3 amaliy mashg’ulot. Meva daraxtlarini payvand qilish usullari va tartibini o’rganish Ishning maqsadi



Yüklə 101,88 Kb.
səhifə2/4
tarix31.03.2023
ölçüsü101,88 Kb.
#103878
1   2   3   4
3-amaliy mashg\'ulot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Toshnok
Mahalliy Sivers yowoyi olmasi. U ko’pgina tur xillarga bo’linadi, lekin bular orasida Olmaota va Chimyon yowoyi tur xillari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi.
Nok payvandtaglari - mahalliy yowoyi o’nnon noki. Bu nokning ko’p tur xillari Chimyon tog’laridagi o’rmon massivlarida o’sadi.
Madaniy naviar urug’ ko’chatlari - kuchli o’sgan yaxshi payvandtaglar hisoblanadi.
Payvandtag uchun madaniy nokning mahalliy navlaridan Toshnok va Kulola navlari tavsiya etiladi. Behi - nok ulanadigan o’rtabo’yli payvandtagdir.
Madaniy nav o’simligining bitta yoki ikkita kurtakni biroz po’stloq va yupqa yog’ochligi bilan kesib olib, payvandtakka ulash kurtak payvand deb atal adi.
Kurtak payvand meva daraxtlarini payvandlashda ayniqsa ko’p tarqalgan usuldir. Kurtak 3 usulda: yog’ochligi bilan, yog’ochsizlik va naychasi bilan payvand qilinadi. Yog’ochli bilan yashirin va nish urgan kurtak payvand qilinadi.
Kurtak payvand- O’zbekistonda kurtak payvand qilish uchun eng qo’lay muddat avgust boshlaridan sentyabr boshlarigacha bo’lgan davrdir. Bu davrda qalamcha kesib olinadigan novdalardagi kurtaklar yaxshi pishgan, payvandtaglaming po’stlog’i esa yaxshi ko’chadigan, ya’ni kambiy qavatlarining aktivligi yuqori bo’ladi. Bu davming oxirlarida qilingan kurtak payvand, ko’pincha yaxshi natija betmaydi, payvandust va payvandtag yaxshi tutib ketmaydi, chunki ularda shira harakati uzoq davom etmaydi, olma, o’rik, shaftoli, yowoyi gilos, antipka olchasi esa bir muncha uzoqroq muddat ichida payvand qilinadi. Kurtak payvand qilishning aniq muddatlari turli xil tur va nav qalamchalaming yetilishiga, shuningdek, payvandtag po’stlog’ining ko’chish darajasiga bog’liqdir.
Har xil tur meva ko’chatlari yetishtiriladigan ko’chatzorda birinchi navbatda olmani dusenga, keyin paradizkaga kurtak payvand qilinadi, bodom, nok, olxo’ri, olcha, gilos, o’rik, shaftoli, olmani kuchli o’sgan payvandtakka payvand qilinadi, so’ngra olcha, antipka va behiga navbat keladi. Har bir meva daraxti turi orasida


32




sckin o’sadigan va o’sishni barvaqt tugallaydigan navlar, tez o’sadigan va o’sishni kech tugallaydigan navlarga qaraganda oldinroq payvand qilinadi. Ertagi navlarda qalamchalar odatdagidek ertaroq yetiladi.
Payvandtag po’stlog’ini yaxshi ko’chishi uchun payvandlashdan 4-5 kun oldin ko’chatzorlarni sug’orish kerak. Payvandtaglarning ildiz bo’g’zi yonidagi poyalari odatda oddiy qalamdan ingichka bo’lmasligi ildiz bo’g’zidan 20 - 25 sm gacba bo’lgan yuqori qismida yon novdalari bo’lmasligi lozim. Kurtak payvand maxsus pichoq bilan qilinadi. Pichoq o’tkir va tozea bo’lishi lozim. Payvandtakka novdadagi eng yaxshi kurtak quyiladi. Yupqa yog’ochligi bilan birga qo’shib kesilgan kurtak po’stlog’ining uzunligi 2,0-2,5 sm bo’lishi kerak. Kurtakni olishda payvandga novdaning ingichka tomonini o’ziga qaratib kaftiga olib, 4 ta barmog’i bilan uni siqib ushlaydi. Unda ko’rsatkich barmoq kesiladigan kurtak ostidan tirab turadi. O’ng qo’lning to’rt barmog’i bilan pichoqni ushlab, bosh barmoqni novdaga tirab turib, pichoq bilan kurtakning 1,5 sm pastidan 1,5 sm yuqoridan novda po’sti ko’ndalangiga kesiladi. So’ngra pichoq uchi yotqizilgan holda novda bo’ylab to birinchi kesikka yetguncha yuritiladi. Shunda biroz yog’ochlik bilan birga po’stloq va kurtak ko’chib novda ajraladi. Kurtakni po’stlog’i bilan payvandtakka quyish uchun urug’ ko’chatning shimolga qarab turgan tomonidan ildiz bo’g’izining 3-4 sm yuqoridagi silliqroq joyi T shaklida tilinadi. Kurtak quyilgandan kcyin ko’rsatkich barmoqlar bilan ikki qo’lda po’stloq pastdan yuqorisigacha bosib chiqiladi. Dastlab kurtaklar o’zlaridagi va qalqonchadagi oziq moddalar bilan oziqlanadi. Ulangan kurtak po’stloqlari normal sharoitda ikki haftada o’sib urug’ ko’chatga qo’shilib ketadi. Ulangan kurtaklar kelgusi yil bahorda o’sadi..

Yüklə 101,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə