26-Mavzu: Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor. Guruhlar muammosi. Reja



Yüklə 28,92 Kb.
səhifə4/5
tarix08.05.2023
ölçüsü28,92 Kb.
#109021
1   2   3   4   5
26-mavzu (2)

4.Oila psixologiyasi.
Ilk o‘spirinlik yoshida inson uchun eng muhim hissiyot sevgi vujudga
keladi. U o‘rtoqlik, do‘st!ik tuyg‘ulari zamirida paydo bo‘ladi. Sevgi mazkur
yoshdagi o‘quvchilaming hissiy dunyosida mutlaqo yangi holat bo‘lib, u
o‘smirlaming shunday ichki kechinmalaridan tubdan farq qiladi. Ma’lumki,
o‘smirlarda ham mehr-muhabbat tuyg‘usi, ishqibozlik, ko‘ngil qo‘yish, qumsash
ko‘rinishlarida aks etadi. Lekin ilk o‘spirinning sevgisi chuqur, kuchli, otashin,
haqiqiy bo‘ladi. Mana shu yoshdagi o‘g‘il-qizlar sevgisi o‘zining sofligi, beg‘uborligi, ma’sumligi, iboliligi, shirin kechinmalarga boyligi bilan ajralib
turadi.
Ilk o'spirinlik davrida vujudga keladigan his-tuyg‘ulami to‘g‘ri idora etish,
yigit va qizlarga sevgi munosabatlarining naqadar nozikligini, bo‘lajak oilaning
baxti haqidagi tushunchalami to‘g‘ri anglatish yaxshi natija beradi. Yigit va
qizlaming ma’naviy olamida uchraydigan ayrim ziddiyatlami bartaraf etishda,
ulami kelajakda oilaning taqdiriga yuzaki munosabatda bo‘lmasIikka o‘rgatishda
va oila qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya muhim ahamiyatga molikdir.
Erkak va ayollaming teng huquqliligi bir-biriga sodiqligi va hokazolami
yoshlar ongiga singdirish zamr. Buning uchun o‘qituvchi o‘zbek milliy turmush
tarzidan aniq misollar keltirishi lozim. Chunonchi, xotin-qizlarga past nazar bilan
qarash huquqdagi notenglik hollarini yoshlaming ko‘z oldiga keltirish, ulami
o‘ziga o‘zi o‘t qo‘ygan, sirka ichgan, o‘zini osgan ayollaming ayanchli ahvolidan
xabardor qilish kerak.
Ilk o‘spirin yigit va qizlar erkak va ayolning munosabatlarini yotig‘i bilan
tushuntirish ota-ona, shifokor, sinf rahbari va o‘qituvchilaming muhim
vazifalaridir.
Ta’ILm tizimida ilk o‘spirinlarga o‘zlaridagi jismoniy, fiziologik va psixik
o‘zgarishlar; yigit va qizlaming o‘zaro munosabatlari shakllanishi; sevgi, oilaviy
turmush, uning maqsadi va ijtimoiy, gigienik, masalalari to‘g‘risida maxsus
bilimlar berish lozim. Tarbiyaviy soatlar, shifokor bilan suhbat, oila a’zolarining
maslahatlari kabi tadbirlarga jiddiy e’tibor berish kerak.
Ota-onalar va o‘qituvchilar ilk o‘spirin yigit va qizlarga sevgining ikki turi
- shahvoniy tuyg‘u zaminida vujudga keladigan beqaror sevgi va chinakam
do‘stlik, insoniy munosabatlar asosida paydo bo‘ladigan haqiqiy sevgi borligini
tushuntirishlari lozim. Qizlarda haqiqiy sevgi kurtaklari o‘g‘il bolalarga nisbatan
erta uyg‘onadi, ular bir umr o‘zlariga yo‘ldosh va doimo g‘amxo‘rlik qiladigan
kishining muhabbatiga sazovor boMishni orzulaydilar. Ba’zan qizlarda ham
beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin.
Ota-onauing o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi
oiladagi farzandlaming munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi.
Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat
kabi fazilatlami tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatishi
ham lozim. Aks holda nimalar bo'lishini ma’naviy qashshoq, yengil-yelpi
hayotga ko‘nikib, tubanlik botqog‘iga botib qolgan ayrim ayollaming ayanchli
qismatidan misol keltirish orqali tushuntirishi zarur.
Ilk o‘spirinlami turmush qurishga tayyorlashda maktab bilan oilaning
hamkorligi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ruliiy,
jismoniy iztiroblaming oldini olish juda murakkab ish. 0 ‘qituvchilar jamoasining
o‘zi bu ishni bajara olmaydi. Shuning uchun uni ota-onalar va jamoatchilikka
tayanib amalga oshirish zarur.
Ilk o‘spirin yigit-qizlaming hayotiy rejalari bilan tanishishda ulaming
mayli, qiziqishi va nafis tuyg‘ulariga, ezgu maqsad sari intilishlariga alohida ahamiyat berish lozim. Yigit yoki qizning nihiyati va ma’naviyatiga to‘g‘ri yo‘l
topish orqali uning fe’I-atvorida o'zgarishlar hosil qilish mumkin.
Oiladagi sog'lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari
farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oiladagi tarbiyaviy ishlar ta’lim tizimida mustahkamlanishi va
rivojlantirilishi, ilk o‘spirinlami turmush masalasiga ilmiy nuqtai nazardan
qarashga o‘rgarish lozim. Yigit va qiz o‘rtasidagi munosabatlar ancha murakkab
bo‘lib, ular asta-sekin shakllanadi, bu munosabatlaming rivojlanishi ko‘p jihatdan
sinf rahbarining faoliyatiga bog‘liqdir. U o‘z ishini yigit va qiz o‘zaro do‘st!ik
munosabatlarini a’lo o‘qish, namunali xulq, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan
amalga oshiradigan yo‘sinda tashkil etishi kerak. Shuningdek, ta lim tizimida ilk
o‘spirin yigitlar qizlarga yordam beradigan, qizlar esa bu yordamni qadrlab ularga
mehribonlik tuyg‘usini namoyon qiladigan vaziyatlami yaratish kerak.
Akademik litsey va kollejda o‘qish davrida har ikkala jinsdagi o‘quvchilar
o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishIari, bir-biriga yordam berishlari, o‘zaro
hurmatda bo‘lish!ari shart Lekin ular o‘rtasida muqaddas, hech buzilmaydigan
parda, chegara bo‘lishi ma’qul. Yigitning burchi qizni avaylash, uning sharmhayosini
paymol qilmaslik, taqdirga yuzaki qaramaslik; qiz esa o‘z navbatida
uyatchan, sharm-hayoli, andishali, kamtar, qizlarga xos g‘ururli, nazokatli
bo‘lishlari darkor. Qizlik or-nomusini paymol qiladigan xatti-harakat va hirsga
berilmaslik kelajakdagi baxtiyorlik uchun zarurligini har bir qiz bilib qo‘ygani
yaxshi.
Ilk o‘spirinlarga oila qurish haqida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv
yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ulami
oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan ham
ogohlantirish kerak, albatta. Ularga oilada bo‘lib turadigan janjallarda oxirini
o‘yIab ish tutish zamrligini uqtirish lozim.
Nikohga tayyorgarlikning muhimjihatlaridan biri kuyov-qayliqning o‘zaro
qaynota, qaynOna, qarindosh-umg‘lar, xonadonning yaqin kishilari oldidagi
burchlarini angiab olishdirf Mustahkam va barqaror oila qurishning asosiy
shartlaridan biri - kelinning boshqa sharoitga ko‘nikishi, begona turmush tarziga
moslashuvidir. Uning sinalmagan oilaga, undagi iqtisodiy-moliyaviy tartibga,
notanish qadriyatlarga, an’analarga, marosimlar, rasm-rusmiarga o‘rganishi ham
oson emas. Bulaming xammasi yosh kelinning jismoniy, axloqiy, ma’naviy va
ruhiy jihatdan tayyorgarligini talab qiladi.
0 ‘qituvchilar akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilarining otaonalari
bilan olib boriladigan ishlarda asosiy e’tibomi bolalar ruhiy dunyosining
murakkab tomonlarini yoritishga qaratishlari kerak. Ularda tanqid va o‘zini o‘zi
tanqid, o‘zini tuta bilish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish va to‘g‘ri baholash,
o‘zini idora qilish kabi xususiyatlami rivojlantirish zarur.
Tarbiyaning muhim quroli nutq hisoblanadi. Shuning uchun ota-ona o ‘z
nutqida yoqimsiz iboralami ishlatmasligi, mantiqsiz, yoqimsiz ohang bilan
bolalami ranjitmasligi, ularda ishonch hissini vujudga keltirmaydigan, nosamimiy fikrlami aytishdan saqlanishlari kerak. Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka,
samimiylikka, sof vijdonli bo‘lishga nima yetsin! Mazax qilish, ba’zan noo‘rin
hazillashish orqali ham farzandlaming murg‘ak qalbini cho‘ktirish mumkin.



Yüklə 28,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə