2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
5894176c8f652

«JOY ALMASHISH» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. O‘yinchilar o‘qituvchi signali
bo‘yicha chuqurroq o‘tirgan holatdan, sakrab oldinga
harakatlanib, qarama-qarshi tomondagi «uy» chizig‘ini kesib
o‘tishga intiladilar. Sakrashni birinchi bo‘lib tugatib, qarama-
qarshi chizig‘i orqasida yig‘ilgan jamoa o‘yinchilari g‘olab
chiqadi. So‘ngra orqa yoki teskari tomonga sakrashni
boshlaydilar.
Biroq, «uy» chizig‘ini oxirgi bo‘lib bosib o‘tgan o‘yinchi
kelguncha davom etadi. Maydondagi o‘yinchilar soniga
qarab, g‘olib jamoani aniqlash mumkin. Maydonda ko‘p
o‘yinchi saqlab qolgan jamoa yetakchi hisoblanadi. Mu-
sobaqani davom ettirib, eng yaxshi sakrovchini aniqlash ham
mumkin.
Eslatma
. O‘yinga yadro uloqtiruvchilar uchun mashqlar
kiritish yoki qo‘shish ham mumkin. Bunday holda
o‘yinchilar tayanib yotgan holda qo‘llar bilan yoki orqada
tayanib turgan holda qo‘l va oyoqlar bilan harakatlanadilar.
Harakatlanish qoidasini buzgan o‘yinchi o‘yindan chet-
latiladi.
«KIM BALAND SAKRAYDI?» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
Ikkala jamoa o‘yinchilari uchun
balandlikda planka o‘rnatiladi.
O‘yin tavsifi. 
Dastlab bir jamoa so‘ng boshqa jamoa
o‘yinchilari oldinma-keyin sakraydilar. Agar birinchi im-
koniyatda (jami ikkita) o‘yin qatnashchisi planka ustidan
oshib o‘tsa, u musobaqani keyinga balandlikdan mu-
sobaqalashishni davom ettiradi. Ikkinchi imkoniyatda ham
balandlikni ishg‘ol eta olmagan o‘yinchi musobaqadan chi-
qadi.


180
O‘yin qoidasi. 
1. O‘qituvchi o‘yinchilarga to‘g‘ri sakra-
ganligi uchun ochko beradi. 2. Bu ko‘rsatkich ular ko‘rsatgan
natijalariga qo‘shib hisoblanadi.
«CHAMBARAK BILAN YUGURISH» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
O‘yinchilar ikki jamoaga teng
bo‘linib, bir-biriga parallel ikkita bir qatorda saflanib
turadilar. Qatorlar bir-biridan 3–4 qadam narida turadi.
Qatorlar oldidan start chizig‘i o‘tkaziladi. Start chizig‘idan
25–30 m uzunlikda kengligini 50 sm qilib ikkita to‘g‘ri chiziq
chiziladi. Yo‘llar har biri 1 m dan chiziq bilan belgilab
qo‘yiladi. Birinchi nomerli o‘yinchilar start chizig‘ida
chambarak ushlab turadilar.
O‘yin tavsifi. 
O‘qituvchining «mumkin!» degan signalidan
keyin oldingi kaleta tayoqcha bilan chambarakka urib
yo‘lakchadan chetga chiqmasdan uni dumalatib yuguradi.
Qancha metrga chambarakni o‘z yo‘lidan chiqarmay, xatoga
yo‘l qo‘ymasdan olib borgan o‘yinchiga shuncha ochko
beriladi. So‘ng chambarakni keyingi o‘yinchisiga beradi va
hokazo. Qaysi jamoa ko‘p ochko to‘plasa, o‘sha jamoa g‘olib
chiqadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə