2016 Xarakatli 1p65. p65


SARDORLARNI ÒAYINLASH BO‘YICHA



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124
5894176c8f652

1.17. SARDORLARNI ÒAYINLASH BO‘YICHA
BO‘LISH USULI
Bolalar ikkita sardorni saylaydilar, ular navbat bilan o‘z
jamoalariga o‘yinchilarni tanlab oladilar. Bu usul yetarli
darajada tez bo‘ladi va jamoalar kuch jihatidan teng bo‘ladi.
Ushbu usulning salbiy tomoni shundan iboratki, sardorlar
bo‘sh, jismonan ojiz o‘yinchilarni olmaslikka harakat qila-
dilar, bu esa o‘yinchilar orasida tez-tez arazlash va janjal-
lashishga olib keladi. Bu holat kelib chiqmasligi uchun tanlab
olish oxirigacha olib borilmaydi va qolganlarini sanash yo‘li
bilan bo‘lish tavsiya qilinadi.
Sardorlarni tayinlash usuli faqatgina katta maktab yoshi-
dagi o‘quvchilar bilan o‘tqaziladi, chunki o‘yinchilar ular-
ning kuchlarini to‘g‘ri baholashni biladilar.
Doimiy jamoalar ham bo‘lishi mumkin, shu bilan birga
nafaqat sport o‘yinlari uchun, balki murakkab harakatli
o‘yinlar, o‘yin estafetalaridan ayniqsa sinflar, maktablar, shu-
ningdek, shaharlararo musobaqalar o‘tkaziladi. Jamoalarning
doimiy tarkibi «Quvnoq startlar», «Shunqorlar» va boshqa
o‘yinlarda bo‘ladi, chunki ularni musobaqalarga tayyorlash
kerak.
1.18. JAMOA SARDORLARINI SAYLASH
Jamoaga oid o‘yinlarni tashkil etishda sardorlarni yoki
jamoaning boshliqlariga (komandir) muhim rol beriladi, ular
o‘z navbatida barcha jamoani to‘liq va ayrim o‘yinchilarning
xulq-atvoriga javob beradilar. Sardorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri
rahbarning yordamchilari hisoblanadi. Ular o‘yin qatnash-
chilarini tashkil qiladi va joylashtiradilar, ularni kuchlari
bo‘yicha taqsimlaydi hamda o‘yin jarayonida o‘yinchilarning
intizomiga javob beradi.
Sardorlar o‘yinchilarni o‘zlari tanlab oladilar yoki rahbar
tanlaydi. Sardorni o‘ynovchilarning o‘zlari saylashsa, bir-
birini yaxshi fazilatlari, xulqlari bo‘yicha baholashga o‘rga-
nadilar va o‘zlarining o‘rtoqlariga ishonch bildiradilar, ularda
yuqori darajadagi javobgarlik his-tuyg‘usini uyg‘otadi. Agar
o‘ynovchilar yetarli darajada tashkil etilmagan yoki bir-


53
birlarini yaxshi bilmasalar, unda sardorlarning o‘zi tayin-
laydi. Rahbar ayrim paytlarda lavozimga (tarbiyalash
maqsadida) passiv yoki yengiltak, o‘zlarini tuta bilmaydigan
o‘yinchilardan saylaydi, shu bilan birga ularda zarur bo‘lgan
fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Sardorlar, odatda, jamoalar tuzilgandan keyin saylanadi
yoki tayinlanadi. Faqat jamoalarni bo‘lishda sardorlarni
saylash va tayinlash yo‘li bilan oldindan saylanadi. Doimiy
jamoalarda sardorlar vaqti-vaqti bilan qayta saylanadilar.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə