3-4-sinf Atrofimizdagi olam dasturi va darsligini o'rganish,darsni kuzatish va tahlili. Reja



Yüklə 487,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü487,52 Kb.
#158555
1   2
2 siminar

Tabiy jismlar tirik tabiat burchagidagi
, (zooparkdagi, 
oʻsimliklar, hayvonlar).
Gyerbariylar, kollksiyalar
. 2.
Tajriba koʻrinishidagi ho
disalarni
eslatuvchi surat, tablisa, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, 
kinofilm, xarita, shema va boshqalar. oʻqitishni individuallashtirish qoidalari oʻquv
chilarning individual xusussiyatlarini oʻrganishda katta ahamiyatga ega. Bolalar
taraqqiyotida toʻgʻri keladigan umumiylik rivojlanish darajasi: bilimi, fikrlash 
xarakteri, faoliyat va xulqatvorlar singari oʻxshashliklar boʻlishi bilan bir qat
orda faol bir oʻquvchi uchun uning individual xusussiyatlari boʻladi:
1. Diqqatning rivojlanishi.
2. Darsdagi xulq atvorning xarakteri.
3. Predmetga munosabati.
4 .Koʻrgazmali va ogʻzaki materialni qabul qilishning tezligi va aniqligi.
5. Oʻquv materialini tushunib olishi va xarakteri.


6. Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarining sifati va ogʻzaki hamda yozma
nutqlarining rivojlanish darajasi.Oʻlkashunoslik qoidalari nazariy tabiatshunosli 
kursni oʻquvchilarni oʻz oʻlkasi tabiati bilan yaqindan munosabati orqali olingan
bilimlari bilan muntazam bogʻlilikni nazarda tutadi. Oʻlkashunoslik tamoyillari 
tabiat bilan tanishtirishda koʻp didaktik tamoyillarini qoʻllashga imkon beradi. Ta
biatshunoslik darslarining boshlangʻich sinflardagi turli fanlar bilan aloqadorligi
oʻqituvchiga oʻquvchilarda tabiatshunoslik tushunchalarni nafaqat tabiat darslar
ida, balki mehnat, tasviriy san’at, oʻqish, ona tili darslarida shakllantirishga ka
tta imkoniyat beradi. Tabiatshunoslik qishloqxoʻjalik va texnik mehnat bilan cham
barchas bogʻliq. Tabiatdagi hodisalarni kuzatishlar nutq oʻstirish darslarining
ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishga keng material beradi. Tabiatshunoslik darsla
rida she’riy asarlardan foydalanish, shuningdek tasviriy san’at asarlari (mavsumiy
oʻzgarishlarga, tabiat goʻzalligiga qaratilgan) tabiatni nafaqat emotsional qabul
qilish, balki ijodkorlik faoliyatga qiziqish uygʻotishi mumkin. Tabiatni goʻzalli
gini oʻrganayotganda oʻquvchilar daftarlariga tabiiy obyektlardan namunaviy tas
virini chizadilar, buning uchun rasm darslarida olingan oʻquv va koʻnikmalardan fo
ydalanadilar.Tabiatdagi kuzatish va amaliy ishlar matematika darslari bilan bo
gʻliq. Kundalik kuzatish daftari, yoki ijodiy daftardagi xisoblanadigan tabiat b
elgilari (xavo xarorati) matematikada olingan nazariy bilimlardan amalda foyd
alanishga imkon beradi. Shuningdek Tabiatshunoslik darslaridagi bilim va koʻni
kmalar jismoniy tarbiya darslarida sportning odam sogʻligi uchun ahamiyatini 
sportning turlariga qiziqish uygʻotadi.
Umumta‘lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta‘limi tizimini 
o’zgartirdi. Bolalarni o’qitish bir yil oldin — olti yoshdan boshlanadi. Boshlang’ich 
maktabda o’qishning davomiyligi bir yilga ko’payadi, bu bolalarni o’qishga, 
yozishga va hisoblashga asosli ravishda o’rgatish, ularga oddiy mehnat 
ko’nikmalarini singdirishga imkon beradi.Boshlang’ich sinflarning (1—2 sinflar) 
o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan bo’lib, 


uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha 
kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari 
to’g’risidagi bolalar tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning 
axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, 
jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini shakllantirish, oila a‘zolariga muhabbat 
va ular to’g’risida g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, 
murabbiylarga va boshqalarga) e‘tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson mehnati 
bilan bunyod yetilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas‘uliyat bilan 
munosabatda bo’lishni, jonajon o’lkaga - vatanga muhabbatni tarbiyalashdir.Kursini 
o’qitish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish, bolalarni kishilarining 
ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni 
nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirish formalari, metodlari 
va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli kishilar bilan uchrashuv, korxona, 
muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va kitoblar o’qish, kinofilm, diafilm va 
teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorlanish va hokazolar. Olingan 
tasavvurlarni bolalar amaliy faoliyatida (o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy 
o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish bo’yicha mehnat va boshqalarda) 
mustahkamlaydilar.Ikkinchi yo’nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda 
bo’lishda tanishtirish, tabiiy ob‘ekt va hodisalar to’g’risida tasavvurlar 
shakllantirish, tabiatga nisbatan mas‘uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini 
tarbiyalashni, tabiat muhofazasi bo’yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni 
nazarda tutadi. Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o’quv sayrlari davomida va 
shuningdek amaliy ishlar tashkil qilinganda o’tkaziladigan kuzatishlar asosida 
amalga oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o’zgarishlarni har kuni kuzatib borishni 
tashkil qilish katta ahamiyatga ega.Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy 
faoliyatini (ijtimoiy-foydali mehnat, o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki 
yo’nalishlarni bog’lovchi vositadir.Kursning mazmunini (1—2-sinflar) «Bizning 
uyimiz va jonajon tabiat», «Bizning maktab (bolalar bog’chasi) va jonajon tabiat», 
«Bizning shahar (qishloq) va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib 
beradi. Bu mavzular atrof olam to’g’risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan 


uzoqqa borish asosida to’plab, boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini 
beradi.Pedagoglar olti yoshlilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning 
xususiyati o’yin faoliyatidan keng foydalanilish ekanligini doim esda tutishlari 
kerak. Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida o’yinlardan foydalanish bolalarda 
yangini bilishga tabiiy ehtiyojini rivojlantirishi, o’qishning har xil usullarini egallab 
olishga yordam berishi kerak. O’yinlar atrof olamni idrok qilishga, bolalarning 
jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga, ularda chaqqonlikni, tezkorlikni va harakatini 
boshqarishni, muvozanatni his qilishni, fazoda o’zining qaerdaligini aniqlay olish 
xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.Atrofni idrok qilishda mazmunli vazifali 
o’yinlar alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o’yinlar mazmuniga axloqiy 
mazmundagi bolalar yozuvchilarining asarlaridan, xalq ertaklaridan olingan 
holatlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yinlar bolalarni jamoat qoidalarini 
bajarishga, madaniy xulq-atvor ko’nikmalarini egallab olishga o’rgatadi. Didaktik 
o’yinlar bolalarning nutqiy hamda aqliy rivojlanishining muhim manbalaridan biri 
sifatida o’quv mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlaydi, yangini bilib 
olishga qiziqish uyg’otadi, sinchkovlikni rivojlantiradi.Atrof olam bilan tanishtirish 
jarayonida, bolalar tomonidan sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor 
qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e‘tibor berish zarur. Bolalarga 
o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan qanday aloqada bo’lishni ko’rsatishi 
kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni 
haqida hikoya qilibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham 
ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro 
munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she‘rlari va hikoyalarini sahnalashtirish xulq-
atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir.Qoidalarni tushuntirish 
shakllari har xil bo’lishi mumkin: chunonchi, sinf hayotidan aniq misollar bo’yicha 
suhbat, unda harakatga ma‘naviy baho beriladi: hikoyalar o’qish; diafilmlar ko’rish; 
o’qituvchiga o’quvchilar bergan savollarni muhokama qilish; bolalar jamoasida 
sodir bo’lgan ixtilofli vaziyatlarni tahlil qilish.Barcha tarbiyaviy ishlar bolada o’z 
o’rtoqlari bilan muloqotdagi, mustaqil foydalanishdagi, har xil vaziyatlardagi xulq-
atvor qoidalarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishga imkon beruvchi faol pozitsiyani 


(yo’l tutishni) bunyodga keltirishi kerak Shunda bu qoidalar faqat o’qituvchining 
yoki ota-onalarning talabi sifatidagina emas, balki qoida sifatida qabul qilinadi, 
bolaning o’zi bunga amal qilishi kerak deb hisoblaydi va bu qoidalar faqat 
muvaffaqiyatli o’qishgagina emas, balki bolalar jamoasida yaxshi o’rtoqlik 
munosabatlarini vujudga kelishiga ham yordam beradi.3—4 sinflardagi 
tabiatshunoslikning mazmuni Tabiatshunoslik «Atrof olam bilan tanishtirish» 
kursining davomidir. 3—4-sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — 
o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risidagi dastlabki bilimlarini 
kengaytirish, tushunarli misollarda tabiatdagi shuningdek odamlar bilan tabiat 
o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni ko’rsatish, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza 
qilish bo’yicha odamlar mehnati bilan tanishtirish, zarur amaliy uquvlarni 
rivojlantirish va shu asosda o’quvchilarda boshlang’ich ilmiy moddiy 
dunyoqarashni shakllantirish, ekologik, estetik, vatanparvarlik tarbiyasini amalga 
oshirishdir. 
Tabiatshunoslik kursining vazifasi faqat o’quv dasgurning bo’limlariga muvofiq 
yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki tabiat to’g’risidagi 1—2-sinflarda 
olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish hamdir. Tabiatni hamda 
jamiyat hayotining kompleks tarzda idrok qilish jonsiz tabiat bilan jonli tabiatning 
aloqasini, tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish zarurligini tushunishga 
imkon beradi. Ekologik ta‘limning maqsadlariga binoan tabiatshunoslik eng muhim 
vazifalaridan biri qilib, o’quvchilarni odamning tabiatga ko’rsatadigan ta‘siri bilan 
tanishtirishni, jamiyatning ma‘naviy kuch manbai sifatida tabiat tushunchasini 
rivojlantirishni qo’yadi. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarda odamlar 
mehnatiga hurmat tarbiyalanadi, ularga zarur mehnat ko’nikmalari singdiriladi. 
3-sinf dasturi ikki: «Jonajon o’lka tabiati» va «Odam organizmi va uning 
salomatligini muhofazg qilish» bo’limlaridan iborat.Birinchi bo’limni o’rganish 
o’lkashunoslik tamoyili bo’yicha amalga oshiriladi. Shuningdek tizimlilik va 
mavsumiylilik qoidalarini bajarishga katta e‘tibor beriladi. O’rmon, yaylov, dala 
kabi jamoalar bilan tanishtirishda shu joy uchun harakterliroqla-oiga afzallik 


beriladi. Jamoada avval bir nechta misollarda tipik o’simliklarning tur jixatidan 
xilma-xilligi o’rganiladi. 
4-sinf tabiatshunoslik kursida asosiy e‘tibor o’quvchilarni Vatanimiz tabiatining 
turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O’quvchilar joyning plani va uning 
shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to’g’risidagi oddiy bilimni o’zlashtiradilar, 
uning asosiy ifodalarini uqishga o’rganadilar, mamlakatimizning joylashishi, 
shimoldan janubga tomon tabiatning almashinishi haqida tasavvurlar oladilar. 
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» bo’limi tabiatshunoslik 
kursini oxiriga yetkazadi va o’quvchilar olgan bilimlarni umumlashtiradi. Bunda 
avvalo tabiatni muhofaza qilishdagi odamning roli ajralib turadi. O’quvchilar tabiat 
muhofazasi bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar, ularning bajarilishi 
har bir o’lka fuqarosi uchun majburiy ekanligini bilib oladilar. O’zlari uddalaydigan 
foydali 
ishlarni 
belgilaydilar, 
ularda 
faol 
ishtirok 
qiladilar.Maktab 
o’lkashunosligining vazifasi - o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya maqsadida har 
xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi territoriyasini har 
tomonlama o’rganishdir.O’lkashunoslik — hayot bilan bog’lanishning qudratli 
vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy 
sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga 
olinganda o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.O’lkashunoslik bevosita 
tabiat muhoazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni 
muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini 
beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki 
ijtimoiy-foydali 
mehnatda 
baholi 
qudrat 
faol 
qatnashishga 
imkon 
beradi.O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob 
berishi kerak. Shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan 
belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfga va 
sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin, faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan 
bajarilsin.O’lkashunoslik qoidasi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z 
o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga 


sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan albatta 
foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi 
o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va darslar uchun 
o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy 
ma‘lumotlarni tanlab olishi kerak.O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni 
o’qitishda ko’pgina didaktik qoidalardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, 
aniqdan noanikqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon 
beradi.Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni 
o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar 
esa—ko’pgina 
tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun 
foydalanadi.O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish olingan 
nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’‘tadil, 
ya‘ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, 
daryodan o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, 
mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va h.) bilan 
bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki 
sxemada» emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan 
o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish 
kerakligi ma‘lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunoslik printsipida tuzilishi 
kerak.Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan 
parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik 
tadqiqotlarining muhim qismi — tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga tavsif 
berish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat 
muhofazasidir.O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo, suv 
havzalari, yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanish va shikastlanishdan 
saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni 
qirilishdan himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat ob‘ektlarining ta‘rifini tuzish va 
ularni qo’riqlash, zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, 
yemirilishlardan hosil bo’lgan uyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga 


ta‘sirini o’rganish va ularning oldini olishda ishtirok qilish kerak.
TOPSHIRIQLAR
1. Yangi tahrirdagi DTS va 1-sinf atrofimizdagi olam darsligini taqqoslab 
farqli jihatlarini izohlang.
2.Atrofimizdagi olam darsligidagi oʻsimliklarga oid mavzularni tahlil qiling.

Yüklə 487,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə