2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
5894176c8f652

2.12. DARSNING YAKUNIY QISMIDA
O‘ÒKAZILADIGAN HARAKAÒLI O‘YINLAR.
OMMAVIY BASKEÒBOL
O‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linadilar. Har bir jamoada
5 tadan o‘yinchi maydonchada joylashib turadi, qolganlari
yon chiziq tashqarisida zal bo‘ylab bir tekis joylashadilar.
Maydonda odatdagi basketbol o‘ynaladi, lekin maydonda
o‘yinchilar bilan o‘zaro harakatlanishi mumkin, ya’ni to‘pni
ularga uzatish va ulardan qabul qilib olish mumkin. O‘yinda
ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘yinda uch
jamoa besh kishidan bo‘lib o‘ynaydi. Ikkinchi beshlik
maydon markazida turib, u yoki bu halqaga hujum qiladi.
Òo‘p halqaga tushganidan yoki ushlab olinganidan keyin
birinchi beshlik qarama-qarshi tomondan halqaga hujum
qiladi. Birinchi beshlik uchunchi beshlik qarama-qarshi
tomonidagi halqaga hujum qiladi. Birinchi beshlik uchinchi
beshlik o‘rnida zona hosil qiladi va hokazo.
Varianti
Òo‘pni halqaga tushurganidan yoki oldirib qo‘yganidan
keyin ikkinchi jamoa o‘z maydonchasining yarmida raqibi
qo‘lidan to‘pni olib egallagan bo‘lsa, bunday holatda u yana
birinchi beshlikning halqasiga hujum uyushtirishi mumkin.
GANDIKAP BILAN O‘YNASH
O‘yinda ikkita jamoa qatnashadi. Birinchi jamoa kuchli
o‘yinchilardan, ikkinchisi esa kuchsiz o‘yinchilardan tuzilgan
bo‘ladi. Gandikap bilan o‘ynash imkoniyati kuchsiz jamoaga


110
bo‘linadi. Ya’ni, hisobni 10:10 deb kuchsiz jamoasiga
belgilagan holda o‘yin boshlanadi. O‘yin basketbol qoidasi
bo‘yicha har xil o‘zgarishlar bilan o‘tkaziladi (aralash yoki
o‘yinchilar soni chegaralanmagan holda bitta halqaga
kuchaytirilgan maydonchada qisqartirilgan vaqt bo‘yicha).
Belgilangan vaqt ichida ko‘proq to‘p tashlagan jamoa
o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
ZONALI BASKEÒBOL O‘YIN
I
O‘yinda ikkita jamoa – biri hujumchi ikkinchisi
himoyachi vazifasida o‘ynaydi. Basketbol maydonchasi 8
ta zonaga bo‘linadi. Har bir zonada jamoalardan bittadan
o‘yinchi harakat qiladi. Zonadan yugurib chiqish man
etiladi, koptokni esa faqat o‘z jamoasi yonida turgan zona-
dagi o‘yinchiga uzatish mumkin. Zonadagi o‘yin basketbol
qoidasi bo‘yicha olib boriladi.
Varianti
Har bir zonada jamoalardan ikkitadan o‘yinchi harakat
qiladi. O‘yinda asosiy diqqat-e’tibor sheriklar bilan o‘zaro
harakat qilishga qaratiladi. O‘yinga quyidagi qoidani kiritish
mumkin. Bitta zonadagi o‘yinchilar to‘pni bir-birlariga
oshirganlaridan keyingina to‘pni keyingi zonaga yo‘naltirish
mumkin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə