3- mavzu. Korporativ tuzilmalar iqtisodiy va ijtimoiy institut sifatida



Yüklə 23,18 Kb.
tarix23.09.2023
ölçüsü23,18 Kb.
#123320
3-mavzu


3- mavzu. Korporativ tuzilmalar iqtisodiy va ijtimoiy institut sifatida.
3.2. Aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvning institusional asoslari
3.2. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy turlari.
3.1. Aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvning institusional asoslari
Korporativ boshqaruvning mexanizmlari davlat tartibga solish organlari, sud organlari va ishbilarmonlar doiralarida ishlab chiqilgan ma’lum bir qoida, meyor hamda andozalari asosi va doirasida ishlaydi. Ushbu qoida, meyor va andozalarning majrmuasi korporativ boshqaruvning institusional asoslarini tashkil qiladi.
Asosiy bо‘g‘in sari (aksiyadorlik huquqining tuzilmasi):

  1. Maqomiy huquqning meyor va qoidalari — davlat tomonidan ishlab chiqarilib, aksiyadorlik jamiyatlar faoliyatini tartibga soladi (markazlashgan meyorlar). Ularga kompaniyalar haqida qonunlar, qimmatli qog‘ozlar haqidagi qonunchilik, aksiyadorlar huquqlarini va investitsiyalarni himoya qilish qonunlari, iqtisodiy nochorlik, soliq qonunchiligi va boshqalar kiradi;

  2. Aksiyadorlik jamiyatlar tomonidan kuchga kiritiladigan va uning ichki hayotini tartiblashtiradigan meyorlar (aksiyadorlik korporativ meyorlar): korporativ boshqaruvning ixtiyoriy qabul qilingan andozalari haqidagi о‘zaro kelishuv va kompaniya darajasida ularni amalga oshirilish tartibini belgilaydigan ichki meyorlar (korporativ qimmatli qog‘ozlar listingiga talablar, kodekslar va korporativ boshqaruv bо‘yicha tavsiyalar);

  3. Tashkiliy deb nomlanuvchi shartnomalarda, ya’ni boshqa tomonlar bilan ish aloqalarini о‘rnatish, davom ettirish, tо‘xtatish (bir sо‘z bilan aytganda tashkil qilishga) qaratilgan kelishuvlarda berilgan meyorlar;

  4. Umumjamiyat amaliyoti va biznes yuritish madaniyati.

3.1. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy turlari.
Aksiyadorlik jamiyatlarining rahbariyati va menejerlari tomonidan biznesni korporativ boshqarish bо‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani yetarli darajada о‘rganilmaganligi, shuningdek mazkur muammo nazorati hamda korxona faoliyatini boshqarish organlari tomonidan kompleks yondashuvning yо‘qligi kooperatsiya jarayonlariga salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Mazkur nazorat va boshqaruv organ­lari aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish jarayonlarini realizatsiya qilishning о‘ziga xos tomonlarini yetarlicha hisobga olmaydi.
О‘zbekiston Respublikasida mulkchilikning aksiyadorlik shakli aksiyadorlar uchun о‘zini о‘zi qoplaydigan va investorlar uchun foydali bо‘libgina qolmasdan, balki xо‘jalik yuritishning bunday shakli mulkchi­likning boshqa shakllariga (davlatga tegishli, qо‘shma, hususiy) nisbatan samarali ekanini yaqqol kо‘rsatuvchi namuna vazifasini ham bajaradi.
О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi quyidagi shakllarda tijorat tashkilotlarini tashkil qilish imkoniyatini nazarda tutadi:
- ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati;
- mas’uliyati cheklangan jamiyat va qо‘shimcha mas’uliyatli jamiyat;
- tо‘liq shirkat va kommandit shirkat;
- ishlab - chiqarish kooperativi;
- xususiy korxona;
- unitar korxona.
2-jadval
aksiyadorlik jamiyatlarinig farqli jihatlari
Aksiyadorlik jamiyati (korporatsiya) investorlar (aksiyadorlar) kapitalini birlashtirish yо‘li bilan tashkil qilinadigan hamda о‘z aksiyadorlari foydasi manfaati yо‘lida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan tijorat tashkilotining tashkiliy - huquqiy shaklini bildiradi.
Jamiyatning ajralib turuvchi xususiyatlari – egalik qilish va boshqaruv funksiyalarining ajratilishi:
- о‘z mulkini joriy boshqarishda shaxsan qatnashishdan ixtiyoriy voz kechgan mulkdorlar (aksiyadorlar);
- jamiyat mulkiga egalik qilmaydigan va begona mulkni boshqaradigan menejerlar;
- mulkdorlar (aksiyadorlar) jamiyat mulkining emas, balki о‘z hissasining (aksiya, ulush) egasidir. Kompaniya mulkining egasi – huquqiy shaxs bо‘lgan kompaniyaning о‘zidir.
Tomonlar manfaatlari bir - biriga tо‘g‘ri kelmasligi va sezilarli darajada farqlanishi mumkin. Qanday qilib, qaysi usullar yordamida menejerlarning hokimiyatini cheklash va aksiyadorlarning manfaatini himoya qilish mumkin? Shu bilan birga, menejerlarni bо‘g‘ib tashlamaslik, ularning tashqi sharoit о‘zgarishlariga befarq bо‘lmasligiga qanday qilib erishish mumkin? Aynan shu masalalar faqat korporativ boshqaruv tomonidan hal qilinishi mumkindir.
Boshqa shakldagi tijorat tashkilotlariga nisbatan ochiq aksiyadorlik jamiyatining afzalliklari:
- soni minglab shaxslargacha chiqishi mumkin bо‘lgan qatnashchilarning son tarkibiga hech qanday cheklanishlarning yо‘qligi;
- fond bozori orqali katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati;
- jamiyat majburiyatlari bо‘yicha aksiyadorlarning javobgarligi faqat ustav kapitalidagi ulushi miqdorida cheklanganligi. Aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari bо‘yicha javob bermaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining tavakkalchiligi kо‘p sonli aksiyadorlar о‘rtasida taqsimlanadi;
- aksiyalar erkin oldi - sotdi predmeti bо‘lib, ularga egalikning о‘zgarishi aksiyadorlik kapitali va aksiyadorlarga nisbatan huquq va majburiyatlarning о‘zgarishiga olib kelmaydi;
- yirik kompaniyaning ustunligidan foydalanish (murakkab, ilm - fan yutuqlarini ishlatishni talab qiluvchi mahsulotlarni ishlab - chiqarish imkoniyati, о‘zlik va qarz sarmoyani jalb qilish orqali ishlab - chiqarishni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari va hokazo).
aksiyadorlik jamiyati kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aksiyadorlik jamiyatini tuzishda tashkiliy qiyinchiliklar (kо‘plab hujjatlarni tayyorlash, ularni kо‘pchilik idoralardan о‘tkazish va h.k.);
- davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi va huquqiy tartibga solinishi;
- bevosita aksiyadorlik jamiyatiga va uning aksiyadorlariga yuklanuvchi sezilarli soliq yuki;
- aksiyadorlik jamiyati sifatida axborotlarning nisbatan chuqur oshkora qilish majburiyati natijasida faoliyatning tijorat sirlari oshkora bо‘lishi, hisob yuritish va hisobot tayyorlashda talablarning yuqoriroq bо‘lishi;
- odatda boshqa shaxslar guruhlarining manfaatlariga zid bо‘lgan va ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatida xususiy manfaatlarga ega bо‘lishi mumkin bо‘lgan turli shaxslar guruhlarining mavjud bо‘lishi, hamda yollanma menejerlarga ularga qarashli bо‘lmagan mulkni boshqarish bо‘yicha vakolatlarning berilishi.
Yüklə 23,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə