2016 Xarakatli 1p65. p65


«ÒO‘P ORÒIDAN YUGURISH» O‘YINI



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124
5894176c8f652

«ÒO‘P ORÒIDAN YUGURISH» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
O‘yinchilar teng ikki jamoaga
bo‘linadilar va maydonchaning bir tomonida saf tortadilar
hamda har bir jamoa tartib bilan sanaydi. Jamoalar oldidan
start chizig‘i chiziladi. Rahbar qo‘lida to‘p bilan jamoalar
o‘rtasida turadi.
O‘yin tavsifi. 
Rahbar istagan raqamni chaqirib, to‘pni
iloji boricha uzoqqa otadi. Shu raqamdagi o‘yinchilar, to‘p
ortidan yuguradilar. Birinchi bo‘lib qo‘lini to‘pga tekkizgan
o‘yinchi jamoasiga ochko keltiradi. Shundan so‘ng to‘p
rahbarga qaytarilib, u yangi raqamni chaqirib, yana to‘p
otadi. O‘yin belgilangan vaqt davom etadi. Ko‘p ochko
to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.
O‘yin qoidasi. 
1. Yugurishni (kelishilgan holda) yuqori
yoki past startdan boshlash mumkin. 2. Agar ikki o‘yinchi
to‘pga bir vaqtda tegsa, har bir jamoaga bittadan ochko
beriladi.
«HUJUM» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
O‘yinchilar ikki teng jamoaga
bo‘linib, maydonchaning qarama-qarshi tomonidagi old
chiziq ortida markazga qarab turadilar.
O‘yin tavsifi. 
O‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha bir jamoa
o‘yinchilari yuqori yoki pastda, ikkinchi jamoa o‘yinchilari
qo‘l ushlashib, safni to‘g‘rilab, oldinga yuradilar. Startda
turganlarga ikki uch qadam qolganida o‘qituvchi hushtak
chaladi. «Hujumchilar» qo‘llarini qo‘yib yuborib, o‘z «uy»lari
ortidagi chiziq tomon yuguradilar. Boshqa jamoa o‘yin-
chilari ularni quvib yetishga harakat qiladilar. Ushlaganlar
hisoblab chiqilgach, boshqa jamoa «hujum» boshlaydi. Uri-
nish uch-to‘rt marotaba bajarilgach, umumiy tutilganlar soni
12 – Xo‘jayev, P.


178
hisoblab chiqiladi va eng yaxshi yuguruvchilar e’lon qi-
linadi.
O‘yin qoidasi. 
1. Signal berilmay turib, harakatni boshlash
taqiqlanadi. 2. Har bir o‘yinchi qarama-qarshi jamoaning
xohlagan o‘yinchisining faqat «uy» chizig‘iga qadar «tutib
olishi» mumkin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə