3- o’zbekistonda siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi



Yüklə 67,06 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü67,06 Kb.
#154200
1   2   3   4   5
3 маруза

2-masala
Davlat boshqaruvida Sudlarning faoliyatini ko`rib chiqamiz. Bu hokimiyat bo`linishidagi uchinchi bo`linish hisoblanadi. To`rtinchi hokimiyat Ommaviy Axborot Vositalari bo`lib u hali mustaqil hokimiyat bo`lgani yo`q. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab demokratik jamiyatga xos sud hokimiyatini shakllanishiga kirishildi . Sud hokimiyati- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobi 106-moddasiga ko`ra Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, siyosiy partiyalardan, jamoat tashkilatlaridan mustaqil holda ish yuritadi .
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida Sud tizimi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi hamda 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Sudlar to`g`risida”gi qonunga ko`ra (1-moddasiga) quyidagilardan iborat:

  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi

  2. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi

  3. Harbiy sud

  4. Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha sudlar

  5. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar Toshkent shahar sudlari

  6. Iqtisodiy va ma’muriy sudlar

  7. Jinoyat ishlari bo`yicha tuman va shahar sudlari va boshqalarga bo`linadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga ko`ra 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab yurtimizda o`lim jazosi bekor qilindi, uning o`rniga qastdan odam o`ldirish, terrorizm jinoyatini sodir etganligi uchun umrbot qamoq jazosi joriy etildi.
2005-yil 5-avgustdan Prezident Farmoni bilan qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudlarga o`tkazildi.
Bugunga qadar sudlarning odilligini ta’minlovchi yangi qonunlar yaratildi, ular asosida qonunchilik, demokratiya, oshkoralik, odillik, insonparvarlik, jinoyat qilgani uchun javobgarlik muqarrar ekanligi masalalari aytib o`tildi. Lekin bizda professional sudyalar korpusi tayyorlanmadi. Chunki bu sohada ishga joylashishida qarindosh-urug`chilik, korrupsiya holatlari va pora brish holatlari avj oldi, hatto tanish bilishchilik avj olib bu sohaga mansabdor saxslar ham aralashdi. Shu sababli bizda-sudyalar mustaqil va adolatli sud hokimiyatiga ko`tarila olmadi. Keyingi yillarda odamlarning sudga bo`lgan ishonchi kamaya boshlagan edi.
Aslida O`zbekistonda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi-mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishdan iboratdir.
Sud-odil sudlovning oliy nuqtasi va uning rolini oshirish, huquqiy davlat barpo etish yo`lidagi qonuniy jarayondir. Bu sohada ko`plab yechimini kutib turgan muammolar mavjud. Ular quyidagilar:

  • Sudlarning haqiqiy mustaqilligini va erkinligini ta’minlash;

  • Sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir-yuksak malakali halol, pok, vijdonli sud xodimlarini korpusini shakllantirish;

  • Sudlarda ishlarni ko`rib chiqish sifatini yanada oshirish lozim;

O`zbekistonda mustaqil, adolatli sud hokimiyatini qaror topdirish-davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi bo`lib u mamlakatimiz Prezidentining doimiy diqqat markazidadir.
2020-yil 24-iyulda qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora tadbirlar” to`g`risidagi Prezident Farmonida-odil sudlovni tashkil etishning ustuvor yo`nalishlari ko`rsatib o`tildi, ular quyidagilardan iborat:

  1. Xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun bu tizimda tashkiliy tuzilmaviy o`zgarishlar amalga oshiriladi;

  2. Viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo`yicha, jinoyat ishlari bo`yicha, iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar umumyurisdeksiya sudlari tashkil etiladi;

  3. Sud ishlarini nazorat tartibida ko`rish instituti tugatiladi, ya’ni sud ishlarini qayta qayta bir necha bor nazorat tartibida ko`rilshi-fuqarolarning ovora bo`lishiga sabab bo`lmaoqda, sudlarda ish hajmining asossiz maqsadsiz ortib borishiga sabab bo`lmoqda, bunga ham barham beriladi;

  4. Prokurorning sudga ishtirok etishi tartibi ilg`or xorijiy tajriba xalqaro standartlarga moslashtiriladi;

  5. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida Jamoatchilik va Ommaviy Axborot Vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida Matbuot xizmatlari tashkil etiladi. Bu esa sud organlari faoliyati ochiqlik, shaffoflik, adolatni taminlashga olib keladi.

2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlis Murojatnomasida Prezidentimiz sud sohasidagi o`z fikirlarini bildirib uning oldiga quyidagi vazifalarni qo`ydi:
-Bu sohada keyingi 4 yilda 40 dan ortiq Qonunlar va Farmonlar qabul qilindi.
-Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashimizda sud hokimiyati hal qiluvchi o`rinni egallaydi.
-2020-yil 1-yanvardan boshlab “bir sud-bir istansiya “ tamoyili amalga oshiriladi. Bu sudlar tizimida adolatni ta’minlashda bosh me’zondir. Sud bosqichlari bekor qilinadi, chunki bu holat aholini ovora qilmoqda va vaqtini olayapti;
-Endi 3 ta sud-fuqarolik, iqtisodiy, jinoyi ishlar bo`yicha sudlar birlashtiriladi;
-Endi investrlar nizoni hal qilish uchun to`g`ridan-to`g`ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin;
-Sud tizimida raqamlashtirish joriy etiladi, chunki inson endi sud binosiga kelmasdan “onlayn” tartibda murojaat qilishi mumkin bo`ladi;
-Jazoni ijro etish tizimida 25 ta manzil-kaloniyalar bosqichma bosqich-qisqartiriladi;
-Shartli ozod etish (maxbuslarni) endi yangi tashkil etilgan “Insonparvarlik komissiyasi” ga o`tkaziladi;
- Maxbuslarga nisbatan turli xil og`ir qiynoqlarni oldi olinadi
- 15 yil O`zbekistonda muqim yashagan kishilarga O`zbekiston fuqaroligi beriladi. 2020 yilda O`zbekistonda 50 ming fuqaro fuqarolik pasportini oldi, yana bu yil ya’ni 2021-yilda yana 20 ming odam shunday huquqni oladi;

Yüklə 67,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə