100
Uning vazifasi shundan iboratki, turli-tuman o‘yin
vaziyatlarida o‘quvchilarni harakat qilishga o‘rgatish ko‘proq
maqsadga muvofiq bo‘ladi va turli-tuman sport turlari bilan
shug‘ullanganda egallagan malakalarni
mustahkamlaydi va
takomillashtiradi.
Kasb-hunar kollejlarida harakatli o‘yinlar yorqin ifoda
qilingan yordamchi xarakterdadir. O‘quvchilar kutilmaganda
o‘yin sharoitida ijod qilingan
yoki egallagan malakasini
to‘g‘ri qo‘llashga odatlanadi.
O‘quvchilarning sport o‘yinlariga bo‘lgan katta qiziqishni
hisobga olingan holda, shug‘ullanuvchilar sonining ko‘pligi
sababli jismoniy tarbiya darsida o‘tkazish qiyin,
shuning
uchun sport o‘yinlariga yaqin bo‘lgani sababli sinfning
barchasiga harakatli o‘yinlarni tavsiya qilish mumkin.
Muhimi, bu o‘yindagi texnika va taktikasi sport o‘yinlaridek
bir xil bo‘lishi kerak. Bundaylarga quyidagi o‘yinlarni kiritish
mumkin: «Òo‘p sardorga», «Òo‘p uchun kurash» (basketbol
o‘yiniga tayyorlovchi), «Voleybolchining to‘p uzatishi»,
«Òo‘pni uzatdingmi o‘tir» voleybol
elementlari bilan estafeta,
(voleybol o‘yiniga tayyorlaydigan) «Doirada oyoq bilan to‘p
tepish», «Raqibning himoyachilari o‘rtasida» (futbol o‘yiniga
tayyorlaydigan) va boshqalar.
2.5. BASKEÒBOL O‘YINIDA FIKRLASHNI
RIVOJLANÒIRISH
O‘smirlar o‘yin maydonida fikr yuritishi, o‘ylashi,
mulohaza qilishi, ko‘ra bilishi
nafaqat sheriklari xatti-
harakatini, shuningdek, raqiblari xatti-harakatini ilg‘ay olish
malakasini shakllantirishda, o‘yin
taktikasi va strategiyasini
hal etishda asosiy mezon hisoblanadi.
Har qanday o‘yinda bajariladigan harakatni oldindan
ko‘ra bilish qobilyati katta ahamiyatga egadir. O‘yinchilarga
maydonda bo‘ladigan o‘zgarishlarni, yuz berishi mumkin
bo‘lgan
holatlarni aniqlash, maydonda o‘yinchini, to‘pni
ko‘rish, joyini va vaqtini oldindan aniqlash kabi elementlar
doimiy ravishda o‘rgatib boriladi.
Bu qobilyat maxsus mashqlarda takomillashtiriladi. O‘yin
jarayonida fikrlashni rivojlantirish uchun biz quyidagi maxsus
101
harakatli o‘yinlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Bunday
trenirovka modeli 8–9-sinf o‘quvchilari uchun basketbol
darslarida qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: