2016 Xarakatli 1p65. p65


ÒO‘PNI NOMERLAR BO‘YICHA UZAÒISH



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124
5894176c8f652

ÒO‘PNI NOMERLAR BO‘YICHA UZAÒISH
O‘yinda bir necha jamoa qatnashadi, har bir jamoada
to‘rttadan o‘yinchi bo‘ladi. Jamoa o‘yinchilar tartib bilan
sanaydilar. Birinchi nomerli o‘yinchilar to‘pni ushlab
turadilar. O‘qituvchining signalidan so‘ng o‘yinchilar may-
doncha bo‘ylab har xil yo‘nalishda harakat qilib qat’iy holda
va tartib nomeri asosida to‘pni uzatadilar. Har bir jamoaning
to‘p uzatishi va ilib olishini kuzatib boruvchi rahbar yoki
o‘qituvchi ajratiladi.
IKKIÒADAN BO‘SH O‘YINCHI ORQALI
BIÒÒA O‘YNASH
Uch sekundli zona maydonchasida ikkita jamoa o‘ynaydi.
Jamoa tarkibida ikkitadan o‘yinchi bo‘ladi. O‘yinchilarning
vazifasi to‘pni halqaga tashlashdan iborat. Sheriklar to‘pni
bir-birlariga o‘rtada bo‘sh turgan o‘yinchi orqali oshirgan-
laridan keyin to‘p halqaga tashlanadi, shitga urilib qaytgan
yoki halqaga tushgan to‘pni ilib olgan jamoa o‘yinchisi bo‘sh
turgan o‘yinchiga to‘pni berishi kerak. Shitga urilib qaytgan
to‘pni ilib olib, halqaga tashlash taqiqlanadi.
Bo‘sh turgan o‘yinchi besh sekundli zona maydon-
chasining tashqarisida turadi. Belgilangan vaqt ichida ko‘p
ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi.
IKKI KISHIDAN BO‘LIB BIÒÒA HALQAGA
O‘YNASH
O‘yin basketbol qoidasi bo‘yicha bitta halqaga o‘ynaladi.
O‘yinchining asosiy vazifasi halqaga to‘p tashlashdan iborat.
Himoyalanuvchi jamoa o‘yinchilariga faqatgina uch sekund-


108
da zonada qarshilik ko‘rsatish yoki qarshi kurashishga ruxsat
etiladi. Hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilarga uch sekundli
zona va uning tashqarisidan hamda ikki qadam tashlangan-
dan so‘ng halqaga to‘p tashlashga ruxsat etiladi. Shitga urilib
qaytgan to‘pni ilib olib halqaga tashlash man etiladi. Òo‘pni
egallab olgan o‘yinchi tezda uch sekundli zonadan chiqib
ketishi shart. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib
hisoblanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə