2021 O‘zbekiston ko‘p millatli davlat


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix03.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#125280
1   2   3   4   5   6   7   8
o-zbekiston-ko-p-millatli-davlat

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
538 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
markaz va uning Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati va 
Toshkent shahridagi bo„linmalari umumiy maqsadga erishish yo„lida samarali 
faoliyat yuritib kelmoqdalar. 
Baynalmilal milliy markaz faoliyatidagi muhim yo„nalish umumxalq 
bayramlariga tayyorgarlik ko„rish va uni o„tkazishda faol ishtirok etishidir. Jumladan, 
respublikada o„tkaziladigan an‟anaviy 
“Mustaqillik kuni”
va 
“Navro„z”
bayramlarida o„zbeklar qatori respublikada yashayotgan barcha millat vakillari 
qatnashadilar, bu bayramlarga chuqur hurmat bilan qaraydilar mahalliy aholi ham o„z 
navbatida, ruslarning 
“Maslennitsa rojdestvo”
, tatarlarning 
“Sabanto„y”
va boshqa 
qator xalqlarning milliy bayramlarida faol ishtirok etadilar. 
Mustaqillik yillarida respublika Baynalmilal milliy markazi tomonidan amalga 
oshirilayotgan ishlarning yana bir yo„nalishi bu 1994 yildan beri har ikki yilda 
o„tkazib kelinayotgan 
“Xalq ijodiyoti”
festivalidir. Ayniqsa, bu festivalda faol 
ishtirok etib kelayotgan arman, ozarbayjon, tojik, qozoq, tatar, nemis va koreys 
xalqlarining professional va havaskorlik san‟atkorlarining chiqishlarini xalqimiz katta 
qiziqish bilan kutib olmoqdalar. Har bir milliy-madaniy markazlarning festivallari 
chinakamiga milliy bayramga, o„sha millatning keng ma‟nodagi porloq istiqbolining 
namoyishiga, ular o„zlari yashab turgan ana shu yurt, ana shu zamin taqdiri uchun 
javobgarlik hissini kuchaytirishga xizmat qilib kelmoqda. Milliy madaniy 
markazlarning yakunlovchi chiqishlari mustaqillik bayrami arafasida 20 avgust kuni 
Xalqlar do„stligi Saroyida va bayram kuni – birinchi sentyabrda o„tkaziladigan 
tantanali konsertlarda namoyish etib kelinmoqda. 
Rus milliy madaniy markazi tomonidan Rossiyaning O„zbekistondagi elchixonasi 
bilan hamkorlikda har yili buyuk rus shoirlari S. YA. Esenin va A. S. Pushkinning 
tug„ilgan kunlarini nishonlash tadbirlarining o„tkazilishi an‟anaviy tus olganligi rus 
xalqi bilan qardoshlik aloqalarimizni mustahkamlashga xizmat qilib qilmoqda. 
Toshkent shahridagi Do„stlik saroyi maydonidagi alleyada buyuk rus shoiri A. S. 
Pushkinning bor bo„y-basti bilan ishlangan muhtasham haykalining o„rnatilgani 
o„zbek va rus xalqlari qardoshligining yorqin namunasidir.
Bundan tashqari, O„zbekistonda doimiy yashab kelayotgan qozoq qardoshlarimiz 
bilan buyuk qozoq shoiri Abayning yubileyi, qirg„iz qardoshlarimiz bilan qirg„iz 
xalqining 
“Manas”
eposining 1000 yilligini keng nishonlanganligi kabi madaniy 
tadbirlarni ham qayd etish o„rinlidir.
Respublikada millatlararo munosabatlarni rivojlantirish sohasida amalga 
oshirilayotgan ijobiy ishlardan yana biri bu – aholining milliy trakibiga mos ta‟lim-
tarbiya tizimini yo„lga qo„yilganligidir. Bugungi kunda respublikamizda 845 ta 
maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə