3- ma'ruza. Tcp/ip protokollari steki. Ip-tarmoqlarda manzillash tizimi. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/8
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132873
1   2   3   4   5   6   7   8
Sinf

A

B

C

D

E

1-oktet qiymat diapazonlari

1 - 126

128 - 191

192 - 223

224 - 239

240 - 247

Tarmoqlarning ehtimoliy soni

126

16382

2097150

---

---

Tugunlarning ehtimoliy soni

16777214

65534

254

268435456

134217728



A sinf adresi – yirik umumfoydalash tarmoqlarida ishlatishga mo'ljallangan.
B sinf adresi – o'rta o'lchamdagi tarmoqlarda ishlatiladi, masalan, universitet va yirik kompaniyalar tarmoqlarida ishlatiladi.
C sinf adresi – kam sonli komьpyuterli tarmoqlarda ishlatiladi.
D sinf adresi – mashinalar guruhlariga murojaat qilinganida ishlatiladi.
E sinf adresi – zahiraga olingan.
IP-adres formatlari
IPv4.
IP-adres 4-versiyada 32-bitdan iborat. 4-versiya IP-adreslarini 0 dan 255 gacha bo'lgan nuqtalar bilan ajratilgan 4 ta o'nlik sonlar ko'rinishida yozish qulay, masalan, 192.168.0.3.
IPv6.
IP-adres 6-versiyada 128-bitdan iborat. Raqamlar ikki nuqta bilan ajratilgan (masalan, 2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334). Adres boshidagi nollarni tushirib qoldirish mumkin. Ketma-ket kelgan nollar guruhini tushirib qoldirish mumkin, ularning o'rniga ikki ikki nuqta yoziladi (fe80:0:0:0:0:0:0:1 ni fe80::1 ko'rinishida yozish mumkin). Adresda bunday o'zgartirishni bir marta bajarish mumkin.
IPv4 32 bitli 4 oktetdan tashkil topgan maxsus adres. IPv4 ikki qismga bo'linadi: chap qismi tarmoqni, o'ng ismi tugun tugun (host)nomerini belgilaydi.Tarmoq va tugun qismlarini ajratib olish uchun tarmoq osti maskasi ishlatiladi. Uning uzunligi ham 32 bitdan iborat. Tarmoq osti maskasining vazifasi adresdagi tarmoq qismini ko'rsatuvchi bitlar sonini aniqlashdir.
Misol:
11111111.0.0.0 255.0.0.0
11111111.11111111.0.0 255.255.0.0
Yana shuni ta'kidlash kerakki, avvalo sizning kompyuteringiz 127.0.0.1 adresga ega bo'ladi (ya'ni, kompyuteringiz tarmoqqa ulanmagan va sizga IP-adres berilmagan holatda).
IP-adres 32-bitli (IPv4) yoki 128-bitli (IPv6) ikkilik raqamidan iborat bo'ladi. IP-adresni (IPv4) nuqtalar bilan ajratilgan to'rtta o'nlik raqamlar bilan yozish qulay, masalan, 192.168.0.1 (yoki 128.10.2.30 – adresning o'nlik raqamlardagi ko'rinishi, 10000000 00001010 00000010 00011110 – ikkilik raqamlardagi ko'rinishi).
IP-adres adreslarning asosiy turi bo'lib, uning asosida IP protokolining tarmoq sathi paketlarni tarmoq o'rtasida uzatadi. IP-adres komьpyuter va marshrutizatorlarni konfigurasiyalash vaqtida administrator tomonidan belgilanadi.

3.4-rasm. Turli sinfli IP-adreslarning strukturasi.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə