3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#112153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya

 
 
 


Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari. 
Chizmachilik va chizma geometriya fanining o‘qitilishida umumta’lim 
maktablaridan boshlab orada kasb-hunar kollejlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 
magistratura mutaxassisligi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarigacha 
bodgan uzoq yodni bosib odadi. Bunda uning uzviyligi va uzliksizligini ta’minlash kabi 
dolzarb masalalar qatorida fanning terminologik tizimi ham asosiy rolni o‘ynaydi. 
Ma’lumki, boshqa fan va sohalarda ro‘y berayotgan kamchiliklar, chalkashliklar, 
xatoliklar va o‘zbek tili qoidalariga zid o‘rinlar chizmachilik va chizma geometriya fani 
mazmuni hamda ta’lim jarayonida ham uchramoqda. Bunday har xillilik va 
chalkashliklar ta’lim jarayoni sifatiga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi, bilimlarni 
o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Darslik va qodlanmalarda, tarjima 
asarlarida chizmachilik va chizma geometriya tushunchalarini ifoda qilishda ma’lum 
muvaffaqiyatlar bodishiga qaramasdan bir qator muammolar ham mavjud, ya’ni ayni bir 
tushunchani ifoda qilishda turli terminlardan foydalanilmoqda, ular ichida esa so‘z 
o‘zlashtirish, nusxa ko‘chirish (kalka) erkin tarjima qilish tamoillari ishlab chiqilmagan, 
ayrim asarlarda o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos kelmaydigan o‘rinlar ham qayd 
qilinmoqdaki, bularning barchasi ta’lim ishida, ayniqsa hozirgi davrda o‘quvchilar va 
talabalarining kafolatli bilim olishida, aniq tasavvur hosil qilishida, malaka va 
ko‘nikmalarni egallashlarida shu fanning tayanch tushunchalarini belgilash, ularni 
tushunish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda 
jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. 
Ma’lumki har bir hodisaning mohiyatini bilishda to‘g‘ri tanlangan termin muhim 
rol o‘ynaydi. SHuningdek tayanch tushunchalardan foydalanilgan holda talabalarga 
mustaqil o‘rganiladigan mavzularini metodik jihatdan ta'minlashda ham ilmiy-amaliy 
jihatdan terminning shakllantirilishi yana ham ahamiyati katta. Taraqqiyotimizning 
hozirgi bosqichida barcha ta'lim bosqichlarida o‘quvchi va talabalarni mustaqil bilim 
olishga tayyorlash dolzarb masala bo‘lib turibdi, chunki yaqin o‘tmishda bu muhim 
tadbirga jiddiy munosabatda bo‘lingan emas, balki masalaning mohiyati tadqiqotchilar 
nazaridan chetda qolib kelmoqda. 


SHundan xulosa qilish mumkinki, chizmachilik va chizma geometriyadagi tayanch 
tushunchalarni ifoda qiluvchi tarminlarni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilish kun 
tartibidagi masala bo‘lib turibdi. 
Demak, bugungi kunda mavjud darslik, qo‘llanma va o‘quv materiallaridagi 
chizmachilik va chizma-geometriya terminlarini tahlil qilish va unda yuz berayotgan 
kamchiliklarni aniqlab, tushuncha ifodalashda qulaylik beradigan terminlarni belgilash 
kerak bo‘ladi. Bu maktab kasb -hunar kollej o‘quvchilari va talabalarning chizmachilik 
tushunchalarini yaxshiroq o‘zlashtirishda qulaylik beradigan terminlar tizimini yaratish 
demakdir. Bunday masalalarning hal qilinishi quyidagi vazifalarni bajarish bilan 
belgilanadi. YA'ni: o‘zbek tilidagi chizmachilik va chizma-geometriyaga oid terminlarni 
to‘plash, qodlanishda bo‘lgan terminlarni aniqlash; bu terminlarning leksik-grammatik 
va semantik xususiyatlarini aniqlash, ularni tematik gruhlarga ajratish; o‘zbek tili 
chizmachilik terminologiyasining shakllanish va boyib borish xususiyatlarini; 
chizmachilik va chizma geometriya terminlarining ushbu fan uchun xususiy va boshqa 
yondosh fanlar uchun ham umumiyligini tahlil qilish; aniqlangan terminlarning tarkibiy 
xususiyatlarini tahlil qilish; darslik va qodlanmalardagi ayni bir tushunchani 
anglatadigan turli terminlarning qodlanilish o‘rinlarini belgilash; tushuncha ifodalashda 
qiyinchilik tug‘dirayotgan omillami aniqlash, chizmachilik terminologiyasidagi mavjud 
kamchiliklarni termin qo‘llashdagi xar xillikning asosiy sabablarini aniqlash 
chizmachilik va chizma geometriya terminologiyasini o‘rganish va uni unifikatsiyalash, 
tanlangan muammoning chuqurroq va ke ngroq talqin etilishi, pedagogik nuqtai 
nazardan o‘rganilishi hozirgi dolzarb masalalar hisoblanadi. 
Chizmachilik va chizma geometriya barcha injenerlik, texnik va tabiiy 
fanlaming kaliti. 
(S.A.Frolov,M.V.Pokrovskaya. V roiskax nachala. Rasskazi o 
nachertatelnoy geometrii MN. Vbish. SHkola, 1985 god. 7-str).
Chizma geometriya 
fanini yaratgan fransuz olimi va injeneri Gospar Monjning ta’biri bilan aytganda - 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə