchun kurash» (basketbol
o‘yiniga tayyorlovchi), «Voleybolchining to‘p uzatishi»,
«Òo‘pni uzatdingmi o‘tir» voleybol elementlari bilan estafeta,
(voleybol o‘yiniga tayyorlaydigan) «Doirada oyoq bilan to‘p
tepish», «Raqibning himoyachilari o‘rtasida» (futbol o‘yiniga
tayyorlaydigan) va boshqalar.
2.5. BASKEÒBOL O‘YINIDA FIKRLASHNI
RIVOJLANÒIRISH
O‘smirlar o‘yin maydonida fikr yuritishi, o‘ylashi,
mulohaza qilishi, ko‘ra bilishi nafaqat sheriklari xatti-
harakatini, shuningdek, raqiblari xatti-harakatini ilg‘ay olish
malakasini shakllantirishda, o‘yin taktikasi va strategiyasini
hal etishda asosiy mezon hisoblanadi.
Har qanday o‘yinda bajariladigan harakatni oldindan
ko‘ra bilish qobilyati katta ahamiyatga egadir. O‘yinchilarga
maydonda bo‘ladigan o‘zgarishlarni, yuz berishi mumkin
bo‘lgan holatlarni aniqlash, maydonda o‘yinchini, to‘pni
ko‘rish, joyini va vaqtini oldindan aniqlash kabi elementlar
doimiy ravishda o‘rgatib boriladi.
Bu qobilyat maxsus mashqlarda takomillashtiriladi. O‘yin
jarayonida fikrlashni rivojlantirish uchun biz quyidagi maxsus


101
harakatli o‘yinlardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bunday
trenirovka modeli 8–9-sinf o‘quvchilari uchun basketbol
darslarida qo‘llaniladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə