2016 Xarakatli 1p65. p65


II bob HARAKAÒLI O‘YINLARNI ÒASHKIL QILISH



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124
5894176c8f652

II bob
HARAKAÒLI O‘YINLARNI ÒASHKIL QILISH
SHAKLLARI,
JISMONIY ÒARBIYA DARSLARIDA HARAKAÒLI
O‘YINLARNI O‘ÒKAZISH MEÒODIKASI
Harakatli o‘yinlar maktabda jismoniy tarbiya metodi va
vositasi sifatida jismoniy tarbiya darsida hamda sinfdan
tashqari mashg‘ulotlarda keng qo‘llaniladi.
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya bo‘yicha kasb-hunar
kollejlari dasturiga mos ravishda talabalarga gimnastika,
yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish bilan birga
qo‘shib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar dastur
talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlash-
tirish vazifalarini hal etishi uchun foydalaniladi.
Òa’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash,
uloqtirish malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish,
shuningdek, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari,
kurash va suzish mashg‘ulotlarida egallagan malakalar.
Òarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkor-
lik, epchillik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik) va axloqiy
irodaviy sifatlar (jasurlik, halollik, jamoatchilik va hokazo).
Sog‘lomlashtirish vazifalari o‘quvchilarning organizmini
normal rivojlantirishga, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga
yordam beradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalar bir-biri bilan o‘zaro
chambarchas bog‘liqdir. Ularni hal etishda o‘quv tarbiyaviy
jarayonning har xil tomonlarini hisobga olish kerak. Xuddi
shunday, «Kim chaqqon» o‘yinini o‘tkazishda chap berib
yugurish tezligini takomillashtirish uchun kichik maktab
yoshidagi bolalarda bir vaqtning o‘zida dadillikni, ziyraklikni
va o‘zining kuchiga ishonishni rivojlantirish mumkin.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘tkaziladigan o‘yinlarni bosh-
qa mashg‘ulot shakllaridan farqi shundaki, bunda diqqatni
eng muhimi o‘yinning ta’limiy va sog‘lomlashtirish


64
tomoniga, shuningdek, jismoniy tarbiya sifatiga ham qaratish
kerak.
Dars uchun o‘yin tanlashda, darsning vazifasini, o‘quv
materialini, o‘yinga kiruvchi harakat turlarini, o‘yinning
fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-sharoitni hisobga
olish zarur.
Har bir o‘yinda o‘yin qatnashchilaridan bilim va mala-
kalarini namoyon qilishni talab qiladi, uni o‘yin jarayonida
takomillashtiradi. Elementar o‘yinlarga maxsus tayyorgarlik
talab qilinmaydi. Biroq murakkab harakatlardan tashkil
topgan o‘yinlar ham bor. Masalan, quyidagi o‘yinlarni
(«Òo‘p sardorga», «Òo‘p o‘rtadagiga») o‘quvchilarga taklif
qilish mumkin emas, agarda ular to‘p oshirishni, uni ilib
olishni bilmasa va o‘yin jarayon bilan to‘qnashishda, yaxshi
reaksiyaga harakat koordinatsiyasini va boshqa zarur bo‘lgan
sifat va malakalarini egallab ololmaydi.
Shug‘ullanuvchilar o‘yinga kiritilgan murakkab harakat-
larni maxsus mashqlar yordamida o‘zlashtiradilar. Istisno
tariqasida avvaldan o‘rgatishni talab qilmaydigan elementar
va tabiiy harakatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, «Bo‘ri
zovurda» o‘yinida yugurib kelib uzunlikka sakrash tabiiy chi-
qadi. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rtasida o‘yin-
ning o‘rni yoki joyi aniqlansa, ular o‘rtasidagi ketma-ketlik
metodik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Bu esa qo‘yilgan vazifani
yaxshilab hal etilgan darsning zichligini oshirishga va
mashqni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi. Chaqqonligi
bir harakatdan ikkinchi harakatga to‘g‘ri va sifatli o‘tish
demakdir. Shunday qilib, yugurish, sakrash bilan bajarila-
digan o‘yindan keyin yoki qarshilik ko‘rsatish bilan mashq
o‘tkazish murakkab chaqqonlik, muvozanatni saqlaydigan,
aniq harakatni talab qiladigan, qarshilik ko‘rsatish bilan
mashqni o‘tkazish tavsiya qilinmaydi.
Agar darsning asosiy qismi o‘yinga bag‘ishlangan bo‘lsa,
bunda ko‘proq harakatli o‘yinlar bilan kamroq harakat-
lanadigan o‘yinlar almashlab olib boriladi, shu bilan birga
harakatning xarakteri bo‘yicha turli-tuman o‘yinlar tanlab
olinadi.
Harakatli o‘yinlarning darsni hamma qismlariga kiritish
mumkin. O‘yin mazmuni shug‘ullanuvchilarning tarkibiga


65
va vazifasiga bog‘liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam hara-
katli va murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni kiritilishi tavsiya
qilinadi, bu o‘quvchilarning diqqatini jamlashga («Guruh,
tik tur!», «Og‘ma tayoq») yordam beradi, bular o‘rtacha
harakatdagi o‘yinlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi
harakterdagi mashqlardir («Òaqiqlangan harakat»). Darsni
asosiy qismda tez yugurish, chap berish yoki aldab o‘tish,
chidamlilik, to‘siqni oshib o‘tish, har xil sakrashlar, qarshilik
ko‘rsatish, kurash, qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almaydigan ni-
shonga uloqtirish bilan bajariladigan harakatli o‘yinlardan
foydalaniladi.
Darsning yakuniy qismida o‘rtacha kam harakatchanlikka
oid o‘yinlar o‘tkaziladi, u murakkab bo‘lmagan o‘yin qoida-
lari bilan diqqatni jamlash uchun o‘tkaziladigan o‘yinlar,
darsni asosiy qismdagi tezlik bilan beriladigan yuklamadan
keyin faol dam olishga yordam beradi («Kim keldi», «Guruh,
tik tur!»).
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish
metodikasining o‘ziga xosligi darsning zichligiga to‘g‘ri
keladiganlarini saqlab qolish zarurligi va qisqa muddatlilik
bilan bog‘liqdir.
Vaqtdan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishda va
o‘yinni o‘tkazish metodikasini to‘g‘ri tanlash esa darsda zarur
bo‘lgan motor zichlikka erishiladi. Shunga erishish uchun
barcha o‘yinda qatnashuvchi o‘yinchilar taxminan bir xil
yuklama oladilar. O‘yinda shu bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
shug‘ullanuvchilarning faol qatnashishlari uchun teng sharoit
yaratib berishga harakat qilish kerak. Odatda, harakatli
o‘yinlar frontal metod bilan o‘tkaziladi. O‘yin qatnash-
chilarining barchasi 2–3 guruhlarga bo‘linadilar va har bir
guruhda bitta o‘yin o‘zi mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
O‘yinda guruhga oid usul ham qo‘llaniladi. Rahbar
o‘yinchilarni ikki guruhga bo‘lib, ularga har xil o‘yinlar
beradi. Odatda, 6–8-sinflarda guruhga oid usuldan turli-
tuman ta’limiy vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Masalan, qiz bolalarga «O‘yinboshiga to‘p berma» o‘yini
(basketbol o‘yiniga tayyorlash uchun), o‘g‘il bolalarga «Ayla-
nadan tashqarida» (futbol o‘yiniga tayyorlaydigan) o‘yinni
taklif qilishadi.
5 – Xo‘jayev, P.


66
O‘g‘il bolalarga chidamlilik va kuchni rivojlantirishni
tarbiyalaydigan, qizlarga esa koordinatsion qobiliyatni tar-
biyalaydigan o‘yin beriladi. O‘yinga ma’lum vaqtni belgilash
shartdir. Chunki o‘ynovchilarning charchashi, o‘yinni yetarli
darajada o‘zlashtirilmaganligi va boshqa sabablar bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Darsda o‘tkaziladigan o‘yin o‘quvchilarni sog‘lomlashti-
rishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘yinlar
imkon qadar maydonchada o‘tkazilgani ma’qul. Agar o‘yin
bino ichida o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda ijobiy ta’sir ko‘rsa-
tadigan gigiyenik sharoit yaratilishi kerak.
Òibbiy ko‘rikdan keyin asosiy guruhga kiritilgan bolalar
sinf uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturda berilgan
barcha harakatli o‘yinlarda qatnashishlari mumkin. Maxsus
tibbiy guruhga ajratilgan bolalar o‘yinda faol qatnashish
istaklarini bildirganliklarini hisobga olmasdan ularning hara-
katini cheklash zarur. Ularga harakat qilishni talab qilmay-
digan yoki o‘yin vaqtini qisqartirish nafsoniyatiga tegmay-
digan rollarni berish kerak. Shuningdek, ularni hakamning
yordamchisi va ochkolarni hisoblaydigan sifatida jalb qilish
mumkin. Shu bilan bir vaqtda zaif bolalarning salomatligini
mustahkamlash uchun ularni kuchlari yetadigan o‘yinlarga
jalb qilish kerak.
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar o‘quv yili-
ning har bir choragiga o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan
vazifalarni hisobga olgan holda butun o‘quv yili bo‘yicha
rejalashtiradi.
Rejalashtirishda o‘quv yili bo‘yicha tuzilgan dasturda
taklif qilingan o‘yin ro‘yxatiga amal qilish kerak. O‘qituvchi
maktabda ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda o‘yin
ro‘yxatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritishi mumkin: shu-
g‘ullanuvchilarning milliy tarkibi, geografik sharoiti, tayyor-
garligiga, o‘yinda kerakli jihozlarni mavjudligiga va boshqalar.
O‘yin uchun vaqt dasturda beriladi. Biroq ishning sharoi-
tidan va o‘rgatish vazifalaridan kelib chiqqan holda ayrim
o‘zgarishlar kiritish mumkin.
O‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘yinlarni, barcha o‘quv
materialini rejalashtirishni hisobga olgan holda choraklar
bo‘yicha taqsimlab chiqish kerak. O‘zbekiston Respublikasi


67
sharoitida maktablarda o‘yinlar 1, 2 va 4-chorakda maktab
maydonchasida o‘tkaziladi, shuning uchun rejaga koptokni
uzoqqa uloqtirish, har xil masofalarga yugurish va o‘yin-
estafetalari kiritilishi mumkin.
3–4-sinflardan boshlab 1 va 4-choraklarda o‘quv
materialining asosi yengil atletika mashqlaridan tashkil
topgan bo‘lib, harakatli o‘yinlar faqat alohida yengil atleti-
ka malakalarini mustahkamlaydi va takomillashtirishga
yordam beradi. Ana shu maqsadda tez yugurish, to‘siq-
lardan oshib o‘tish, sakrash va uloqtirish bilan estafetalar
o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar ikkinchi chorakning yarmi va uchinchi
chorakda bino ichida yoki sport zalida o‘tkaziladi, shuning
uchun ko‘p joyni talab qilmaydigan o‘yinlar rejalashtiriladi.
Bu vaqtda o‘quv materiallarining asosini gimnastika
mashqlari tashkil qiladi, lekin harakat koordinatsiyasini tar-
biyalaydigan, fazoni mo‘ljalga oladigan, sezgi ritmi muvo-
zanat saqlash malakalarini rivojlantiradigan va mustah-
kamlaydigan o‘yinlarni o‘tkazish foydalidir.
Òo‘rtinchi chorak va o‘quv yilining oxirida nazorat
mashqlari o‘tkaziladi. 1–2 sinf o‘quvchilari uchun nazorat
mashqlari o‘quvchilarning uyushqoqligini, merganligini,
harakat reaksiyasi tezligini va boshqa sifat va malakalarni
namoyon qiladigan o‘yinlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
nazorat topshiriqlarini egallashga tayyorlaydigan va mashq-
lar bilan bajariladigan o‘yinlardan ham foydalanish
mumkin.
O‘yinlar davom etishi va ular vazifalariga bog‘liq bo‘lgan
holda choraklar bo‘yicha taqsimlanadi. Yangi o‘yinlarni
asosiy 1, 2–3 choraklar oxirida o‘rganib oladilar,
1-chorakning boshida o‘tgan o‘quv yilida o‘rganilgan o‘yin-
larni o‘zgartiradilar va mustahkamlaydilar, 4-chorakda esa
ushbu o‘quv yilida o‘tilgan o‘yinlar murakkablashtiriladi va
mustahkamlanadi.
Choraklar va semestrlar bo‘yicha rejalashtirilganda, xuddi
shunday darslar ham o‘yinni o‘tishi va takrorlanishi ketma-
ketligini ham nazarda tutilishi kerak. O‘quv yilining boshida
har bir sinfda ko‘proq yengil o‘yinlar o‘tkaziladi, oxirida
esa u murakkablashtiriladi.


68
O‘qituvchi o‘quv yilining oxirida o‘quv materialining
o‘zlashtirilish sifatini hisobga oladi va kelgusi o‘quv yilida
uni rejalashtirish uchun tegishli xulosalar chiqaradi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə