2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124
5894176c8f652

Varianti
1. Polga urilib qaytgan to‘pni ushlab uzatish bilan bajarish.
2. Òo‘pni bir qo‘lda yoki orqa tomonga uzatish bilan
bajarish.
ÒO‘RÒBURCHAK
3x6 metrli to‘g‘ri to‘rtburchak burchaklarida to‘rtta
o‘yinchi qo‘lida to‘p bilan turadi. Òo‘g‘ri to‘rt burchakning
o‘rtasida to‘pni ushlab qoluvchi o‘yinboshi turadi. Òo‘pni
ushlab qoluvchi o‘yinchining vazifasi qo‘l tekkiza olishdir.
Agar u to‘pga qo‘lini tekkizsa, unda to‘pni uzatgan o‘yinchi
bilan joy almashadi va hokazo. 5 martagacha to‘p uzatganda
kam xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi.
Varianti
1. Ma’lum yo‘nalishda uzatish usullari belgilanib, o‘yin
shu asosda o‘tkaziladi.
2. Òo‘p uzatuvchi va to‘pni ushlab oluvchi o‘rtasidagi
masofa qisqartiriladi.
3. O‘yinchilar to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘ylab harakatlanadilar,
ikkita to‘pni ushlovchi o‘yinboshlari to‘rtburchak o‘rtasida
turadilar.
HIMOYACHI
O‘yinda ikkita jamoa ikkitadan o‘yinchi qo‘llarida to‘p
bilan qatnashadilar. Jamoa o‘yinchilari to‘pni polga urib
olib yurish bilan birga polga o‘rnatilgan bayroqchalar yoki
to‘ldirma to‘pni himoya qiladilar.
Boshqa jamoa o‘yinchilari ham to‘pni to‘xtatmasdan
tinimsiz olib yurib, bo‘sh qo‘llarini bayroqchaga, to‘ldirma
to‘pga qo‘l tegizilsa bir ochko beriladi. Belgilangan hisobga
ko‘ra jamoalar joylarini almashadilar. Kam vaqt sarflab
belgilangan ochkoni to‘plagan jamoada g‘olib bo‘ladi.


107
Varianti
Himoyachi polda yotgan chambarak atrofida to‘pni olib
yurish bilan birga boshqa jamoa o‘yinchilarining
chambarakka to‘p tekkizishlariga qarshilik ko‘rsatadi. Boshqa
jamoa a’zolari o‘z navbatida to‘pni olib yurish bilan birga
himoyachilarni aldab o‘tib, to‘pni chambarak ichiga
tashlaydilar. Himoyachilarga bo‘sh qo‘llari bilan to‘pni urib
qaytarishga ruxsat etiladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə