90
19-rasm.
«Ikki ayoz» o‘yini.
Uy
«Quyonlar, qorovul va ovchi» o‘yini.
Maydonchaning bir
tomoniga to‘rtta kvadrat –
quyon uyasi, qarama-qarshi
tomonda esa yarimaylana – qorovulxona chiziladi. Chiziq-
ning shu tomonida poliz ajratiladi. Maydonchaning o‘rtasi-
dan 25–30 sm balandlikda arqon-devor tortiladi. Òo‘rt
guruhga bo‘lingan quyonlar to‘rtta
kvadrat uyalarda joylasha-
dilar, qorovulxonada esa boshqaruvchilar – qorovul va ovchi
turadi.
O‘qituvchi signal berishi bilan «quyonlar» o‘z uyalaridan
chiqib,
devordan oshib, polizga yopiriladilar. O‘qituvchining
ishorasi bilan qorovul uch marta chapak chaladi – «o‘q
otadi». O‘q otilgandan so‘ng qorovul bilan ovchi birgalikda
«quyonlar»ni uyalarigacha quvlab boradilar. Qo‘lga tushgan-
lar
sanab chiqilgach, «quyonlar» o‘z uyalariga, qorovul va
ovchi esa qorovulxonaga qaytadi.
Shundan keyin boshqa-
ruvchilar almashtirilib, o‘yin davom ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: