2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124
5894176c8f652

«Qutqarib ol» o‘yini. 
Òo‘rt o‘yinchidan boshqa hamma
o‘yinchilar doira hosil qilib turadilar. Òo‘rt o‘yinchi esa
doiradan tashqarida turadi, ulardan ikkitasining qo‘lida tas-
machalar bo‘ladi. Òasma ushlagan o‘yinchilar doira bo‘ylab
yuguradilar. Qolgan ikki o‘yinchi esa ularni quvlaydi. Qochib
ketayotgan o‘yinchi doirada turganlardan birining oldiga
turib olib, uning qo‘liga tasmani tutqazsa, uning orqasida
turgan o‘yinchi yugurib ketishi lozim. Agar unga yetib
olishsa, u tasmachani quvlab kelayotgan o‘yinchiga beradi
va o‘rin almashadilar.
Yugurib boruvchi hamda quvlovchi o‘yinchi doirada
turganlarga tegib ketmasligi lozim. Doira bo‘ylab ikki
martadan ortiq yugurmaslik kerak. Quvlovchi ikki-uch kishini
quvib yetib olmasa, uni almashtirish mumkin.
2.3. 7–9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN
HARAKAÒLI O‘YINLAR
7–8-sinfning jismoniy tarbiya darsida o‘tiladigan
harakatli o‘yinlarning soni o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan
vazifaga, shug‘ullanuvchilarning tarkibiga va ish sharoitiga
bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya darsida o‘smirlarning o‘yin bilan shu-
g‘illanish jarayonida asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
o‘yin vaziyatida gimnastika mashqlari (umbaloq oshishlar,
tayanib sakrashlar, tirmashib chiqish mashq va muvozanat
saqlash), yengil atletika mashqlari (past va yuqori start, tez
yurish, yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, kichik
va katta koptoklarni uloqtirish), to‘pni egallash malakalarini
(basketbol, futbol, voleybol o‘yini uchun) mustahkamlash
va takomillashtirish; o‘z jamoasining javobgarligini his


96
qilish, o‘zaro yordamlashish malakalarini, jamoa manfaati
uchun oqilona tavakkal qila bilishni tarbiyalash; o‘yin
qoidalari buzilganiga chiday olmaslik harakatni aniq bir
maqsadga qaratilganligini, o‘zini tuta bilishligini, diqqatini
taqsimlamoqlikni, harakatda mo‘ljalini tez ola bilishni
tarbiyalash; jamoa o‘yinlarida tashkilotchilik malakalarini,
sport o‘yiniga birmuncha yaqin bo‘lgan murakkab harakatli
o‘yinlarda hakamlik malakalarini rivojlantirish.
Bu vazifalarning barchasini o‘smirlarning bilim, malaka,
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga va gimnastika, yengil atletika,
kross tayyorgarligi mashg‘ulotlarida ularni orttirgan mala-
kalariga bog‘liq, shuningdek, kichik sinflarda o‘tilgan o‘yinlar
ketma-ket hal etiladi.
O‘yin kichkina sinfdagilar bilan taqqoslaganda birmuncha
murakkablashib boradi.
Shuni hisobga olish kerakki, o‘smirlik yoshidagi qiziqish
va jismoniy imkoniyati ko‘proq o‘ziga xos bo‘lib boradi.
Qizlarni raqs elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, harakat
koordinatsiyasini rivojlanishiga (bo‘yi tez o‘sib borishi bilan
bog‘liq) yordam beradigan o‘yinlar qiziqtira boshlaydi; bola-
larda esa mushak kuchi tez rivojlana boshlaydi va shuning
uchun ularni qarshilik ko‘rsatish bilan kuch ishlatiladigan
o‘yinlar qiziqtiradi. Gohida guruhga oid usul bilan o‘yin
o‘tkazilishi kerak: o‘g‘il bolalarga bir vaqtda bo‘lish mumkin
bo‘lgan kuch ishlatiladigan o‘yin; qiz bolalarga akrobatika
raqs elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yin bir vaqtning o‘zida
taklif qilinadi. Guruh uslibiyotida o‘tkaziladigan o‘yinni
tashkil qilish va o‘tkazilishida o‘quvchilarni jalb qilish zarur,
chunki ularda tashkilotchilik malakalarini rivojlantiriladi. Shu
bilan birga o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida ajratilgan
rahbarlarni o‘yinda harakatini bajarishini kuzatish yengil
bo‘ladi va o‘yin texnika va taktikasini to‘g‘ri egallashni
kuzatadi.
Kuch ishlatiladigan o‘yinlarni o‘g‘il bolalar uchun alo-
hida-alohida o‘tkazish zarur va qiz bolalar uchun yoki
musobaqa uyushtirishda juftliklar o‘g‘il bolalardan yoki qiz
bolalardan tashkil etilgan bo‘ladi.
O‘smirlar katta qiziqish bilan o‘yinda harakat texnikasiga
tegishli bo‘lgan o‘yinlarni va uni takomilashtirishni yaxshi


97
ko‘radilar, ayniqsa to‘pni egallash texnikasini baketbol, futbol
va voleybol (o‘g‘il bolalar uchun) elementlari bo‘lgan o‘yinlar
juda foydalidir.
O‘smirlar bilan o‘yinni kengroq qilib o‘tkazish tavsiya
qilinadi, unda nafaqat tezlikni, shuningdek, topshiriqni
bajarish sifati ham hisobga olinadi. Masalan, sport o‘yinlari,
yengil atletika elementlari bilan o‘tkaziladigan estafetalar
nafaqat tezlikni, balki vazifani sifatli bajarishini ham hisobga
olinadi va bu esa g‘alabani aniqlaydi (to‘pni uzatishni,
halqaga tashlashni, to‘pni olib yurishni, estafeta tayoqchasini
uzatishni, balandlikka va uzunlikka sakrashni to‘g‘ri bajar-
ganligini).
Bu yoshdagi o‘quvchilar sport o‘yinlarini o‘ynashni
yaxshi ko‘radilar, shuning uchun ko‘pchilik harakatli o‘yinlar
bu yo‘nalishdagi ahamiyatga ega bo‘lib boradi.
O‘yinda yugurish masofasi, sakrash balandligi va
o‘yindagi har xil qiyinchiliklar 7–9-sinf o‘quvchilari uchun
nazorat me’yorlari chegarasida bo‘lishi shart. O‘quvchilarni
topshirishga mos keladigan me’yorlarga tayyorlash uchun
o‘yinchi «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlariga
kiruvchi mashqlarni kiritish juda zarurdir.
7–9-sinflarda harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda faqatgina
asbob-anjom va jihozlardan foydalaniladi. O‘yin yaxshi tashkil
qilinganda unda rezinali, to‘ldirma to‘pdan nafaqat uzatish
uchun, balki bir-biriga otishda ham foydalanish mumkin.
O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha asbob-
anjom va o‘yin uchun maydonchani mustaqil ravishda
tayyorlashlari kerak.
O‘yinboshi va sardorlar roliga alohida o‘quvchilarni
tavsiya qilish mumkin, lekin asosan o‘quvchilarni o‘zlari
saylashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Jamoalarga bo‘lishda va shular qatorida sardorlarni
saylashda barcha usullardan foydalaniladi, biroq uni oxiriga
yetkazmaslik, o‘smirlarni nafsoniyatiga tegmaslik uchun
qolgan 6, 8 kishini bir-ikkiga sanashi kerak.
Shu bilan birga o‘smirlarda qo‘zg‘alish va to‘xtash
jarayoni ham qaror topmagan, shuning uchun qo‘zg‘alish
tez-tez tormozlanishdan ustunlik qiladi, hayot faoliyatining
jo‘shqinligi esa o‘yinda juda baland bo‘ladi. O‘smirlarga xos
7 – Xo‘jayev, P.


98
bo‘lgan ortiq qizishib ketish oxirgi maqsadga tez erishishga
harakat qilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bunday vaziyatda ularning diqqati o‘yin jarayoniga
qaratilishi kerak, asboblar o‘yinni texnika va taktikasini tu-
shintirib boradi, o‘ynovchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatini
ishontirishga mos keladigan jarima berib to‘sib qo‘yadi va
ayrim vaziyatlarda o‘yin qoidalarini buzganligi uchun
o‘yindan chiqariladi. Haddan tashqari asablari buzilgan
o‘yinchilarni rahbar yoki hakamning yordamchisi qilib
tayinlash mumkin.
O‘smirlarning ko‘ngli nozik bo‘ladi, shuning uchun
rahbar ayrim o‘yinchilarning muvaffaqiyatsizliklariga umu-
miy diqqatni jalb qilmaslik kerak. Eng yaxshisi boshqalarga
sezdirmasdan ularga xatolarni to‘g‘rilashga, o‘yinning texnika
va taktikasini egallashga yordam berishi kerak. Ayniqsa, qiz
bolalar o‘g‘il bolalar oldida tanqidiy mulohazani o‘zlariga
og‘ir oladilar.
O‘smirlar mustaqil tashabbuskorlik bilan harakat qlishni
yaxshi ko‘radilar. Bu mustaqil harakat qilishdan o‘yinda
foydalanish kerak: o‘quvchilarga o‘yinda harakat qilish reja-
sini tuzish vazifasi topshiriladi. Ayniqsa bu munosabat bilan
joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlar muhim ahamiyatga egadir,
unda o‘smirlarning ijodiy tashabbuslaridan keng foydalanish
mumkin. Shuning uchun o‘quvchilarga yangi qoidalarni
va o‘yin variantlarini (ayniqsa «Quvnoq startlar» uchun)
tuzish taklif qilinadi, ularga o‘yinni mustaqil ravishda o‘tka-
zish topshirig‘i tavsiya qilinadi.
Ular o‘zlarining imkoniyatlariga ortiqcha baho berib
yuboradilar, shuning uchun o‘yinda kuchni to‘g‘ri taqsimlash
va tushadigan yuklamani kuzatib borish muhimdir.
7–9-sinflar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqani maktab
ichida qanday o‘tkazilsa, xuddi shunday sinfdan tashqari
vaqtda maktablar orasida o‘tkazilishi tavsiya qilinadi.
O‘smirlarning harakatli o‘yinlarda hakamlik qilishlari
oldingilarga qaraganda, yanada ham ko‘proq qat’iy bo‘-
lishi shart. O‘quvchilarni hakamlikka ko‘proq jalb qilish
kerak.
Harakatli o‘yinlardan asosan darsning asosiy qismida,
ayrim paytlarda yakuniy qismida foydalaniladi.


99
Sport gimnastikasi, yengil atletika va boshqalarga bag‘ish-
langan darslarda o‘yinlarning kiritilishi kam uchraydi.
Gohida ular shug‘ullanuvchilarning organizmiga tushayot-
gan yuklamani oshirishga va egallagan malakalarini mustah-
kamlash uchun darsning asosiy qismi oxirida o‘tkaziladi.
7–9-sinflarda ko‘p darslar sport gimnastikasiga ajratilgan
(ayniqsa, o‘quv yilining uchinchi choragida). Harakatli
o‘yinlar bu darslarga qariyb kiritilmaydi. Ayrim holatlarda
o‘yinni shug‘ullanuvchilar navbatlarini uzoq vaqt kutib
qolganlarida, sport asbob-anjomlarida mashqlarni bajarib
bo‘lgandan keyin o‘tkazish mumkin. Bunday vaziyatda o‘yin
yuklamasi yuklamani oshirishga imkoniyat beradi. Shuning-
dek, tayanib sakrash yoki akrobatika elementlarini mustah-
kamlashga yordam beradigan o‘yinlarni (tayanib sakrash,
umbaloq oshishlar bilan estafeta) o‘tkazish mumkin.
Gohida o‘yin darsning tayyorlov qismida chigal yozdi
sifatida o‘tkaziladi, uning maqsadi – darsning asosiy qismini
mazmunli o‘zlashtirishga ularni tayyorlash va shug‘ulla-
nuvchilarni qiziqtirishdir.
Belgilangan jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishda
o‘qituvchi shug‘ullanuvchilarning holatini hisobga olishga
majburdir. O‘qituvchi bo‘lib o‘tgan jismoniy tarbiya darslarini
va sinfdagi mashg‘ulotning xarakterini hisobga olishi kerak.
Hammadan ko‘ra o‘yin dars jadvali bo‘yicha oxirgisi bo‘lsa
yoki o‘quvchilarni tinch holatiga keltirish mumkin bo‘lganida
darsning yakuniy qismida o‘tkaziladi. Agarda darsning
vazifasi boshqa sport o‘yinlarini o‘rgatishga bag‘ishlangan
bo‘lsa, ya’ni unga tayyorlovchi barcha harakatli o‘yinlardan
darsning hamma qismlaridan foydalanish mumkin. «Juft
bo‘lib estafeta», «Oldinga yur», «Doiradan chiqarish», «Kim
kuchli», «Arqon tortish», «Kim tezroq», «Òo‘siq qo‘yib
o‘ynaladigan lapta», «Doira bo‘ylab kross».

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə