2016 Xarakatli 1p65. p65


O‘YIN JARAYONIDA YUKLAMANI



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
5894176c8f652

1.22. O‘YIN JARAYONIDA YUKLAMANI
ÒAQSIMLASH
Harakatli o‘yinda har bir o‘yin qatnashchisining im-
koniyatini hisobga olish juda qiyin, shuningdek, uning shu
vaqtdagi jismoniy holatini ham. Shuning uchun birdaniga
mushakni haddan tashqari taranglashtirish tavsiya qilinmay-
di, chunki u tez charchab qolishni keltirib chiqaradi, nafas
olishni sekinlashtirishni talab qiladi. Buning uchun optimal
yuklamani ta’minlash shart. Yuklamani intensiv tez borishini
dam olish bilan almashtirib borish kerak.
O‘yinni o‘tkazishga kirishishdan oldin, bolalarning kay-
fiyatini va oldingi faoliyatini hisobga olish zarur. Agar o‘yin
katta jismoniy yoki aqliy zo‘riqishdan keyin o‘tkazilsa (sinfda
nazorat ishidan keyin yoki dalada ishlash), keyin katta
zo‘riqishni talab qiladigan usullardan mustasno bo‘lgan kam
harakatli o‘yinlarni taklif qilish kerak.
Mashg‘ulotlar vaqtida intensiv o‘yin kam harakatli o‘yin
bilan almashtirib boriladi. Shuni hisobga olish kerakki,
o‘ynovchilarning jo‘shqin holati orttirilganda o‘yinda yukla-


59
ma oshadi. Biroq o‘yinga berilib ketgan o‘ynovchilar bir-
biridan oshib ketishga harakat qilib, imkoniyatlarini hisobga
olishmaydi va ko‘p kuch sarflanadi, bu esa sezgi me’yorlarini
yo‘qotadi. Bolalar o‘yinlarda tez-tez kuchlariga ortiqcha
ishonib, charchashning kelib chiqishini sezmaydilar. Shuning
uchun rahbar ularning kayfiyatiga, tayyorgarligiga, salomatlik
holatiga ishonmasligi kerak. Chunki kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarga beriladigan yuklama, kattalarga qaraganda
asta-sekin oshirib boriladi. Garchi o‘yinchilarda hali dam
olishga ehtiyoj sezilmasa ham gohida o‘yinni to‘xtatish
mumkin.
O‘yinda yuklama o‘yin qatnashchilarining umumiy
harakatchanligini oshirish yoki kamaytirish bilan taqsimlab
boriladi. Yuklamani o‘zgartirish uchun har xil metodik
usullar mavjuddir. Buni qisqa vaqtli tanaffuslarda xatoni
tahlil qilish, ochkolarni hisoblash, o‘yin qoidalarini aniqlash,
yordamchilarni tayinlash, yugurib o‘tish uchun masofani
qisqartirish, o‘yinda takrorlash sonini kamaytirish va
hokazo.
Shuning uchun ulardan foydalanishni uyushtirish mum-
kin. Ularning faolligini oshirish uchun o‘ynovchilarni guruh-
guruh bo‘lib, boshqa joyga yugurib o‘tish masofasini orttirib
boriladi va qo‘shimcha to‘siqlar bilan to‘ldirib, o‘yin qatnash-
chilarining harakatchanligini oshirish mumkin.
O‘yinboshilar uzoq vaqt davomida dam olmasdan hara-
katda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik shart. O‘yinboshilarni vaqt-
vaqti bilan hattoki ular g‘olib bo‘lolmasalar ham almashtirish
tavsiya qilinadi.
Barcha o‘ynovchilar iloji boricha taxminan bir xil
yuklama olishlari shart. Shuning uchun o‘yinda mag‘lub
bo‘lgan o‘yinchilarni (agar bu o‘yin qoidasida talab qilinsa)
faqatgina qisqa vaqtga chiqarish mumkin. Eng yaxshisi
ularni o‘yindan chiqarmaslik kerak, uning o‘rniga jarima
ochko berilgani ma’qul bo‘ladi.
Òibbiy nazorat ma’lumotlarini hisobga olgan holda,
alohida diqqat-e’tibor zaif bolalarga qaratilishi zarur. Ular
uchun yakkama-yakka yuklama berish, ya’ni qisqartirilgan
masofa va yengillashtirilgan topshiriq o‘yinda bo‘lish vaqtini
qisqartirilishi maqsadga muvofiqdir.


60
Ochiq havoda o‘tkaziladigan o‘yinni davom etishi ob-
havo sharoitiga bog‘liqdir. Ochiq havoda o‘tkaziladigan
mashg‘ulot vaqtida organizmga harakatning fiziologik ta’sir
etishi oshib boradi.
O‘yindagi yuklama o‘yin maydonchasining katta-
kichikligiga bog‘liq bo‘ladi: maydon qanchalik katta bo‘lsa,
o‘yin qatnashchilari shunchalik ko‘p yuklama oladilar.
Shunday qilib, taqsimlash o‘yin o‘tkazish sharoiti va meto-
dikasi bo‘yicha aniqlanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə