2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124
5894176c8f652

2.11. DARSNING ASOSIY QISMIDA
BERILADIGAN HARAKAÒLI O‘YINLAR
O‘yin 2x2 yoki 3x3 ta o‘yinchi bilan bitta shitga qarab
o‘ynaladi. O‘qituvchining signalidan keyin to‘pni egallab
turgan jamoa qarama-qarshi tomondagi shitga tezlik bilan
yugurib o‘tadi, qaytadan signal bo‘lguncha shu shit oldida
o‘yin davom etadi.
Varianti
Òo‘p olib yurilmaydi, o‘yin faqat bir-biriga uzatish hiso-
biga o‘tkaziladi.
JUFÒ-JUFÒ BO‘LIB PEÒNA
(RAQIBGA QO‘L ÒEKKIZISH) QILISH
O‘yinchilar juft-juft bo‘lib qo‘llarini ushlab turadilar. Bitta
juftlik to‘pni qo‘lida ushlab turadi, bu juftlik o‘yinboshi
hisoblanadi. O‘yinboshilar to‘pni olib yurish bilan birga
qolgan juftliklarni kuzatib boradi va o‘yinchilardan birini
«petna» qilishga harakat qiladi. «Petna» qilingan juftlik esa
o‘yinboshi bo‘ladi. Biror marta o‘yinboshi bo‘lmagan jamoa
o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
Varianti
1. O‘yin chegaralangan maydonchada (9x3) o‘tkaziladi.
O‘yinda ikkita juftlik qatnashadi (o‘yinboshilar, qochuv-
chilar).
2. Petna qilish faqatgina to‘p bilan amalga oshiriladi
(to‘p uloqtirilib istalgan o‘yinchiga tekkiziladi).
3. Qochib ketayotgan juftlik uloqtirilgan to‘pni ilib olsa,
unda petna qilingan hisoblanmaydi.
 ÒO‘PNI QO‘LDA USHLAB ÒURMASDAN UZAÒISH
3x3 metrli to‘rtburchak ichida to‘rtta o‘yinchi turadi.
O‘yinchining tayanch oyog‘i to‘rtburchakning burchagida
turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha o‘yinchilar to‘pni


106
bir-birlariga oshiradilar. O‘qituvchining signali bo‘yicha to‘p
uzatish yo‘nalishini bir necha martada o‘zgartirish mumkin.
Agar to‘p noto‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa yoki o‘yinchi
uni ilib ololmasa, xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Belgilangan
vaqt tugashi bilan keyingi to‘rtlik o‘yinni boshlaydi va
hokazo. O‘yinda kam xato qilgan jamoa g‘olib bo‘ladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə