3 II bob adir mintaqasi oʻsadigan o’simliklar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/15
tarix23.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#155974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
adir mintaqasi o’simliklari va hayvonlar

R ANG(karex pachustulis)hiloldoshlar oilasidan bo‘lib,bo‘yi 6-20sm ga yetadigan ko‘p yillik efemer o‘simlik. U chin hosil qilib o‘sadi qalinligi8-9sm ga boradi.Asosan ildizi yordamida vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. U ko‘pincha kuzda ,yomg‘ir yog‘sa (noyabr oyining oxiri-dekabr oyining boshlarida) ko‘karadi.Qishda barglarini sovuq uradi . erta bahorda fevral oyining oxiri,mart oylarining boshlarida qayta ko‘karadi. Aprel oyida gullaydi. Gullari sariq rangda . May oyida mevasi pishadi. Urug‘idan o‘sishi juda qiyin. Qishda o‘simliklar qurib qolganda u yam yashil bo‘lib o‘sadi va chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa bo‘ladi.
QOQIO‘T(Taraxakuoffikinal)murakkab guldoshlar oilasidan ,bo‘yi5-15sm keladigan ko‘p yillik o‘simlik . uzunligi 10-25sm, eni 3-6sm keladigan patsimon bo‘lingan,uchki tomoni ancha katta,uchburchak shaklida. U mart oyida ko‘karadi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari savatchada joylashgan sariq rangda. Urug‘i iyun-iyul oylarida pishadi.
ISFARAK (Delphinium simibarbatum Bienert ) ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bo‘yi 35-75 cm ga etadigan ko‘p yillik. O‘simlik barglari uzun bandga o‘rnagan. Barg yaprog‘ibarg bandidan chiqadi va 5 bo‘lakka bo‘linadi. Ularning har biri yana o‘z navbatidaensiz, ipsimon uzun bo‘lakchalarga bo‘linadi. Ildizi o‘q ildiz. Mart oyida ko karadi apreldan iyun oyigacha gullaydi. Gullari sariq rangda uzunligi 35-40 sm keladigan to‘pgulga sich joylashgan.ayrim gulning uzunligi 2 sm 1 sm tikani ham bor.guli1,5 sm uzunlikdagi gul bandiga o‘rnashgangulbandining bir tomoni tukli bo lib sariq bo‘rtmasi bor.urugi iyul oyida pishsdi. Uning tanasida 0,25-0,75 %alkaloid bor.
MOMIQ( Lachnophyiium gossyipinum Bge)murakkab guldoshlar oilasidan bo‘yi 10-60sm bir yillik o‘simlik, barglari ildiz bo‘g‘zida va yon shoxchalari ostida joylashgan. Poyasi tik yumshoq avgust oyida gullaydi gullari oq ko‘kish 1 sm uzunlikda. Gulkosasi sarg‘ish, urig‘I iyul – avgustda pishadi u savadchada joylashgan 1 savatchada 80 dan ortiq urug‘ bo‘ladi., urug‘idan yaxshi unadi. Qurg‘oqchilikka juda chidamli. Yer ostki qismi tarkibida 0,1-0,4 efir moyi bo‘ladi. Momiq shirasi bilan turli yara va chipqonlar davolanadi.
SHIRACH (Eremurus algae ) piyozguldoshlar oilasidan. Bo‘yi 30-80 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Barglari juda etli poyasida barglari bo‘lmaydi. Mart – aprel oylarida ko‘karadi. May – iyun oylarida gullaydi , gullari poyaning uchida popuk shaklida o‘rnashgan, pushti rangda. Mevasi iyun – iyulda pishadi. Tashqi ko‘rinishi dumaloq chanoq shaklida bo‘lib , uning ichida urug‘ yetiladi. Ildizi popuk ildiz.o‘zbekistonda 20 ortiq uri bor.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə