94
jamoaga 5 ochko, yerga urilgandan keyin ilib olingan to‘p
uchun 2 ochko beriladi. O‘yin bir necha marta takrorlanadi.
«Òulki bilan na’matak» o‘yini.
O‘quvchilar
ikki jamoaga
bo‘linadilar. Birinchi jamoa o‘yinchilari – «na’mataklar»
ko‘zlarini yumib, qo‘llarini yon tomonga uzatgan holda
ikkinchi jamoaga orqalarini o‘girib zalning o‘rtasidagi
chiziq-
qa turadilar. Ikkinchi jamoa o‘yinchilari – «tulkilar» esa
chiziqning tashqarisida, zalning bir tomonida turadilar.
«Òulkilar» zalning narigi tomoniga «na’matak» tikanlariga
tegib ketmaslik uchun ovoz chiqarmasdan sekingina o‘tish-
lari kerak. «Na’matak»ka tegib o‘tgan «tulki»
zalning bir
chekkasiga chizilgan doiraga – g‘orga kirib ketadi. So‘ngra
o‘yinchilar o‘z o‘rinlarini almashtiradilar. Qaysi jamoa o‘yin-
chilari zalning narigi tomoniga tinch va ehtiyotkorlik bilan
o‘tsa, shu jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: