2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
5894176c8f652

1.15. O‘YINLARNI ÒASHKIL EÒISH.
O‘YINCHILARNI JOYLASHÒIRISH VA O‘YINNI
ÒUSHUNÒIRISHDA RAHBARNING O‘RNI
O‘yinni tushuntirishdan oldin, o‘yin qatnashchilarini
shunday joylashtirish kerakki, ular rahbarni yaxshi ko‘rishlari
va uni so‘zlab berishini eshitishlari kerak. Eng yaxshisi
o‘ynovchilarni dastlabki holatga turg‘izishlari kerak, chunki
shu holatda ular o‘yinni boshlaydilar.
Agar o‘yinni boshlash uchun o‘yin qatnashchilari doirada
tursalar, rahbar o‘yinni tushuntirish uchun o‘ynovchilar ora-
sida turadi. Ko‘p sonli o‘ynovchilar qatnashadigan ommaviy
o‘yinlarda u 1–2 qadam tashlab doira o‘rtasiga turib oladi.
Doira markazida turish mumkin emas, chunki o‘ynov-
chilarning rahbarning yarmi orqasida turib qoladilar. Agar
o‘ynovchilar ikki jamoaga bo‘linib, biri ikkinchisiga nisbatan
katta masofada qarama-qarshi saf tortib turgan bo‘lsa («Oq
terakmi, ko‘k terak», «Nomerlarni chaqirish», «Ikki qo‘lda
to‘p uzatish»), bularni bir-birlariga tushuntirish uchun jamoa-
larni yaqinlashtirish kerak, so‘ngra ularni «uylar» chegara-
sigacha olib boriladi. Rahbar bunday holatda o‘yinni
tushuntirish paytida, o‘ynovchilarning orasida maydoncha
o‘rtasida yon tomondagi chegarasida turadi u goh u ja-
moaga, goh bu jamoaga murojaat qiladi. Agar o‘yin harakat
bilan sochilib bajarilsa («Quvlashmachoq»), unda o‘y-
novchilarni safga turg‘izadi, ular kam bo‘lsa o‘zlari oldida
guruhlarga bo‘ladi, chunki ularning barchasi rahbarni yaxshi
ko‘rishlari va eshitishlari kerak. O‘yinni tushuntirish vaqtida
bolalarning yuzini quyoshga yoki oynaga qaratib qo‘ymaslik
kerak.
Rahbar barcha o‘yin qatnashchilarini birdek ko‘rish va
ularning xulq-atvorini nazorat qilish uchun ko‘rinarli joyda
yon tomonida yoki yorug‘likka yuzi bilan turishi kerak.
1.16. O‘YINNI ÒUSHUNÒIRISH
O‘yinning yutug‘i, ma’lum me’yorda uni tushuntirishga
bog‘liq bo‘ladi. Rahbar gapirib berishga kirishdan oldin, o‘zi
o‘yin to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi shart.


48
So‘zlab berish qisqa va lo‘nda bo‘lishi kerak: uzoq vaqt
davomida tushuntirish o‘yinni o‘zlashtirishga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Kichik sinflarda o‘tkaziladigan o‘yinlarni maroqli
shaklda tushuntirish mumkin.
Tushuntirib berish mantiqan to‘g‘ri va ketma-ket bo‘lishi
shart. O‘yinni quyidagi reja asosida ifoda etish tavsiya
qilinadi:
1) o‘yinning nomi;
2) o‘ynovchilarning roli va joylashgan joyi;
3) o‘yinning borishi;
4) maqsad;
5) uning qonun-qoidalari.
Muallif o‘yinning borishi haqida, shak-shubhasiz, o‘yin
qoidalari haqida gapiradi, lekin hikoyaning oxirida ularga
yana bir marta to‘xtalib o‘tadi, chunki bolalar uni yaxshilab
esda saqlab qolishlari kerak.
Hikoya qilish bir ohangda bo‘lmasligi kerak. O‘yinni
bosiq ovozda tushuntirish kerak, ayrim hollarda ovozni
ko‘tarib yoki pasaytirib vaziyatdagi mazmuniga o‘quvchi-
larning e’tiborini qaratish zarur.
Hikoya qilish vaqtida murakkab atamalarni qo‘llash
mumkin emas. Yangi tushuncha va so‘zlarni tushuntirib
berish kerak.
O‘yinni yaxshilab o‘rganib olish uchun hikoya qilib
berishni ko‘rsatish bilan birga qo‘shib olib borish tavsiya
qilinadi. U to‘liq (o‘yinning ko‘proq murakkab momentlarini
rahbar yoki o‘quvchilarning o‘zlari xuddi o‘ziday qilib
qaytaradilar) yoki to‘liq bo‘lmasligi (o‘yinning ayrim mo-
mentlarini imo-ishora va alohida harakatlar bilan tushun-
tiradi) mumkin.
Òushuntirishda albatta o‘quvchilarning kayfiyati hisobga
olinadi. Shuni yodda tutish kerakki, ya’ni ularning diqqati
bo‘linganda rahbar tushuntirishni qisqartirishi yoki o‘quv-
chilarni dastlabki holatga joylashtirishi kerak. Agar rahbar
o‘yin qatnashchilariga hikoya qilib bergandan keyin ular
savollar beradi, barcha o‘yinchilarga murojaat qilib, baland
ovozda ularga javob berishi kerak.
O‘yinni birinchi marta o‘ynaganlarida uning mazmunini
batafsil tushuntirish kerak. O‘yinni takrorlaganda faqatgina


49
asosiy mazmunini eslatadi. O‘yinni xotirada tiklash uchun
eng yaxshi usul o‘quvchilarning o‘zlarini jalb qilishdir.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə