83
11-rasm.
«Sakrash elementlari bilan estafeta» o‘yini
sakrab-sakrab polizga kiradi, o‘tlarni,
mevalarni uzib yegan-
day bo‘ladi va qaytib chiqadi. Qorovul (o‘yinboshi) ularni
qo‘qqisdan ushlashga kirishadi. Poliz ichida qo‘l tekkizilgan
«quyonlar» ushlangan hisoblanadi. 3–4
quyon ushlangandan
so‘ng, boshqa onaboshi saylanadi. Bir marta ham qo‘lga
tushmagan o‘yinchilar g‘olib hisoblanadi.
«Petnachi» o‘yini
(bir oyoqda sakrash) (13-rasm). «Pet-
nachi» – bitta onaboshi saylanadi, qolgan o‘yinchilarning
hammasi maydon bo‘ylab turadi. «Petnachi»
bir oyoqda
sakrab o‘yinchilarni quvib yetishga harakat qiladi, o‘yinchilar
ham
bir oyoqda sakrab, unga chap beradilar. «Petnachi»
12-rasm.
«Quyonlar polizda» o‘yini
.
84
14-rasm.
«Kartoshka ekish» o‘yini.
13-rasm.
«Petnachi» o‘yini
(bir oyoqda sakrash).
o‘yinchilarni yugurib ushlashi mumkin emas, o‘yinchi esa
«petnachi»dan sakramasdan qochishi mumkin.
«Kartoshka ekish» o‘yini
(14-rasm). O‘yinchilar 3–4
jamoaga bo‘linib bir qatordan bo‘lib,
alohida-alohida
qatorlarga saflanadi (start chizig‘i orqasida). Qatorlardagi
birinchi o‘yinchilar 5–10
dona kartoshka solib olingan
qopchiq ushlab turadi. Start chizig‘idan 20–30 m narida
har bir qator ro‘parasida 5 tadan aylana chizilgan bo‘ladi.
O‘qituvchining signali bilan har bir o‘yinchi
belgilangan
aylanalarga yugurib borib,
har bir qopchiqni navbatdagi
o‘yinchiga beradi, o‘zi esa qatorning oxiriga borib turadi.