2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124
5894176c8f652

HARAKAÒLANUVCHI NISHON
O‘yinda ikkita jamoa 4–7 ta o‘yinchi va darvozabonlari
bilan qatnashadi. Darvozabonga faqat darvoza chizig‘ida
turishga ruxsat beriladi.
Hujumchi jamoaning vazifasi «qarshi kurashuvchi» yoki
«himoyalanuvchi» jamoaning chap berib qutulib qolmoqchi
bo‘lgan darvozabonga to‘p tekkizishidir. Agar darvozabonga
to‘p tegsa, uning o‘rnini o‘sha jamoaning o‘yinchisi
egallaydi.
So‘ngra jamoalar o‘rin almashadilar. Boshqa jamoa
darvozabonlarini aniq nishonga olib, ko‘p to‘p tekkizgan
jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
Varianti
1. Darvozabonga to‘p tekkandan keyin uning o‘rnini
boshqa jamoaning darvozaboni egallashi mumkin.
2. O‘yinda ikkita to‘pdan foydalaniladi.


104
RAQIB ÒO‘PINI ILIB OL
O‘yinda ikki jamoa qatnashadi. Har bir jamoa 6–8
o‘yinchidan iborat bo‘ladi. Maydonning birinchi yarmida
birinchi jamoa, ikkinchi yarimida ikkinchi jamoa turadi.
Har bir jamoa o‘z sardori orqasida bir qator bo‘lib turadi.
O‘qituvchi signalidan keyin qator boshida turgan o‘yin-
chilar o‘z maydonlari bo‘ylab harakatlanib, to‘pni yuqoriga
irg‘itadilar. Uchinchi o‘yinchi to‘pni ilib oladi va hokazo.
Jamoalar maydon bo‘ylab harakat qilib, to‘pni polga
tekkizmaslikka harakat qiladilar. Belgilangan vaqtda kam
xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa (polga to‘pni kamroq tekkizgan)
g‘olib chiqadi.
Varianti
O‘yinni yugurish, ikki oyoqda yuqoriga sakrash, orqa
bilan oldinga siljish yoki harakatlanish bilan bajarish
mumkin.
DARVOZAGA ÒO‘PNI DUMALAÒIB KIRIÒISH
O‘yinda ikkita jamoa 5–8 kishidan bo‘lib o‘ynaydi.
Maydoncha chegaralanmaydi. O‘yinning sharti raqib
darvozasiga to‘pni dumalatib kiritishdan iboratdir.
O‘yinchilar to‘pni dumalatgan holda bir-birlariga uzata-
dilar. Òo‘pni olib yurish va to‘p bilan yugirish taqiqlanadi.
Agar o‘yinchi o‘yin qoidasini buzsa, o‘sha joydan to‘p
uzatish belgilanadi. Belgilangan vaqt ichida ko‘p ochko
to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.
BASKEÒBOL REGBI
Maydonchaga chegara qo‘yilmaydi. O‘yinning sharti
raqib maydonchasining oldi chizig‘iga to‘pni olib borib
qo‘yishdir. O‘yinda to‘pni olib yurish, oldinga uzatish, raqib-
ni polga yiqitishga ruxsat etilmaydi. o‘yinchiga to‘p olib
yugurishga, to‘pni yonga va orqaga uzatishga, to‘pni egal-
lab olgan o‘yinchini ushlash va ushlab turishga ruxsat etiladi.
Agar qoida buzilsa, shu joydan jarima to‘pini uzatish (futbol
o‘yiniga o‘xshab) belgilanadi. Jamoa chizig‘iga o‘tkazib


105
qo‘yilgan to‘pga ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa
o‘yinda g‘olib chiqadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə