2016 Xarakatli 1p65. p65


O‘YIN JARAYONIGA RAHBARLIK QILISH



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
5894176c8f652

1.20. O‘YIN JARAYONIGA RAHBARLIK QILISH.
O‘YNOVCHILARNING XULQINI VA O‘YIN
BORISHINI KUZAÒISH
O‘yinni va o‘yin vaqtida bolalarning fe’l-atvorini va
xulqini birmuncha darajada o‘zlashtirishi uni to‘g‘ri
boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘z vaqtida tashkiliy
ravishda boshlash juda zarur. O‘yinni vaqtida boshlanmasdan
ushlab turish o‘yin qatnashchilarining o‘yin oldi holatini va
o‘yinga tayyorgarligini pasaytiradi. O‘yin qatnashchilari
jamoaning harakat qilish rejasini muhokama qilganlarida
o‘yin boshlanishini to‘xtatib qolish mumkin o‘yin shartli
(Jamoada hushtak, chapak chalganda, qo‘l yoki bayroqni
silkitganda) bo‘yicha boshlanadi. Har xil buyruqda bola-
larning harakat reaksiyasining tezligini va aniqligini rivojlan-
tirish uchun turli-tuman buyruq va signallar qo‘llash tavsiya
qilinadi. Rahbar belgilangan signal haqida bolalarga oldindan
aytib qo‘yadi, shuning uchun barcha o‘yinchilar o‘yin
mazmunini tushuntiradilar va tegishli joylarni egallaydilar.
Rahbar keyinchalik o‘yinning borishini va ayrim o‘yin-
chilarning xulqlarini kuzatib boradi va ularning harakatini
to‘g‘ri yo‘naltiradi.
Bolalarni o‘yin qoidalariga ongli ravishda rioya qilishga
o‘rgatish kerak. O‘yin qatnashchilari o‘yin qoidalarini tu-
shuntirish vaqtida bilib oladilar, lekin ularga agarda oldingi
o‘yin qoidalarini yaxshi o‘zlashtirishgan bo‘lsa ham, o‘yin
jarayoni tez-tez eslatib turilishi va to‘ldirib borilishi kerak.
Agar ko‘pchilik o‘yinchilar bir xil xatoga yo‘l qo‘yadigan
bo‘lsalar, u holda rahbar o‘yinni to‘xtatadi va o‘yinga o‘zgar-
tirishlar kiritadi.
Rahbar murakkab o‘yinlarni o‘tkazishda dastlab bolalarni
asosiy o‘yin qoidalari bilan tanishtiradi, so‘ngra o‘yinning
borishi davomida qo‘shimcha qoidalar kiritadi.


55
O‘yinni keskin buyruq, baqiriq yoki chaqiriq bilan
to‘xtatish man etiladi. Shuning uchun bolalarni hushtak
yordamida «Diqqat!» shartli signali bilan to‘xtatishga o‘r-
gatish kerak.
O‘yin jarayonida o‘yinchilarning ijobiy tashabbuskorligini
rivojlantirishga yordam berish kerak. O‘yinga shunday rah-
barlik qilish kerakki, o‘yin jarayonining o‘zi bolalarga bir
olam xursandchilik baxsh etsin. Bu imkoniyat faqat o‘yin
qatnashchilari faollik, ijodiy tashabbuskorlikni va musta-
qillikni namoyon qilganlarida bo‘lishi mumkin.
Hammadan ko‘proq o‘ynovchilar o‘zlarining ijodkorligini
shunday o‘yinlarda namoyon qiladiki, ya’ni ularga yoqadigan
o‘yinlar tez-tez namoyon bo‘ladi. Rahbar bolalarni o‘yinga
qiziqtirishi va ularni ergashtira bilishi kerak.
Buning uchun bolalarning imkoniyatlari va qiziqishlari
ularning xohishi va kayfiyatiga pedagogik jihatdan to‘g‘ri
va ularni xis-tuyg‘uga mos kelishini hisobga olgan holda
rahbarlik qiladi; ba’zi hollarda o‘zining xulqi bilan bolalarni
ergashtirib, o‘yinda qatnashadi. Rahbar shu bilan bir vaqtda,
o‘yinga qiziqib ketmasdan, balki o‘zining pedagogik vazi-
fasini ham esda tutishi kerak. U o‘yinda qatnashishi bilan
birga, nafaqat o‘yinchilarda qiziqishni orttiradi va ayrim
vaqtlarda ularga alohida usulni, ayrim taktik kom-
binatsiyalardan dadil va yaxshilab foydalanishni ham ko‘r-
satadi.
Agar rahbar o‘yinda qatnashmaydigan bo‘lsa, o‘yinni
kuzatish vaqtida, o‘yin qatnashchilari bilan yutuq va
kamchiliklarini birgalikda ko‘rib chiqadi.
O‘yinchilar topshirilgan vazifa va qoidalarni vijdonan
bajarishgandagina ongli intizomga erishish mumkin. Ongli,
intizomli o‘yin juda yaxshi o‘zlashtirishga va uning qatnash-
chilariga yaxshi kayfiyat bag‘ishlashga yordam beradi. Na-
tijada o‘yin yana ham ko‘proq qiziqarli bo‘lib boradi. Bo-
lalarda o‘yinda o‘zini tutishni ongli munosabatda bo‘lishini
tarbiyalaydi, o‘rtoqlarini mardonavor harakat qilishiga
yo‘naltiradi: «O‘rtog‘ingni qutqar!», «Orqada qolayotganlarga
yordam ber!», «O‘zingning o‘rtoqlaring bilan maqsadga
erish!», «O‘zingga berilgan vazifani oxirigacha bajar, bo‘lmasa
jamoang mag‘lub bo‘ladi!». Ayniqsa ko‘proq diqqat-e’tiborni


56
bolalarning jamoada o‘ynashiga odat bo‘lgan o‘yinlarga
qaratish kerak.
O‘yin jarayonida o‘ynovchilarning kayfiyatini hisobga
olish juda zarur bo‘ladi. Agar o‘yin ma’qul bo‘lmagan bo‘lsa
va uni qanday sabablarga ko‘ra yoqmaganligini hisobga olish
kerak: juda ham sodda yoki aksincha bo‘lish mumkin.
Bunday holatlarda o‘yin qoidalarini almashtirish (murakkab-
lashtirish va soddalashtirish), boshqa iloji topilmay qolganda,
o‘yinni qisqartirish kerak.
Rahbar o‘yinning eng ko‘proq havfli onlarini (murakkab
to‘siqlar ustidan sakrab o‘tish, balandlikdan pastga sakrash,
devor, asbob-anjomlar atrofida yugurish) hisobga olishi zarur
va har doim muhofaza qilishga tayyor bo‘lish kerak. Bunda
o‘yinda qatnashmayotgan bolalarni jalb qilish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Muhimi shuki, o‘yin shug‘ullanuvchilarning xulqi va
kayfiyatini asab sistemasiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan
ijobiy hissiyotni keltirib chiqaradi. Lekin o‘yinda ma’qul
bo‘lmagan sifatlarni tarbiyalashga yordam beradigan, salbiy
hissiyotni kelib chiqishidan (xafa bo‘lish, jahl chiqish,
qo‘rqish) qochish kerak. Shuningdek, o‘yindagi o‘zaro
munosabatini va ortiqcha asabiylashishlarni tartibga solish,
ortiqcha asabiylashishdan xoli bo‘lishi zarur.
O‘yinda ayrim holatlarda rahbar o‘yinni tushunib
bo‘lmaydigan qilib gapirib berganda tartib buzilishi mumkin.
Bunday holatda tezda o‘yin qoidalarini qo‘shimcha ravishda
tushuntirish kerak.
Shuningdek, intizom o‘yinchilar jamoalarga noto‘g‘ri
bo‘linganda yoki o‘yinboshilarni noto‘g‘ri tanlash natijasida
buzilishi mumkin. Bolalar to‘polon qilib uning jahlini
chiqaradi. Jamoalar noto‘g‘ri bo‘linganda (biri ikkinchisidan
kuchli bo‘lganda) o‘yin vaqtida bo‘sh bo‘lgan jamoada o‘yin
qatnashchilari ko‘proq e’tiroz bildirishadi.
Agar o‘yinchilarning soni teng bo‘lmaganda jamoalarda,
rahbar yaxshi e’tibor bermasa, bundan ham yomon bo‘lishi
mumkin. Uni sezib, yomon ko‘rib qolganda kechiktirmasdan
xatoni to‘g‘rilashi kerak.
O‘yinda ko‘proq o‘zini tuta bilmaydigan o‘yinchilar inti-
zomni buzadilar. Ular bilan alohida, yakkama-yakka holda


57
tarbiyaviy ishlarni olib borish zarur: o‘yin boshiga hakamlikka
oid mas’ul rollarni yuklash mumkin, ayrim hollarda uning
teskarisi bo‘ladi, ya’ni o‘yindan chetlashtiriladi. O‘yin
jarayonida muhim umumiy qiziqishlariga ega bo‘lgan o‘yin
qatnashchilarini bir butun jamoaga birlashtiriladi.
A.S. Makarenkoning o‘g‘il va qiz bolalarni o‘zining
shaxsiy muvaffaqiyati bilangina emas, balki ayniqsa o‘z
jamoasi yoki jamoasining muvaffaqiyatlari bilan faxrlanish
ruhida tarbiyalash zarurligi haqida aytgan gaplarini hech
qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday
maqtanchoqlikning oldini olish, raqib kuchini hurmat
qilishni tarbiyalash, ularning e’tiborini uyushqoqlikka, mashq
qilishga va jamoada intizom bo‘lishi kerakligiga jalb qilish
lozim.
Nihoyat, bolalarning o‘z muvaffaqiyatlari va mag‘lu-
biyatlariga jiddiy munosabatda bo‘lishlariga erishish kerak.
O‘ynovchilar o‘rtasida sog‘lom o‘rtoqlik munosabatlari
bo‘lishi shart. O‘yin g‘oliblarini manmanlikka berilib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik zurur va bu esa mag‘lubiyatga uchraganlarni
o‘yinga bo‘lgan qiziqishini susaytirishga olib keladi.
O‘ynovchilarning o‘zaro harakati o‘rtoqlik va do‘stlik asosida
tashkil qilinganligini his qilishlari shart.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə