2020 yil bo‘yicha hududlarning raqamli rivojlanish darajasi baholanishi


Raqamlashtirish holatini yaxshi baho olgan (“yashil” ro‘yxat)



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə2/3
tarix05.10.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#125530
1   2   3
Raqamlashtirish holatini yaxshi baho olgan (“yashil” ro‘yxat) respublikaning 28 (14%)ta tuman va shaharlari joy oldi, ulardan eng yaxshi o‘ntalikka kirganlari: Navoiy, Jizzax, Namangan, Samarqand, Andijon va Farg‘ona shaharlari, shuningdek Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridir.

Raqamlashtirish holati qoniqarli baho olgan (“sariq” ro‘yxat) umumiy 59 (29%)ta tuman va shaharlar 71 balldan kam baho oldi, ular Kogon, Norin, Qo‘shko‘pir, Mirzacho‘l tumanlari va Olmaliq, Kattaqo‘rg‘on, Yangiyer, Shirin, Zarafshon, Chirchiq, Xonobod va Qo‘qon shaharlari.
Shu bilan birga “sariq” ro‘yxatdagi ba’zi tuman (shahar)lar ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha yaxshi baho olishgan, masalan, “Ijtimoyi sohani raqamlashtirish” yo‘nalishida Yangiyer, Chirchiq shaharlari va Mirzaobod, Xovast tumanlari hamda “Raqamli infratuzilma” yo‘nalishida Olmaliq, Bekobod shaharlari va Norin, Mirzachul, Qorovulbozor tumanlari 91 balldan yuqori ball to‘plagan.
Raqamlashtirish holati qoniqarsiz baho olgan (“qizil” ro‘yxat) 116 (57%)ta tuman va shaharlar 55 balldan kam baholangan.
Eng past ball to‘plagan 14 tuman 40 balldan kam baholangan, xususan, Dehqonobod, Qo‘shrabot, Chiroqchi, Forish, Qamash, Quva, Yakkabog‘, G‘uzor, G‘allaorol, Bandixon, Amudaryo, Muzrabot, O‘zbekiston va Qo‘shtepa tumanlari.
Shu bilan birga, “qizil” ro‘yxatdan ayrim tuman (shahar)lar ma’lum ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshi baho oldilar, masalan, Buloqboshi, Jalaquduq, Baliqchi, Urganch, Marxamat tumanlari “Raqamli infratuzilma” ko‘rsatkichida 82 va undan ortiq ball to‘pladi.





Hududlarni raqamli rivojlanish holatini alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilishda quyidagi natijalarni ko‘rsatdi.
Raqamli infratuzilma” yo‘nalishini baholash bo‘yicha 86 (42%)ta tuman (shahar)lar “yashil” ro‘yxatdan joy olib 71 balldan ziyod bahoni qo‘lgan kiritdi, ulardan birinchi o‘ntaligi Xiva, Farg‘ona, Zarafshon, Bekobod, va Mirzacho‘l, Uchtepa, Olmazor, Zarbdor, Norin va Shayxontoxur tumanlaridir.
Shu bilan birga 73 (36%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga, 44 (22%)ta tuman (shahar)lar esa “qizil” ro‘yxatga kiritildi (Forish, Dehqonobod, Qo‘shrabot, Qorao‘zak, Yakkabog‘, Chirchiq, Qamashi, Qo‘shtepa, Shumanay, Amudaryo va boshqa tumanlar).

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə