87
chizig‘idan finish chizig‘igacha bo‘lgan masofa 10–12 m
bo‘ladi) bir oyoqda sakrab
kelib kim tez yetib borishga
musobaqalashadi. O‘qituvchi g‘olib chiqqanlarni,
shuning-
dek, 2–3 o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantiradi. So‘ng boshqa
o‘yichilarni startga chaqiradi.
Jamoadan oldin sakrashga
ruxsat etilmaydi. Yonidagi safda sakrab ketayotganlarga
xalaqit berish mumkin emas.
«O‘yinboshiga to‘p berish» o‘yini.
O‘quvchilar qo‘l
ushlashib aylana hosil qilib turadilar. Qo‘llarini qo‘yib
yuborib, ikki qadam orqaga yuradilar. Aylananing o‘rtasida
boshqaruvchi turadi. O‘yinchilardan birining qo‘lida
voleybol
to‘pi bo‘ladi. Signal berilishi bilan o‘yinchilar to‘pni
boshqaruvchi olib qo‘ymaydigan qilib bir-birlariga oshira-
dilar. Boshqaruvchi esa to‘pga qo‘l tegizishga harakat qiladi.
Agar u to‘pga qo‘l
tekkiza olsa, aybdor o‘yinchi bilan o‘rin
almashadi. Boshqaruvchi uzoq vaqtgacha to‘pga qo‘l tekkiza
olmasa, uning o‘rniga ikkinchi
boshqaruvchi tekkizishi mum-
kin. Aylanadigan o‘yinchilar soni 10–12 kishidan oshmasligi
kerak. O‘yinchilar ko‘p bo‘lsa, bir
necha aylanalar hosil qilib
turish kerak.
«Sinf, rostlan!» o‘yini.
O‘quvchilar oralarini ochib, bitta
qatorga saflanadilar. O‘qituvchi «sinf» so‘zini qo‘llasa,
hamma o‘quvchilar mashqni
bajarishlari lozimligini, agar
«sinf» so‘zi aytilmasa, mashqni bajarmaslik
kerakligini uqti-
radi. Masalan, o‘qituvchi sinf, qo‘llarni yuqoriga ko‘taring»
desa hamma shu mashqni bajaradi. Keyingi jamoada,
o‘qituvchi «sinf» so‘zini aytmasdan «oyoqni tushiring» dey-
di. Kimki bu signalni bajarib qo‘ysa
yoki uni bajarishga
harakat qilsa, u xatoga yo‘l qo‘ygan deb, davrani tark etadi.
Oldinga eng ko‘p qadam qo‘ygan o‘quvchilar yengilgan
hisoblanadi. O‘yin tugaguncha o‘z o‘rnida qolgan o‘quv-
chilar eng faol o‘yinchilar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: