2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124
5894176c8f652

«Òo‘p qo‘shniga» o‘yini
(9-rasm). O‘yinchilar bir-birlaridan
3 qadam narida turib aylana hosil qiladi. O‘yinboshi esa
aylanining tashqarisida yuradi. O‘yinchilardan biri basketbol
to‘pini ushlab turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha to‘pni
ushlab turgan o‘yinchi uni yonidagi sherigiga uzatadi, u
esa keyingi o‘yinchiga uzatadi. O‘yinboshi aylanaga kirmagan
holda to‘pga yetib olishga va unga qo‘l tekkizishga harakat
qiladi. Agar to‘pga yetib olib, unga qo‘l tekkizsa, o‘yinchi
bilan o‘z o‘rnini almashadi. O‘yin davom etadi. Òo‘p olgan
o‘yinchi yonidagisi qolib, undan naridagi o‘yinchiga to‘pni
uzatib yuborishi mumkin emas.
9-rasm.
«Òo‘p qo‘shniga» o‘yini.
6 – Xo‘jayev, P.
«Uysiz quyon» o‘yini
(10-rasm). Ikki boshqaruvchidan
tashqari barcha o‘yinchilar 3–5 kishi bo‘lib guruhlarga


82
10-rasm.
«Uysiz quyon» o‘yini.
bo‘linadilar. Har qaysi guruh qo‘l ushlashib aylana hosil
qiladi. Aylanalar maydonchaning har yerida bir-biridan 3–
6 qadam narida turadi. Har qaysi aylana uya hisoblanadi
va o‘rtasiga birinchi raqamli o‘yinchilar turib quyon nomini
oladi. Boshqaruvchidan biri ovchi, ikkinchisi esa uysiz quyon
bo‘ladi.
O‘qituvchining ishorasi bilan «Uysiz quyon» ovchidan
qochib ketadi va o‘zi istagan uyaga kirib olishi mumkin,
ammo u yerdan quyon tez qochib chiqishi lozim, ovchi
bo‘lsa uyadan chiqqan quyonni ta’qib qilishda davom etadi.
Ovchi quyonni tutib olsa, u holda ular o‘rin almashadilar.
Uyaga kirmasdan qochib yurishiga ruxsat etilmaydi.
«Sakrash elementlari bilan estafeta» o‘yini
(11-rasm).
O‘yinchilar 3–4 ta jamoaga bo‘linadilar. Har bir jamoaning
o‘yinchilari bir qatordan bo‘lib turadilar. O‘qituvchining
ishorasi bilan birinchi turgan o‘yinchilar belgilab qo‘ygan
joygacha bir oyoqlab sakrab boradi va orqaga qaytib kelib,
estafeta tayoqchasini ikkinchi o‘yinchiga tutqazadi. Navbat-
dagi o‘yinchilar oldingi o‘yinchilarning ishini takrorlaydilar
va hokazo. Estafetani birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib
hisoblanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə