21-Ma'ruza. Kimyoviy kinetika tushunchalari



Yüklə 117,82 Kb.
səhifə1/5
tarix14.06.2023
ölçüsü117,82 Kb.
#117157
  1   2   3   4   5
21-Ma\'ruza.


21-Ma'ruza. Kimyoviy kinetika tushunchalari.
Kimyoviy reaksiyaning tezligi va uning temperaturaga bog'liqligi. Vant-Goff va Arrenius tenglamalari.

Kimyoviy kinetika - kimyoviy reaksiyalarning tezligi va mexanizmi haqidagi fan. Uning asosiy tushunchalari. Kinetikani o’rganishning nazariy va amaliy ahamiyati. Kinetik chiziqlar va ularni tuzish usullari. Gomo va geterogen reaksiyalarga massalar ta’siri qonunini qo’llash. Differensial va integral kinetik tenglamalar.


Kimyoviy reaksiyalar tezligi. Formal kinetika. Kimyoviy kinetika – kimyoviy jarayonlarni vaqt birligida borish qonuniyatlari, ularning mexanizmlari (bosqichlari) haqidagi ta’limotdir. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga, ularning konsentratsiyasiga, haroratga, katalizatorning ishtirok etish-etmasligiga va boshqa bir qancha omillarga bog‘liqdir.

Kimyoviy kinetikani о‘zgarmas haroratda reaksiya tezligi bilan reaksiyalarning konsentratsiyasi orasidagi bog‘lanishni tekshiradigan sohasi rasmiy (formal) kinetika deyiladi.


Umuman olganda, reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining vaqt birligi ichida о‘zgarishi reaksiya tezligi deb aytiladi.
Reaksiyaga kirishayogan moddalar konsentratsiyasi vaqt о‘tishi bilan kamayib boradi. Buning natijasida reaksiyaning tezligi ham har xil vaqtda turlicha bо‘ladi. Shuning uchun xakikiy tezlik - reaksiyaga kirishuvchi modda miqdorining cheksiz kichik vaqt ichida reaksion fazo birligida о‘zgarmas cheksiz kichik miqdoriga teng bо‘ladi.
Bu ta’rif ancha umumiy bо‘lib, har qanday murakkab reaksiyaga (har qanday sharoitdagi) qо‘llash mumkin.
Agar reaksiya berk, gomogen muhitda borsa reaksion fazo о‘rniga hajm qо‘yish mumkin. (RV)
Sistema hajmi reaksiya mobaynida о‘zgarmasa, uni differensial ostiga kirgazish mumkin va S  mv ekanligini hisobga olsak, quyidagi tenglamani hosil qilamiz.
V dcdt
Boshqa tomondan reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi vaqt о‘tishi bilan kamayib boradi, reaksiya natijasida hosil bо‘layotgan moddalarning konsentratsiyasi esa, aksincha kо‘payib boradi. Reaksiya uchun dastlabki moddalar konsentratsiyasining о‘zgarishi о‘lchanganda dcdt oldiga manfiy, reaksiya mahsulotlari konsentratsiyasining о‘zgarishi о‘lchanganda esa musbat ishora qо‘yiladi. Ya’ni, V  dcdt bо‘ladi. Yuqoridagi tenglamaga qaytsak, reaksiya geterogen bо‘lsa va fazalar chegarasida borsa reaksion fazo о‘rniga yuza qо‘yiladi (RS).
Massalar ta’siri qonuni reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi ta’sirining matematik ifodasidir

Yüklə 117,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə