2021 O‘zbekiston ko‘p millatli davlat


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix03.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#125280
1   2   3   4   5   6   7   8
o-zbekiston-ko-p-millatli-davlat

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
539 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg„iz tilida, 7 ta maktabda koreys tilidi 
ta‟lim berish yo„lga qo„yilganligini qayd etish zarur. Xalq ta‟limi vazirligiga 
qarashli pedagogika institutlarida o„zbek tilidan tashqari rus, tojik, turkman, qozoq, 
qoraqalpoq tillarida ham mashg„ulotlar olib boradigan maktablar uchun o„qituvchilar 
tayyorlanmoqda. Respublikamizda yashayotgan aholi milliy tarkibining rang-barang 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilayotgan ommaviy axborot vositalari 8 tilda, ya‟ni 
o„zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, ingliz, koreys tillarida chop etilib 
kelinmoqda. 12 tilda (o„zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirhiz, tojik, oxarbayjon, rus, tatar, 
boshqird, koreys, uyg„ur tillarida) teleradio eshittirishlari efirga uzatilmoqda. Bundan 
ko„rinadiki, O„zbekistonning millatlararo davlat siyosati insoniylikka, demokratiyaga 
asoslangandir [3].
MUHOKAMA 
Millatlararo munosabatlarni to„g„ri yo„lga qo„yish borasida O„zbekiston o„ziga 
xos tajriba orttirdi. Bunda faqat milliy o„zlikni anglash, milliy g„urur va iftixor 
tuyg„usini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash 
bilan cheklanmaslik, balki mamlakatdagi barcha millatlarning umumiy birdamligiga 
erishish tamoyiliga amal qilindi.
SHuni unutmaslik kerakki, qaerda millatlararo totuvlik g„oyasining ahamiyati 
anglab etilmas ekan, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi, 
ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim 
mamlakatlarida sodir bo„layotgan milliy nizolar shundan dalolat beradi. 
Millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish sohasida O„zbekiston 
Respublikasining davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirish 
maqsadida 2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan 
millatlararo munosabatlar sohasida O„zbekiston Respublikasi davlat siyosati 
konsepsiyasining asosiy yo„nalishlari etib quyidagilar belgilangan: 

millatlararo munosabatlar sohasida O„zbekiston Respublikasining davlat 
siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy 
ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu 
jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o„zaro hamkorligi mexanizmlarini 
takomillashtirish; 

millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish, respublikada yashab turgan 
turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an‟analari va urf-odatlarini saqlash 
va rivojlantirish sohasida O„zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali 
amalga oshirish uchun qo„shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish; 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə