21-Ma'ruza. Kimyoviy kinetika tushunchalari



Yüklə 117,82 Kb.
səhifə2/5
tarix14.06.2023
ölçüsü117,82 Kb.
#117157
1   2   3   4   5
21-Ma\'ruza.

aAbB ↔cCdD
Reaksiyaning tezligi massalar ta’siri qonuniga muvofiq quyidagicha yoziladi
Vk [A]a[B]b
bu yerda k- proporsionallik koeffitsiyenti bо‘lib, reaksiyaning tezlik konstantasi deb ataladi. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyalari birga teng bо‘lsa: Vk bо‘ladi.

Demak, tezlik konstantasi (k) reaksiyaga kirishuchi moddalarning konsentratsiyalari birga teng bо‘lgandagi reaksiya tezligidir. Shuning uchun ba’zan uni solishtirma tezlik deb ham ataladi. Reaksiyalar tezligi kuzatilgan tezlik bilan emas, tezlik konstantasi bilan solishtiriladi. Tezlik konstantasining qiymati reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga, harorat va katalizatorga bog‘liq bо‘lib, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga (yoki parsial bosimga) bog‘liq emas.


Kimyoviy reaksiyalar kinetik klassifikatsiyasi
Kinetik nuqtai nazardan kimyoviy reaksiyalarning bir qancha gruppalarga bо‘lish mumkin, ya’ni ma’lum reaksiyalar orasida umumiylik borligini kо‘ramiz. Kimyoviy reaksiyalarning kinetik jihatdan sinflashni birinchi bо‘lib Vant -Goff taklif etdi. Bu sinflanishga (klassifikatsiyaga) binoan kimyoviy reaksiyalar ikki xil alomatiga kо‘ra
molekulyarligiga va tartibiga kо‘ra sinflanadi.
Reaksiyalarning molekulyarligi - bir vaqtda tо‘qnashib kimyoviy reaksiyaga kirishgan molekulalar soni bilan belgilanadi. Bu jihatdan reaksiyalar
bir molekulyar (monomolekulyar),
ikki molekulyar (bimolekulyar),
uch molekulyar va shu kabi siflarga bо‘linadi.
Amaliyotda uch va undan kо‘p molekulyar reaksiyalar juda kam uchraydi.
Oddiy reaksiyalar
Bir vaqtda bitta reaksiya borsa, oddiy reaksiyalar deyiladi. Oddiy reaksiyalar mono-, bi-, kо‘p molekulyar bо‘lishi mumkin.
Monomolekulyar reaksiyalarni sxematik ravishda quyidagicha kо‘rsatish mumkin:
A  BC..
Bu toifaga - ajralish reaksiyalari, molekulalar ichida atomlarning qayta gruppalanishi, izomerlanish reaksiyalari, radioaktiv parchalanish misol bо‘la oladi.
Umuman olganda monomolekular reaksiyalarning tezligi VkC ga teng bо‘ladi, bu yerda C reaksiyaga kirishuvchi moddaning konsentratsiyasi bо‘lib uni vaqt mobaynida kamayishini hisobga olsak va ikki
tenglamadan о‘ng tomonlarini tenglashtirsak
Bundan hosil qilinadi. Integrallasak
hosil bо‘ladi; bu yerda A- integrallash doymisi, t0 bо‘lganda A-ℓnCo; bu yerda Co- olingan moddaning dastlabki konsentratsiyasi bо‘lib, C esa t vaqtagi konsentratsiyadir. A ning qiymatini о‘rniga qо‘ysak:

yoki kelib chiqadi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddaning miqdorini ularning konsentratsiyasi bilan emas, balki olingan mollar soni bilan ifodalasak, bir qancha о‘zgartirishlardan sо‘ng quyidagi tenglamani hosil qilish mumkin:

bu yerda a - dastlabki moddaning mollar soni; x - t vaqt ichida reaksiyaga kirishgan qismi yuqoridagidan xa(1-ye-kt)

Bimolekular reaksiyalarni sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:
AB  reaksiya mahsuloti
Reaksiya uchun A va B moddalardan a va b mol miqdorlarda olingan deb faraz qilaylik. Agar [A][B]C
; ;
Biz ifodani integralasak:


Yüklə 117,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə