2021 O‘zbekiston ko‘p millatli davlat


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix03.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#125280
1   2   3   4   5   6   7   8
o-zbekiston-ko-p-millatli-davlat

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
540 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 

jamiyayatda ko„p millatli katta oila his-tuyg„usini, respublikada hududida 
ta‟minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo„l 
qo„ymaslik; 

millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan 
tashqarida fuqarolarning, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 

O„zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor 
maqsadlarini, ilg„or xorijiy tajribani e‟tiborga olgan holda millatlararo 
munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish [4].
Millataro munosabatlar sohasida davlat siyosati konsepsiyasi va uni 2019-2021 
yillarda amalga oshirish bo„yicha “Yo„l xaritasi” tasdiqlandi. Konsepsiya va “Yo„l 
xaritasi” bajarilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilib borish O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy 
mamlakatlar bilan do„stlik aloqalari qo„mitasiga topshirildi. Qo„mita tarkibida 
millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ijtimoiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy 
maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallari, axborot-tahliliy sharhlar tayyorlab 
e‟lon qilib borish uchun Millatlararo munosabatlar bo„yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar 
markazi tashkil etildi [5]. Bu ishlar bugungi kunda samarali amalga oshirilmoqda. 
XULOSA 
Mustaqillik yillarida davlat siyosatining ustuvor yo„nalishlaridan biri – jamiyatda
millatlararo totuvlikni ta‟minlash, do„stlik muhitini va ko„p millatli katta oila 
tuyg„usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashga qaratilgan keng 
miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Respublika 
Konstitutsiyasining 
barcha 
fuqarolarning 
teng 
huquqlililigi 
to„g„risidagi qoidalari hayotga tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O„zbekiston 
fuqarolarining millatidan qat‟i nazar O„zbekiston xalqini tashkil etishini, mamlakat 
hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an‟analariga hurmat bilan 
munosabatda bo„lishni, ularni rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 
Bugun kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va 
elatlarning vakillari O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida 
mustahkamlangan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli 
tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat 
qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga 
munosib hissa qo„shib kelmoqdalar.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə