23-mavzu. Uy xo‘jaliklari moliyasi Режа



Yüklə 15,99 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü15,99 Kb.
#165810
23-mavzu moliya amaliy


23-mavzu. Uy xo‘jaliklari moliyasi
Режа:

  1. Uy xo‘jaligining mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Oila byudjeti.

  2. Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibi. Uy xo‘jaliklari xarajatlarining tarkibi.

  3. Minimal iste’mol byudjetlari miqdorini belgilashda davlat kafolati. Aholi daromadlarini indeksatsiyalash.


Topshiriq
Uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga ajrating, izohlang va misol keltiring:

Quyida keltirilgan chizma asosida uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalarini yoriting:







Uy xo‘jaliklarining daromad manbaini ifodalang:

Quyida keltirilgan jadvalda aholi pul daromadlari va harajatlari balansini tuzing:

Daromadlar

Harajatlar va jamg‘armalar







Jami pul daromadlari

Jami pul harajatlari va jamg‘armalar



Harajatlarning daromadlardan oshishi

Daromadlarning harajatlardan oshishi



Balans

Balans



Quyidagi chizma orqali minimal harajatlarni hisoblash bosqichlarini yoriting:



Minimal harajatlarni hisoblash tartibini aniqlash maqsadida quyidagi savollarga javob bering:

  1. Uy xo‘jaliklari tomonidan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflangan iste’mol harajatlari qiymati real iste’mol narxlaridan kelib chiqib, respublika o‘rtacha narxlariga o‘tkaziladi. Agar uy xo‘jaligi bir oyda 5 kg kartoshka iste’mol qilsa, bunda ushbu mahsulotning respublikadagi bugungi kundagi o‘rtacha yillik narxi asosida kartoshka iste’molining oylik real narxini aniqlang.

  2. Uy xo‘jaligi jami o‘rtacha oylik iste’mol harajatlari qiymati qanday aniqlanadi?

  3. Aholi jon boshiga jami iste’mol harajatlari qiymati qanday aniqlanadi?

  4. Uy xo‘jaliklari oziq-ovqat iste’molining bir kilokaloriya qiymati qanday aniqlanadi? 5 kishidan iborat uy xo‘jaligi kunlik oziq-ovqat iste’moli uchun kuniga 11 750 kkal va mahsulot uchun 53 463 so‘m sarflangan bo‘lsa, u holda 1 kkal narxini aniqlang.

  5. Uy xo‘jaliklarida kunlik minimal oziq-ovqat harajatlarining qiymati qanday aniqlanadi? Agar bir kilokaloriya narxi 4,6 so‘m va bir kishi uchun kunlik minimal kilokaloriya 2 200 ga teng bo‘lsa, o‘rtacha oylik minimal oziq-ovqat harajatlari qiymatini aniqlang.

  6. Uy xo‘jaligida Engel koeffitsiyenti qanday hisoblanadi? Agar uy xo‘jaligining jami iste’moli tarkibida oziq-ovqat harajatlari 304 404 so‘m, jami harajatlari 439 860 so‘m bo‘lsa, u holda Engel koeffitsiyentini hisoblang.

  7. Minimal oziq-ovqat harajatlari qiymatini Engel koeffitsiyentining o‘rtacha miqdoriga bo‘lish orqali bir kishi uchun o‘rtacha oylik minimal harajatlar qiymati aniqlanadi. Masalan, tanlangan guruh bo‘yicha o‘rtacha Engel koeffitsiyenti 69 foiz, minimal oziq-ovqat harajatlari 304 404 so‘m bo‘lsa, u holda ushbu ko‘rsatkich qiymati qanday bo‘ladi?

  8. Iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarning narxlari o‘zgarishi va ularning minimal harajatlardagi ulushlari ko‘paytmasining yig‘indisi orqali minimal harajatlardagi narxlar o‘zgarishi hisoblanadi. Jumla mazmunan to‘g‘rimi?

  9. Minimal harajatlardagi narxlar o‘zgarishini o‘tgan davrdagi minimal harajatlar qiymatiga ko‘paytirish orqali qanday ko‘rsatkich aniqlanadi?

  10. Kambag‘allik darajasi qanday aniqlanadi?

Yüklə 15,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə