3 II bob adir mintaqasi oʻsadigan o’simliklar


I BOB ADIR MINTAQASI OʻSADIGAN O’SIMLIKLAR TURLARI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/15
tarix23.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#155974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
adir mintaqasi o’simliklari va hayvonlar

I BOB ADIR MINTAQASI OʻSADIGAN O’SIMLIKLAR TURLARI
2.1 Adir, тog' va yaylov o'simliklari

O’zbekiston hududidagi suv havzalarida baliqchi, yovvoyi o’rdak, g’oz, qarqara, flamingo (qizilg’oz), meshkopchi qush (birqozon) va qoravoy qushlari uchraydi. Adir o‘simliklari. Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi.


Adirlar dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘oldi qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar — qo‘ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo‘tako‘z o‘sadi.
O‘rta Osiyo tog‘lari Elbrus tog‘larining sharqiy qismidan Тorbog‘otoy tog‘ining sharqigacha cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan Тyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jung‘oriya Olatovi, Тorbog‘otoy, Hindukush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor. Adirlar — Oʻrta Osiyo togʻlarining past-baland etaklari. A. uchlamchi va toʻrtlamchi davrlarning togʻ jinslari-dan tashkil topgan. A. Fargʻona, Hisor, Surxondaryo vodiylarida koʻproq konglo-merat va chaqir toshlardan iborat boʻlib, baʼzi joylarida lyoss (soz tuproq) bilan qoplangan. A.ni koʻp joylarda soy hamda jarlar kesib oʻtib, ayrim-ayrim qismlarga boʻlib yuborgan. A.ning den-giz sathidan bal. 400-500 m dan 1000-1500 m gacha. A. mintaqasi balandroq togʻ etaklaridan koʻpincha kambar tektonik botiqlar orqali ajralgan boʻladi. A. Fargʻona vodiysi atrofidagi togʻ eta-klarida juda aniq namoyon boʻlgan (mas, Avval adirlari). Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari atrofida ham bor. Landshaf-ta chala choʻl va choʻllardan iborat. Bahor 195paytida A. da oʻtlar, lolalar oʻsib yotadi. Xoʻjalikda A.dan erta bahorda yaylov sifatida foydalaniladi, yogʻin koʻproq tushadigan A.da (Hisor, Zarafshon vodiylarida) gʻalla yetishtiriladi. Ay-rim joylarda suv chiqarib bogʻlar bunyod etil-gan. Kopetdogʻ va Qrim togʻlari etaklari-dagi shunday balandliklar bayirlar deb yuritiladi.
Har qanday tabiiy sharoit undagi iqlim, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga tabiiy sharoit insonlar va ularning turmush tarziga, joyning xo‘jalik tarmoqlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport), manzilgohlarni tashqi qiyofasini (ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishni) yaxshilashda ham munosib ulush qo‘shadi. Chunonchi, ishlab chiqarish kuchlarini joylanishi va rivojlanishida tabiiy muhitni o‘rni beqiyos. Arid hududlarda “iqtisodiy landshaft” notekis, ya’ni vohalarda zich, cho‘llarda esa siyrak joylashuv xosdir. Masalan, O‘zbekiston iqtisodiy kartasiga nazar solsak, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax vohalarida ishlab chiqarish kuchlari zich, Ustyurt, Qizilqum, Mirzacho‘l, Qarnob, Markaziy Farg‘ona, Malikcho‘l, Qarshi cho‘li kabi mintaqalarda esa siyrak joylashganligini ko‘ramiz. Aholi joylashuvida ham katta tafovutlar bor. Agar aholi yashashi uchun qulay bo‘lgan vohalarda aholi zichligi yuqori bo‘lsa, cho‘l-yaylov hududlarda aksincha past. Masalan, Buxoro viloyatida aholining o‘rtacha zichligi 39,4 kishi bo‘lgani holda, u vohalarda 337,6 kishini, cho‘llarda esa atigi bir kishiga teng.
Maydoni asosan cho‘l va chalacho‘llardan iborat bo‘lgan mamlakat va hududlarda ham aholi zichligi yuqori emas. Jumladan, Qozog‘istonda 6,0, Turkmanistonda 11,0, Chad Respublikasida 8,0, Namibiyada 3,0, Mongoliyada 2,0, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,6, Navoiy viloyatida 7,5 kishiga teng. Dunyoning arid rayonlari ichida aholisi eng zich yashaydigan joy Hindistonning Radjastxan shtatidir. Asosan Tar cho‘lida joylashgan bu shtat aholisining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 100 kishiga etadi.
O‘zbekiston hududini tabiiy geografik sharoiti nuqtai nazaridan ikki qismga: cho‘l hamda tog‘ va tog‘oldi zonasiga bo‘lish mumkin. Cho‘l zonasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari kiradi.
Cho‘l sharoitida shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, eng avvalo suv resurslariga bog‘liq. Shu bois, suv manbalari yetarlicha bo‘lgan arid hududlarda ham yirik shaharlar tashkil topgan. Bunga misol qilib Nil deltasida joylashgan-Qohira, Mesapatamiyadagi-Bog‘dod shaharlarini keltirish mumkin. Aksincha, suv resurslari cheklangan Arabiston, Turkmaniston, Mug‘uliston singari davlatlarda hanuzgacha yirik shaharlar shakllanmagan. O‘zbekistonning ham cho‘l zonasidagi daryo bo‘ylarida Qarshi, Nukus, Navoiy kabi kattaroq shaharlar shakllangan bo‘lsa, suv manbalaridan uzoqlashgan sari manzilgohlar soni va aholisi kamayib boradi.
Cho‘l zonasida shaharlarning shakllanishi va rivojlanishiga uch omil-suv, geografik o‘rin va tabiiy resurslarning roli benihoyat katta. Buxoro shahrining vujudga kelishida Zarafshon daryosi va uning tarmoqlarining muhim ahamiyat kasb etgan. Mashhur tarixchi Narshaxiy Buxoroning hozirgi o‘rnida suv mo‘l bo‘lganligini, botqoqlik va ko‘l-to‘qay landshaftlaridan iboratligini ta’kidlaydi. Keyinchalik Zarafshon daryosi suvining kamayib borishi tufayli ko‘llar sayozlanib, qisqarib boradi va ulardagi to‘qayzorlarda qurg‘oqlashuv ro‘y beradi. Ushbu erlarni insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi va ularning dehqonchilik o‘chog‘iga aylantirilishi oqibatida madaniy qatlamlar vujudga kelgan. Buxoro obod hududga aylanishi bilan geografik o‘rni qulaylashib, u o‘z atroflari uchun markaz vazifasini bajara boshladi. Shundan so‘ng bir necha hukmdorlar davlat poytaxti qilib Buxoroni tanlagan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə